Farg’ona Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika: o’zbek tili yo’nalishi 2-bosqich magistranti Sayyora Mirzatillayevaning Nutq tiplari fanidan tayyorlagan taqdimoti



Download 0,89 Mb.
Sana12.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#336363
Bog'liq
2 5465213418778661466

Farg’ona Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika:o’zbek tili yo’nalishi 2-bosqich magistranti Sayyora Mirzatillayevaning Nutq tiplari fanidan tayyorlagan taqdimoti

Reja:

  • Tasvir nutqi va uning turlari
  • Peyzaj nutq turi haqida
  • Peyzaj tasvirining xususiyatlari

Mavzu: Peyzaj tasviri

“ O’zbek tilining izohli lug’ati”da tasvir quyidagicha izohlanadi: 1. Tasvir – biror narsaning o’yma, quyma yoki chizma shakli; rasm, sur’at. 2. Narsa, voqea-hodisa va shaklning badiiy ifodasi; narsa, voqea-hodisa va bu kabilarning ilmiy tavsifi.


Tasvir tushunchasi haqida

Tasviriy san’at – odatda, mavjud borliqni ko’rinarli obrazlar, shakllar orqali fazoviy kenglikda yuzada yoki tekislikda aks ettira oladigan san’atdir. Adabiyotshunoslikda tasvir tushunchasi keng qo’llaniladi. Tasvir – ko’rsatkich, bayon etish, amalda yoki xayolda sur’atga olish kabi ma’nolarda izohlanadi.

Tilshunoslikdagi tasvir tushunchasi adabiyotshunoslik hamda tasviriy san’atdagi tasvir tushunchasidan farqlanadi.


Tilshunoslik

Tasvir


Tilshunoslikda

Adabiyotshunoslik

Tasvir

Adabiyotshunoslikda


Tilshunoslikda tasvir ma’lum qoliplarda takrorlanuvchi modelga ega bo’lgan nutqni tekshiradi va tasvirni yuzaga keltiruvchi, shakllantiruvchi til birliklarining o’rni,ahamiyati kabi masalalar tadqiq qilinadi.

Tasvir nutqi temasi va mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi va ular lingvistik belgilari bilan o’zaro farqlanadi:

  • Peyzaj tasviri.
  • Portret tasviri.
  • Holat tasviri.
  • Xarakter tasviri.

Tasvir o’zining barcha turlarida o’zining lingvistik va ekstralingvistik belgilari bilan tasvir nutq tipiga xos umumiy xususiyatlarini saqlaydi. Biroq har bir tasvir turiga til va nutq birliklari xoslanadi va bu hol tasvir turlarining o’ziga xos lisoniy belgilarga ega bo’lishini ta’minlaydi.

Tilshunoslikdagi peyzaj nutq turi monologik nutqning funksional-mazmuniy tipi sifatida adabiyotshunoslikdagi peyzaj tushunchasidan farqlanadi.


Chunki mavzu,umuman, tabiat haqida bo’lsa ham,ammo matn tasvir nutq tipi sifatida shakllanmagan bo’lishi mumkin, mavzuning o’zi nutq tipini belgilamaydi. Unda so’zlovchining maqsadi va nutq obyektining xarakteri asosiy rol o’ynaydi.

Peyzaj tasviri

Peyzaj nutq turida –gan shaklli sifatdosh ishtirok etadi va u o’tgan zamonni emas, nutqning umumiy semantik maydoni ta’sirida hozirgi zamonni yoki umumzamonni ko’rsatadi.Chunki peyzaj nutq turida –a affiksi bilan sifatdoshni tuslash orqali hosil qilingan hozirgi-kelasi zamon shakli umumzamonlikni ifodalaydi.

Tasviriy adabiyotdagi tabiat manzaralari peyzaj, deb yuritiladi. U adabiy asarda muayyan g’oyaviy-kompozitsion vazifani bajaradi.Yozuvchilar peyzaj yordamida xarakterlarni harakatda,doimiy o’zgarishda ko’rsatadilar.

  • Tasviriy adabiyotdagi tabiat manzaralari peyzaj, deb yuritiladi. U adabiy asarda muayyan g’oyaviy-kompozitsion vazifani bajaradi.Yozuvchilar peyzaj yordamida xarakterlarni harakatda,doimiy o’zgarishda ko’rsatadilar.

Adabiyot-peyzaj

Badiiy asarda peyzajning qo’llanish yo’llari nihoyatda xilma-xil bo’lib,ular yozuvchi uslubi va asar janri bilan ham belgilanadi. Tabiat manzarasi tasviridan turli xildagi maqsad kuzatiladi.


U goh voqea sodir bo’lgan faslni bildiradi,goh qahramonlar kayfiyatini ochishga yordam beradi,goh asar voqealarini bir-biri bilan bog’lash vazifasini o’taydi. Peyzaj tasviri voqealar ro’y berishida muhim rol o’ynaydi. Kitobxon asarni o’qish mobaynida o’zini xuddi o’sh olamga tushib qolganday his etishida ham peyzaj tasvirining ahamiyati katta hisoblanadi.

Peyzaj tasviriga misollar:


“Ko’ngilga g’ashlik soluvchi “hammayoq” jim-jit. Faqat pashsha g’ing’illaydi,bemor inqillaydi,har zamon yiroq-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi…” (Abdulla Qahhor “Bemor”hikoyasi)

“Munisxon o’sha vaqtda ham hozir o’tirgan yerini bilar edi.U vaqtda bu yerlar ziyoratgoh edi. O’yilib xas-hashagi chiqqan tomlar,yomg’ir suvi yuvib,nuragan egri-bugri devorlar,chordevorga ziynat bo’lib,unda-bunda ag’anab yotgan arava shotilari,gupchaklar,turli rangdagi siniq sopollar,zang bosgan tunuka parchalari,shohlariga a’lam bog’langan keksa tut,chinorlar, ular ostidagi qo’tirlangan sag’analar,o’xshovsiz o’sgan butalar,xuddi shu yerning o’zi singari kishililarida bir gasht bor edi.Hozirgi ishga tizilganday binolar,yosh shahar,yosh bog’,yosh havo,yosh daraxtlarning,gullarning gashti yo’q.Munisxon uchun bularning hammasidan u ziyoratgohning bir siniq sopoli,bir ko’tarilgan sag’anasi ortiqroq,go’zalroq,shirin turmushning ramzi edi”.(Abdulla Qahhor “Sarob” romanidan)

“Qorong’i, uzoq-yaqinda itlar hurar edi. Ko’cha eshigini ochib, u yoq bu yoqqa qaradi,jim-jit.Guzar tomonda faqat bitta chiroq miltillar edi. Samovarlar yotgan.” (Abdulla Qahhor “Anor” hikoyasi)

  “Kecha sahar paytida osmoni falakda turna o’tdi. Tursunboy o’shanda ham uyg’oq edi. Turna ovozi unga juda ko’p narsalarni eslatib ketgan edi. Turna qanotida bu cho’llarga bahor olib keldi-yu, ammo Tursunboyning qalbida uyilib,muz bitib yotgan qorni eritolmadi.Unga bahor kelmadi.”(davomi keyingi gap)   “Tepada ko’m-ko’k osmon, atrofda qovjiragan sap-sariq qamish…”

“Quyosh qip-qizil cho’g’ bo’lib botayotgan cho’l oqshomida hijronzada,alamzada,farzand dog’ida kuyib ado bo’lgan onani tuproqqa qo’yishdi. Hammaning boshi quyi egilgan. Ikromjonni Tog’a suyab turardi. Nizomjon qabr yonida cho’kkalab bosh egib o’tirganicha hamma qo’zg’alganda ham boshini ko’tarmadi. Oftob o’chdi.Ufqda olovli bulutlar qoldi.Cho’l jim-jit bo’lib qoldi.” (Said Ahmad “Ufq”romani)


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish