Fаrg‘оnа dаvlаt universiteti Mаgistrаturа bо‘limi Tа’lim tаrbiyа nаzаriyаsi va metоdikаsi


Hajviylikning shakliy izlanishlardagi badiiy-estetik ahamiyati



Download 179,76 Kb.
bet11/17
Sana19.12.2022
Hajmi179,76 Kb.
#891158
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
DISSERTATSIYA MAXLIYO XAYDAROVA — копия

2.2 Hajviylikning shakliy izlanishlardagi badiiy-estetik ahamiyati
So’nggi davr bolalar she’riyatida, ayniqsa, hajviy xarakterdagi eksperiment she’rlar ko’paydi. Shoirlar nafaqat harf va tinish belgilari, balki matematik amallar, husnixat, darslikda mavjud bo’lgan va dars jarayonida faol qo’llanadigan so’z va rasmlardan, raqam va har xil shakllardan ham foydalanib she’rlar yozdilar. Bu she’rlar o’quvchilarni topqirlikka, bilimdonlikka undaydi, zehnini oshirib, tasavvur olamini kengaytiradi, ”yaxshi o’qi, chiroyli yoz” degan quruq-pand nasihatdan ko’ra ko’proq ta’sir ko’rsatadi.
Shu jihatdan Tursunboy Adashboyevning ”To’rt amaldan – bir amal”, ”O’n ikki varaq daftar”, H.Imonberdiyevning ”2 sentyabr”, ”Qiyin misol”, ”G’alati Omon”, A.Obidjonning ”Kulchalar”, ”Siz eshitmagan qo’shiqlar” turkumiga kiruvchi she’rlari, Q.O’tayevning ”Fil, Karkidon, Begemotlar”, ”Ho’kiz”, ”Xo’roz”, ”Echki bilan suhbat”, D.Rajabning ”Sport maydonida”, ”Minnatdorlik”, ”Guvoh”, ”Topishmoq she’r”, ”Futbol” kabi ko’plab ”shakl” she’rlari, A.Akbarning raqmli she’rlari xarakterlidir.
Bolalarning ma’rifiy-estetik didlarini, adabiy tafakkurini kamol toptirish bo’yicha jiddiy ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Abdurahmon Akbar ijodiga mansub turli shakldosh, raqamli, jumboqli she’r va ertaklar shular jumlasidandir. Ular, bir tomondan, yosh kitobxon fikrlash doirasining o’sishiga yordam qilsa, ikkinchi tomondan, go’zallik va nafosat bilan bog’liq ma’naviy-axloqiy tushunchalarning shakllanishiga hissa qo’shadilar.
D.Rajabning rasm-she’rlari shakliy-struktural izlanishlar samarasi o’laroq maydonga kelgan. Shoir narsa-poetik obrazini yaratar ekan, so’zlar vositasida ularning shakli-suratini chizadi. U ”Tanbeh”, ”Sport maydonida”, ”Minnatdorlik”, ”Topishmoq she’r”, ”Chivinga talangan bola”, ”Futbol” kabi she’rlarida shu usuldan foydalanib, yumoristik xarakterdagi o’ziga xos original obrazlar yaratgan. Jumladan, ”Chivinga talangan bola” she’rida labida murabbo yuqi bilan og’zi ochiq holda uxlab qolgan yalqov bolaning ochiq og’zi shakli ko’z namoyon bo’ladi:
Labda murabbo yuqi –
Yuvmay qo’ygan qotirib.
Yotar og’zidagini
Chivinlarga oldirib.
Uyg’on tingla gapimni,
Ko’zing ochib, bola-ey,
Talar, hatto chivinlar
g’ z
o i bolani
ch i q
Shoirning topqirligi va mahorati shundaki, bu she’rda faqat shakl yaratibgina qolmay, uning o’ziga xos ko’rinishiga moslab poetik obraz ham yaratmoqda. Eng muhimi, ushbu tasvirda voqelik bolalar tasavvurida jonlanib, o’ziga xos quvnoq kulgi hosil qiladi.
Adabiyotshunos Rahmatulla Barakayev Dilshod Rajabovning bu tipdagi she’rlari haqida fikr yuritar ekan, uni bolalar she’riyatidagi shakliy o’xshatishlar asosida manzara yaratish san’ati sifatida baholaydi va ijodkorning poetik mahorati shakliy o’xshatishga mos mazmun bilan boyitilganiganida deb biladi28. Ushbu qarashlarni qullab-quvvatlagan holda, mazkur she’rlar mohiyatiga quvnoq qahqaha singdirilganini ta’kidlash lozim. Shoir yaratayotgan manzarasi favqulodda yumorga boyligi bilan ahamiyatlidir. Zero, yuqoridagi she’rda shoir shunchaki she’riy shakl yaratmasdan, balki shunga mos yumoristik ohangga ega badiiy ma’no-mazmunni ham she’r mag’ziga joylay olgan. Bu poetik topilma bolalarda so’z san’atining ufqlari naqadar keng ekanligi xususida tasavvur uyg’otadi hamda ularning ma’rifiy-didaktik, estetik didlari shakllanishida xizmat qiladi.
Bugungi o’zbek bolalar adabiyoti namunalariga ko’z tashlar ekanmiz, ular orasida navqiron avlod namoyondalari asarlari alohida o’rin tutishidan ko’z quvonadi. Zero, bu ulush dastavval, soni bilan emas, sifati bilan salmoqlidir. Bolalar adabiyotimiz kelajagidan umidbaxsh etadigan navqiron avlod vakillari, yaratganga shukrki, madhiyabozlik, shiorbozlik ruhida qalam tebratish majburiyatidan xolidirlar. Ularning asarlari kitobxonni o’ylashga, mustaqil fikrlashga majbur qiladi, qadriyatlar deb kelingan narsalarni qayta baholab, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratishga o’regatadi. Abdurahmon Akbar she’rlarini o’qir ekansiz, uning ham ana shu safda sobit ekanligiga guvoh bo’lasiz.
Abdurahmon Akbarning izlanishlari Respublikamiz bolalar matbuoti hamda ”Kichkintoy va paxtaoy” (1987), ”So’zlovchi yomg’ir” (1990), ”Ehtiyotkor toshbaqa” (1991), ”Yozning tug’ilgan kuni” (1992), ”Kuylayotgan bog’” (1994) to’plamlari orqali yosh kitobxonga yetib borgan.
Bolalar adabiyoti, ayniqsa maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga mo’ljallangan asarlarning o’ziga xosliklari xususida gap ketganda, avvalo hayrat tilga olinadi. Zero, bu ko’hna olamdagi barcha narsalar – hayvonlaru nabotot, bani Odam va insoniy munosabatlar silsilasining har bir zarrasi har bir bolakay uchun qayta yaraladi. Shu sababli ham bolakay qishda so’ppayib turgan daraxtlarning bahorda birdan yam-yashil barg chiqarib, oppoq qorga burkanishidan cheksiz hayratga tushadi. Shu sababli ham uning savollari hadsiz-hududsiz, bitmas-tuganmas. Ana shu bijir-bijir savollari bilan sizni gangitib qo’yadigan bolakay ayni zamonda eng buyuk tilshunos hamdir. U har bir narsaning nomini o’rganar ekan, uni shunchaki qabul qilib qo’ya qolmaydi, balki har bir ism-jismga mos bo’lishini talab qiladi.
Shoirning she’rlarini o’qir ekanmiz, ana shu bijildoq bolakay har qadamda oldingizdan chiqaveradi. Ulardan biri Shuhratjon degan yigitcha. U ”Bir daftar savol” tuzib, ularni o’zicha ”Bekatda tug’Ilgan savollar”, ”Yo’lda tug’ilgan savollar”, ”Maktabda tug’ilgan savollar”, ”Uyda tug’ilgan savollar” singari turli guruhlarga ham ajratib olgan. O’sha savollardan ba’zilariga quloq tuting:
”Gulzor” deb atalgan bu keng bekatning

Download 179,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish