Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti
«Iqtisodiyot va servis» kafedrasining “____” -yig‘ilishi bayonnomasidan
KO‘CHIRMA
2022 yil “____” __________ Farg‘ona shahri
Qatnashdilar: B.Xolmatov – kafedra mudiri, i.f.n.,dots.; i.f.d., professorlar M.Adxamov, A.Bekmurodov, Sh.Mustafakulov, A.Ubaydullayev; i.f.d.,dots. M.Mirzakarimova; i.f.n., dotsentlar – Z.Tojiboyev, N.Olimova, E.Mo‘ydinov, M.Isakov; PhD, katta o‘qituvchilar – D.Yuldashev, A.Asraqulov; katta o‘qituvchi Sh.Abdisamatov; o‘qituvchilar – S.Xazratqulov, O.Teshaboyeva, A.Ortiqov, R.So‘fiyev, Sh.Karimov, D.Safarova, Z.Salimjonova, A.Yulchiyev, Sh.Nematova, D.Axmadaliyev, G.Mamajonova hamda 24 nafar iqtisodiyot mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari.
KUN TARTIBI:
2-bosqich 5A 230102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari ishlarini himoyaga tavsiya etish.
Eshitildi: Kafedra mudiri i.f.n.,dots. B.Xolmatov
i.f.n.,dots. B.Xolmatov o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yilning 2 mart kuni magistrlik dissertatsiyalarini bajarishga doir 36-son bayonnoma bilan tasdiqlangan Nizom asosida qabul qilingan Qaror hamda undagi magistrlik dissertatsiyalarini bajarishga doir yangiliklar va talablar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi va yig‘ilish a’zolarini 5A 230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) mutaxassisligi 2-bosqich bitiruvchi magistranti Uzoqova Shahloxon Ziyoviddinxon qizining “Ko’p tarmoqli xo’jalik tuzilmalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida bajarilgan magistrlik dissertatsiyasining asosiy mazmuni bilan tanishtirib o‘tdi. Sh.Uzoqovaning bajargan tadqiqot ishi shu kungacha bo‘lgan muddatda kafedrada ikki marta dastlabki himoyada muhokama qilingani, ishning asosiy kamchiliklari bartaraf etilgani, barcha tegishli hujjatlar talab darajasida rasmiylashtirilgani, mavzu yuzasidan 2 ta ilmiy maqola va 1 ta tezis tayyorlagani, hozirda magistrlik dissertatsiyasining, ish asosidagi avtoreferatning, rezyume va annotatsiyalarning o‘zbek va ingliz tillaridagi variantlari hamda dissertatsiya mavzusi doirasida taqdimot materiallari tayyor ekanligi xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Eshitildi: ilmiy rahbar PhD M.Amanbayev.
PhD M.Amanbayev o‘z so‘zida haqiqatdan ham bitiruvchi magistrant Sh.Uzoqova tomonidan tadqiqot ishini bajarish davomida katta ishlar qilingani, tadqiqot ishi o‘rganishda iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uzviylikda va tizimli yondashuv uslubi qo‘llanilganligi ma’lumotlardan xulosa chiqarishda statistik, analitik, sintetik, qiyosiy, induktiv, deduktik, mantiqiy va boshqa tahlil usullaridan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslari, mamlakatimiz suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashda soliqning roli va amaldagi mexanizmini tahlil qilish, uni ta’sirchanligini kuchaytirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish kabi masalalarning bugungi kunda dolzarbligini, bu masalani magistrlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib borish davomida keng miqyosda yoritilib, tahlil qilingani xususida to‘xtalib o‘tdi va mazkur tadqiqot ishi bo‘yicha o‘zining ilmiy rahbarlik xulosasi hamda ishga berilgan ichki va tashqi taqrizlarni o‘qib eshittirdi, mazkur ish yuzasidan taqrizchilar tomonidan ijobiy fikr bildirilgani va ishning himoyaga tavsiya etilganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Qayd etilgan fikrlar hamda o‘zining rahbarlik xulosasi asosida Sh.Uzoqova “Ko’p tarmoqli xo’jalik tuzilmalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida bajarilgan magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tavsiya etishni taklif qildi. Ushbu taklifni barcha kafedra a’zolari bir ovozdan ma’qulladilar.
Ko‘rilgan masala yuzasidan
QAROR QILINDI:
1. Kafedra mudiri i.f.n.,dots. B.Xolmatov hamda ilmiy rahbar dots. PhD M.Amanbayevning tegishli masala yuzasidan axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 5A230102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yo‘nalishi bitiruvchi magistranti Sh.Uzoqova “Ko’p tarmoqli xo’jalik tuzilmalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi himoyaga tavsiya etilsin.
Ilmiy rahbar: M.Amanbayev
Kotib: S.Xazratqulov
Do'stlaringiz bilan baham: |