“Ona tili bizlarni
Qiynab turgan pallada,
Axir, nima qilasiz
Kecha-kunduz dalada?!
Bu parchada qishloq bolalari va otalarining achinarli ahvoli, fojieali hayoti aks etgan. Lirik qahramon – maktab o’quvchisi “Ona tili” fanidan o’zlashtira olmayotganini aytar ekan, bu shunchaki uchrab turadigan hol emas. Balki bu hodisa zamirida katta xayotiy muammolar yotadi. Ilgari ham biror fandan o’zlashtira olmagan “2” chi bolalar haqida ko’plab she’rlar yozilgan. Biroq u she’rlarda bu hol fojea darajasida baxolanmas, o’quvchining qobiliyatsizligi, dangasaligi kabi shacsiy illatlari, nuqsonlari bilan izohlanar edi. M.Kenjaboyev esa bu masalaga chuqur yondoshadi, uni ijtimoiy hayotdagi muammolar bilan bog’laydi. Axir, o’quvchi o’zi gapirib yuradigan tilni – “Ona tilini yaxshi bilmasa, bu fojea emasmi? Bu hol hayotimizdagi mavjud sharoit bilan izohlanadi.
Intellektualizm, fikriy boylik Z.Isomiddinovning “Og’riqli savol”, “Orol”, Q.O’tayevning “Yer tashvishi”, “Bolalikni xotirlab”, H.Imonberdiyevning “Orol”, “Ta’msiz olmalar”, A.Akbarning “To’yda”, “Iltimos”, R.Nazarning “Bayroqlar”, “Norozilik”, “Rost so’z” kabi she’rlarida ham qahramonning davr muammolariga, hayotiylik masalalariga faol munosabatda ko’rinadi.
Yuqoridagi misollardan ayon bo’ladiki, 80-yillar bolalar she’riyatida intellektualizm, fikriy boylik lirik qahramon yaratishda muhim vositalardan biriga aylanadi. Intellektualizmning chuqurlashuvi poetik umumlashma va xulosalarning salmoqdor bo’lishiga , mazmunning teranlashuviga xizmat qildi. Shu bilan birga, lirik qahramon xarakterida davr bolalarining tipik sifatlarni aks ettirish imkonini yaratdi.
80-yillar bolalar she’riyatida lirik xarakter yaratishdagi tendensiyalardan yana biri ruhiy tahlilning chuqurlashganidir.
Avvalo shuni aytish kerakki, bolalar adabiyotshunosligida psixologizm masalasiga ikki xil munosabat mavjud. Ayrim adabiyotshunoslar bolalar uchun yaratilgan qahramonlar sodda, aniq tasvirga ega bo’lishi lozim, ularning ruhiy holatlarini aks ettirish shart emas, deb hisoblasalar, boshqalari kolliziya bolalik olamini butun murakkablari bilan ochishda asosiy vositalardan biri, degan xulosani bayon etadilar. Chunonchi, adabiyotshunos olim S.Mamajonov yozadi: “Psixologizm – tasvirda hayotiylikka erishish, deganday gap. Yoshlarning boy qalbi, ong oqimi, ruhiy dunyosi, rango-rang kechinmasi, murakkab ruhiy holati xarakteridagi ziddiyatlar, kuchli va kuchsiz tomonlar ko’rsatilmas, tahlil qilinmas ekan, jonli qahramonlar, erkin xarakterlar dunyoga kelmaydi”. Darhaqiqat, psixologizm qahramon ichki qiyofasini yoritib, uni jonli inson sifatida gavdalantiruvchi omillardan biridir. Bolalar adabiyoti ham san’at ekan, uning ijodkorlaridan ham jonli, to’laqonli xarakterlar yaratish talab etiladi. Buning uchun ijodkor o’z asarlaridagi inson obrazi ichki olamini, ahvol ruhiyasini, xissiyotlarini chuqur ochishi lozim.
80-yillar bolalar she’riyatini kuzatganda, lirik xarakter yaratishda ruhiy tahlilning kuchayganini kuzatish mumkin. Xususan, K.Turdiyevaning “Oyim bilan arazlashdim”, “Yodlasam bo’lmasmidi?”, R.Tolipovning “Kechir og’ayni”, “Ko’ngil”, Z.Isomidinovning “Eh men, eh Botirov”, R.Nazarning “Arava”, “Burchakda”, “Hamyon” kabi she’rlarida qahramon ruhiyatining turli qirralari mohirlik bilan chiziladi. Bu she’rlar shoirlarning bola ichki dunyosiga, ruhiyatiga chuqur kirib borgani va uni bor murakkabliklari, nozik jihatlari bilan aks ettira olganidan dalolat beradi.
Shunisi ahamiyatliki, 80-yillar bolalar she’riyati lirik qahramonining ruhiy qiofasi faqat “bolalar muhitidagi” voqea-hodisalar ta’sirida yuzaga keladigan “mayda” kechinmalar bilan emas, balki yanada kengroq ma’naviy olami va ijtimoiy pozitsiyasi bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi.
80-yillar bolalar she’riyatida lirik xaraktter yaratishda psixologizmda intilishning paydo bo’lishi tasodifiy xol emas. Adabiyot tarixiga nazar solsak, qachonki inson omiliga e’tibor kuchaysa, xalq xayotida tub burilish ro’y bersa, badiy adabiyotda ham insonning ichki dunyodsiga qiziqish, tashqi dunyo bilan turli murakkab aloqalrini ochishga intilish tendensiyasi kuchayishini ko’ramiz. Bu hol eng hozirjavob va sezgir adabiy turlardan biri hisoblangan lirikada, ayniqsa, tez yuz ko’rsatadi.
Bu davrda ijodkorlar so’zga nisbatan juda ma’suliyat bilan munosabatda bo’ldilar. Zero, so’z – badiiy adabiyotining birinchi elementi. Uning sehri jozibasi esa, xususan, she’riyatda yanada yorqinroq namoyon bo’ladi. A.Obidjon, S.Barnoyev, A.Akbarlar ham so’zning doimiy yozilish tarzini o’zgartirish orqali muayyan poetik mukammalikni ta’minladilar. Xususan, bolalar she’riyatining kenja avlodiga mansub A.Akbarning tajriba (eksperiment)lari e’tiborga molikdir.
80-yillar bolalar she’riyatida so’zning ko’proq tashqi “qiyofasini” o’zgartirish bilan ham badiiy originallikka va she’rda ifodalanayotgan g’oyaning ta’sirchanligiga erishildi.
80-yillar bolalar she’riyatida lirik qahramon obrazini yaratish borasida ham ancha yutuqlar qo’lga kiritildi. Xususan, 80-yillarda siyosiy hayotda yuz bergan o’zgarishlar, keskin burilish ham bolalar she’riyatida realism chuqurlashuviga, zamonaviy ruhning kuchayuviga sabab bo’lgan omillardan biridir.
Shoirlar bu davrda imkoni boricha ijobiy qahramon yaratishdagi siyqa sxemalar, sotsialistik realizmning tor qoliplaridan voz kechib, o’z nuqtai nazariga, mustaqil fikriga ega bo’lgan INSON-BOLA obrazini yaratishga intildilar.
Bolalar she’riyatida qahramon intellektual olamining turli tomonlarini qamrab olish, uni ijtimoiy harakat fonida ko’rsatishga intilish kuchaydi. Jamiyat va inson hayotida sodir bo’lgan va bo’layotgan murakkab jarayonlar, o’zgarishlar o’ziga xos talqin qilina boshladi, yosh kitobxonni ijtimoiy voqelikning barcha muammolari bilan ro’y-rost tanishtirish, uning fikrlash tarzidan kelib chiqib tadqiq etish teranlashdi. Bolalar she’riyatida publisistik rux kuchaydi. Ayniqsa, M.Kenjaboyev, Q.O’tayev, Z.Isomiddinov she’rlarida lirik qahramonning davr va uning turli muammolariga, fojealariga nisbatan faol qarashlari, zamonning ba’zi og’riqli masalalariga keskin munosabati ifodalandi.
80-yillar bolalar she’riyatida lirik xarakter yaratishdagi yangi tendensiyalardan biri ruhiy tahlilning chuqurlashganidir. Bu davrda shoirlar bolaning ichki dunyosini, uning turli ruhiy-hissiy holatlarini bor murakkabligi, nozik jihatlari bilan aks ettirishga harakat qildilar.
80-yillar bolalar she’riyatida lirik xarakter yaratishda psixologizmga intilishning ma’lum sabablari bor. U adabiyotimizning insonparvarlik mohiyati chuqurlashganidan, insonga uning inson sifatidagi sifatlariga, xis-kechinmalar va ichki olamiga katta yangilanishlar va ijobiy o’zgarishlar bilan izohlanadi.
Xullas, 80-yillar bolalar she’riyatida badiiy mahorat borasida bir qator yutuqlarga erishildi. Bu davrda mahorat bilan yaralgan badiiy barkamol asarlar she’rlar barchasi bir maqsadga – kelajak egalari, yangi dunyo bunyodkorlari bo’lgan bolalarni ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalashga qaratilgan.
Xulosa
Bаrchаmizgа mа’lumki, о‘sib kelаyоtgаn yоsh аvlоdni tаrbiyаlаshdа vа mа`nаviy jihаtdаn yetuk shаxsni shаkllаntirishdа аdаbiyоtning о‘rni kаttа. Аdаbiyоtning shаxsni shаkllаntirishdаgi аhаmiyаti kаttа bо‘lishigа qаrаmаsdаn, bаrchа shаxslаr hаm insоnning qаlbini tоzаlаydigаn bаdiiy hаqiqаtlаrni tоpib, ulаrni о‘z tаbiаtlаrigа singdirishi birmunchа murаkkаb jаrаyоndir. Shuning uchun hаm yоsh dаvrlаrigа mоs аdаbiyоtlаr yаrаtilgаnki,bundаn kо‘zlаngаn mаqsаd аsаrning mа’nоsi vа mаzmunidаn kо‘zlаngаn аsl mоhiyаtni оsоn аnglаsh hаmdа о‘zlаshtirishdаn ibоrаt. Shu о‘rindа о‘zbek yоzuvchi vа shоirlаri tоmоnidаn hаm bоlаlаr uchun mо‘ljаllаngаn qаtоr аsаrlаr yаrаtilgаn bо‘lib, ulаr bоlаlаrning tаrbiyаsigа о‘z ijоbiy tа’sirini kо‘rsаtib kelmоqdа. Bu аsаrlаrning bаrchаsi bir bо‘lib, “О‘zbek bоlаlаr аdаbiyоti”degаn nоmi оstidа birlаshаdi. Bоlаlаr аdаbiyоtigа оid аsаrlаr bоlаlаr uchun yаrаtilgаn bо‘lib, bоlаlаrning yоsh xususiyаtlаri, xаrаkteri, dunyоqаrаshi, fikrlаsh dоirаsigа mоs rаvishdа ijоd etilgаn bо‘lаdi.
Mаzkur tаdqiqоt ishidаn quyidаgi vаzifаlаrni о‘z оldimizgа mаqsаd qilib qо‘ygаn edik vа bu mаqsаdimizgа mа`lum mа`nоdа erishdik deb аytа оlаmiz:
1.О‘zbek bоlаlаr аdаbiyоtidаgi jаnrlаrning о‘zigа xоs xususiyаtlаrini yоritish .
2.Nаsriy vа nаzmiy аsаrlаrning о‘rnini vа bоlаlаrni tаrbiyаlаshdаgi аhаmiyаtini оchib berish.
3.О‘quvchilаr оg‘zаki nutqini о‘stirishdа xаlq оg‘zаki ijоdidаgi jаnrlаrning о‘rni yоritish.
Оlib bоrilgаn tаdqiqоt nаtijаsigа kо‘rа quyidаgilаrni tаvsiyа etish mumkin:
-о‘quvchilаrni mаsаl jаnrigа оid аsаrlаrni tаhlil qilishgа о‘rgаtish;
-ertаklаrni о‘qib, о‘zlаshtirishnin qulаy usullаrini аmаliyоtdа qо‘llаsh;
-tоpishmоqni tоpishdа tоpishmоqning qаysi jihаtlаri vа nuqtаlаrigа аhаmiyаt berishni о‘rgаtish;
-hikоyа о‘qishdаgi bоsqichlаrning ketmа-ketligini sаqlаgаn hоldа о‘rgаnish;
-tez аytishning nutqni о‘stirishdаgi аhаmiyаtini о‘quvchilаr оngigа singdirish;
-she`rni о‘rgаnishdа аsоsiy e`tibоrni nimаlаrgа qаrаtish kerаkligini о‘rgаtish;
-she`rni о‘rgаnish bоsqichlаrini о‘quvchilаr bilаn ketmа ketlikdа оlib bоrilishini tа’minlaydi.
XX asr bolalar she`riyatining yillik badiiy merosimiz chashmalaridan suv ichgan, xalq og`zaki ijodi va mumtoz adabiyotning an`analarini o`zida mujassamlashtirgan, mavjud eng yaxshi an`analarni davom ettirgan, shu bilan birga, ularni yangicha tafakkur va poetik mazmun bilan boyita olgan she`riyatdir. T.Adashboev, R.Tolipov, Q.O`taev, A. Obidjon, A.Ko`chimov, H.Imonberdiyev, A.Akbar, D. Rajab, K.Turdiyeva kabi ko`plab iste`dodlar tomonidan asarlar ushbu davr bolalar she`riyatining yangi pog`onaga ko`tardi.
Bolalarga atalgan asarlarning kattagina qismini satirik va yumoristik she`rlar tashkil qiladi. Satira va yumor adabiyot hamda san`atning doimiy, ajralmas hamaroxidir. Bu adabiyot go`zallikni ulug`laydi hamda kulgi vositasida bolalarning ma`rifiy-estetik didini shakllantiradi.
O`tgan asrning 80 – 90 –yiilarida bolaalar shoirlari tomonidan ko`plab hajviy she`rlar yaratilishi o`sha tarixiy o`tish davri poetik tafakkuni maxsuli hisoblanadi. Bu davr bolalar she`riyatida satirik va yumoristik asarlar mavjud ijodiy an`ana va tamoyillarning qonuniy davomidir. Bitiruv malakaviy ishida bolalar she`riyatida satirik obraz yaratishda shartlilik va majoziylikdan qanday foydalanilganligi masalalari alohida yo’nalish sifatida taxlilga tortildi. Bunda satirik kulgu hosil qiluvchi vositalar muayyan she`riy asarlarning aniq tahlil va talqini asosida ko`rsatiladi.
Yumoristik obraz yaratishda shoirlarning imkoniyatlari satirik obraz yaratishga nibatan kengroqdir. Muammo yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijasida yumoristik kulgu yaratishning vosita va usullari ijodkor mahorati bilan chambachas bog`likligi o`z isbotini topdi.
Satirik va yumoristik asarlarning ma`rifiy-tarbiyaviy hamda badiiy-estetik qimmati hamisha dolzarb bo`lib kelganligi haqida tegishli hulosalar chiqarildi.
Tadqiqot muammosi bo`yicha olib borilgan tahlil va talqinlar asosida quydagi xulosalarga kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |