Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli.
Bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki davriga togri kelib tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda maxsulot ayriboshlash uchun ishlab chiqarilmagan, lekin uni ortiqchasi tasodifiy shaklda ayirboshlangan. Tasodifiy ayirboshlash mehnat maxsulotining tovarga aylanganligini ifodalaydi. Ayriboshlash natijasida tovar maxsuloti oziga teng qiymatli ekvivalent maxsulotga ayriboshlanadi. Ayriboshlash jarayonida istemolni qondirish birinchi darajali masala, tovarlar qiymatini taqqoslash esa ikkinchi darajali masala sifatida qaralgan. Masalan, 1 bolta = 20 kg don.
Qiymatning tola yoki kengaygan shakli
Tovar ayriboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan tola yoki kengaytirilgan shakliga otilgan. Bunday ayriboshlashda bir tovarga qarama-qarshi faqat bitta tovar emas, balki bir nechta tovarlar ishtirok etadi.
Qiymatning umumiy (ekvivalent) shakli
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan maxsulotlar soni ham ortib boradi va ayirboshlashda murakkab holat vujudga keladi, biror bir tovar sohibi ushbu tovarni ozining istemoliga zarur bolgan boshqa bir tovarga ayirboshlanishi uchun avvalom bor ozining tovariga ehtiyoji bolgan boshqa bir istemolchini topmogi kerak boladi, ayirboshlash murakkablashib uning rivojlanishiga tosqinlik qiladi.
Asta-sekin tovarlar orasida hamma tovarlarga ayirboshlanaoladigan va hamma tovarlar qiymatini ozida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi. Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan barcha maxsulotlar uchun umumiy ekvivalentga aylanadi.
Qiymatning pul shakli
Maxsulot ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar, mamlakatlar ortasida savdo-sotiqni, tovar ayirboshlashning zaruriyatini yuzaga keltiradi. Turli mamlakatlarda turli tovarlar umumiy ekvivalent hisoblangangaligi bu jaryonning taraqqiy etishiga tosqinlik qiladi.Natijada butun tovarlar dunyosidan shunday tovarlar ajralib chiqadiki, u barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvavalent sifatida qollanila boshladi. Bu vazifani dastlab qimmatbaho metallar mis va kumush, keyinchalik oltin bajaradigan boldi.Oxir oqibatda oddiy tovar korinishidagi umumiy ekvavalent orniga pul shaklidagi umumiy ekvavalent, yani pul maydonga chiqdi.
Umuman, pul oz taraqqiyotida quyidagi 4 bosqich va 4 shaklga ega bolgan:
Tovar shaklida - qoyma asrimizdan oldingi VII asrgacha
Tanga pullar tanga asrimizdan oldingi VII-XIX - asrlar
qogoz pullar banknot XIX-XX asrlar
Elektron pullar kartochka XX asr ortalaridan
Shuni takidlash lozimki uzoq yillar davomida qimmatli metallar pul vazifasini bajargan va uning asosiy sabablari bolib:
Ularni qiymati yuqori, hajmi kichik.
Ular bolinuvchan, ular bolinganda sifatini yoqotmaydi.
Ularning yaxshi saqlanishi (masalan, komganda ham).
Ularni olib yurish qulay
Bir ogirlikdagi oltin bir-biridan deyarli farq qilmaydi (bir turdagi moyna bir-biridan nimasi bilandir farq qilinadi) va boshqalar.
Ayrim manbalarga kora (Ekonomicheskaya teoriya pod.red.V.I.Vilyapina, Dobrinina A.I. Moskva. 2001 y str.141-166) dastlabki qogoz pullar XII-asrda Xitoyda, 1571 yilda Fransiyada, 1690 yilda AQSh da, XVIII- asrda Yekaterina II-davrida Rossiyada paydo bolgan. Qogoz pullar muomalasini tashkil etishda Djon Lo (Fransiya 1710-1720 yillar), Dubasov I.I (1897-1987 yillar Rossiya) kabi ayrim shaxslar faoliyatini qayd etish lozim. Djon Lo duelda qatnashgani uchun London turmasidan qochib Gollandiyada, keyin Italiyada yashab ancha boylik ortirgan va 1710 yilda Fransiya davlat byudjeti daromadini oshirish boyicha hukumatga qogoz pullar chiqarish boyicha taklif bilan chiqqan. Osha paytda Fransiya Moliya Vaziri bolgan Djon Lo 1720 yilda pulni qadrsizlangani tufayli Fransiyani tark etadi. 1716-1720 yillardagi qogoz pullar boyicha Djon Loni Mashinnik i proroka deyilsada, u Yevropa xalqini qogoz pullarni ajoyib imkoniyatlaridan voqif etdi.
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bolib, bozor iqtisodiyotiga otish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, tolovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bogliq. SHuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pogonalarida odamlarni oziga jalb qilib kelgan.
Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha, Arastu va Aflotundan boshlab XX asrning boshigacha pul togrisida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz, hozirgi kunda pul togrisida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar son bir necha marta ochib ketgan i, desak mubolaga bolmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik kop bolishiga qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodiyotga tasiri, nega alohida olingan individumlar qolida pulning kopayishi, ular boyligining kopayishiga olib keladiyu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining kopayishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy tasir korsatadi, degan savollarga hali toliq javob berilgan emas.
Pul va uning vazifalari togrisida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining qollanmalarini olib qaraydigan bolsak, pulning kelib chiqishi togrisida ikki xil goya mavjudligini korishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion goyalardir.
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Arastu bolib, u pulning kelib chiqishining asosini ozaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus «qurol», kishilar orasida ozaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlik ekanini aytadi. Ozaro tovarlarni almashtirishda pul qatnashmaganda, tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar ortasidagi proporsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bolgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdori kam-kopligiga bogliq holda ornatilgan. Keyinchalik, shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent sifatida bazi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi.
Rivojlanishning birinchi bosqichlarida mis, bronza, temir ishlatilib, almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar ortasidagi shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Hozirgi vaqtda ham bazi chet el olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni suniy sotsial shartlashish belgisi1 deb izohlagan. Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreyt qimmatbaho metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar ortasidagi kelishuvning mahsuli ekanligini uqtiradi.
Uzoq yillar davomida sobiq SSSRda pul va pul muomalasi sohasidagi tadqiqotlar K. Marksning talimoti asosida olib borilgan. U pulning kelib chiqishini tadqiq qilishda A. Smit, D. Rikardolarning tadqiqotlariga asoslangan holda, pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. SHuningdek, u pulning ozi ham tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqichlarini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun malum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda, boshqa tovarlarning qiymatini olchashning asosi bolib xizmat qiladi, deb korsatgan. Hozirgi vaqtda yuqoridagiga oxshagan real pullar orniga oz qiymatiga ega bolmagan qogoz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. SHuning uchun qogoz va kredit pullar pul kelib chiqishi togrisidagi ratsionalistik konsepsiyaning togridan-togri isboti bola olmaydi. Qogoz pullar yuzaga kelguncha, jamiyat bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib otgan.
Pulning kelib chiqish tarixi koproq pulning evolyusion nazariyasi bilan bogliq. Tovar muomalasining evolyusion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar oynagan. Har bir jamoa oz tovarini ekvivalent sifatida ortaga qoygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular birinchi ehtiyoj uchun zarur bolgan tovarlar va zebu ziynat tovarlaridir.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehkonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti i, tovar turlarining kopayishi almashinuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashinuv jarayonida tovar egalari ozaro muloqotda bolib, tovarning egasi oz mahsulotini (mulkini) baholagan. SHu baholash jarayoni biror olchov birligi bolishini taqozo qilgan. Otgan asrdagi iqtisodchilar pul bu tovarlarning tovari, deb ifodalashgan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab berishgan: Birinchidan, pulning istemol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati oz ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon boladi.
SHunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bolgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini ozida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Pul qanday shaklda bolishidan qatiy nazar pul bolib qolaveradi. YUqoridagilarga asoslangan holda, pulning mohiyatini quyidagicha tariflashimiz mumkin. Pul bu maxsus tovar, umumiy ekvi-valent bolib, abstrakt mehnat xarajatlarini ozida aks ettiradi va tovar xojaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul togrisidagi evolyusion nazariya uning olchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi.
CHet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va zarururiyatiga kam etibor qaratganlar. 1857 yilda taniqli ingliz iqtisodchisi U.Djevons, iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir, degan ekan. SHuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab otishgan. XX asrning 50 - yillaridagi darsliklarning mualliflari pulning mohiyatidan kora uning iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga tasirini organish muhimroqdir, deb takidlashgan va kop chet el olimlari shu yonalishda ish olib borishgan. Hozirgi vaqtda pul togrisida bizda mavjud chet el adabiyotlarida korilgan masalalar fikrimizning isboti bolishi mumkin. Haqiqatan ham, bozor iqtisodiyotga otish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiq qilishdan kora, pulning iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga, bandlikka tasirini tadqiq qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb oylaymiz.
Pulning turlari. Pul ozining evolyusiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qogoz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni ozida ifodalashiga kora pullar ikki turga bolinadi:
haqiqiy pullar;
haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari.
Haqiqiy pullar nominal qiymatini ozida ifodalovchi, real qiymatga ega bolgan metall pullar bolib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bolgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam boladi) shaklda chiqarilgan. Tarixiy malumotlarga kora, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, XII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev Rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar, asosan, oltindan zarb qilingan, keyinchalik, oltin va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va tolov, muomala vositasiga bolgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini kiritish zarur bolib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yoqola bordi.
Qogoz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bolib, pulning muomala funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Qogoz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin.
1-bosqich tangalarning uzoq vaqt muomalada bolishi, qoldan-qolga otishi natijasida yemirilishi.
2-bosqich tangadagi metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalar metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi;
Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bolgan.
3-bosqich davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi.
birinchi qogoz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan, deb korsatiladi. Lekin tarixiy malumotlarga qaraganda, 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qogoz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan.
Qogoz pullar Amerika va evropada XVII- XVIII asrlarda, Rossiyada 1769 yilda chiqarilgan.
Qogoz pullar deb, hukumat tomonidan byudjet taqchilligini qoplash uchun chiqarilgan, metall pullarga almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan malum kurs ornatilgan pul belgilariga aytiladi.
Tola oltin va kumushdan bolmagan tangalar muomalada pul sifatida ishlatilsa-da, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. SHunday bolsa ham, bu tangalar malum miqdordagi metallni ifodalagan. Qogoz pullar bolsa, muomalaga chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida malum bir miqdordagi oltinni ozida ifoda qilgan. Ammo biror davlatning pulida metallning zarrasi ham bolmagan, yani ular qiymatni belgilab bergan, xolos.
Qogoz pullarning emitenti davlat xazinasi yoki emission bank hisoblanadi.
Ozbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qogoz pullarning tabiati ularning inflyawiyaga moyilligini korsatadi. Qogoz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini etiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar etiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari, byudjet taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, yani emissiya miqdori tovar aylanmasi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bolgan talablariga ham bogliq boladi. Bu, albatta, muomaladagi pul massasining ozgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqarorligiga putur etadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bolgan ishonchi pasayadi, tolov balansining barqarorligi yoqoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi tushadi va h. k.
Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning etishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va tolov aylanmasining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, tolov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Kredit pullar ozining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qogoz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning ozida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bolib, kreditor va qarz oluvchi ortasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
Veksel bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (otkazma veksel - tratta) korsatilgan summani, korsatilgan vaqtda va joyda tolash togrisidagi yozma majburiyati hisoblanadi.
Banknota kredit pullarning etakchi vakillaridan bolib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yoli bilan chiqariladi.
Otmishda banknota muddatsiz majburiyat bolib, xohlagan vaqtda uni bankka topshirib, orniga unda korsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bolgan.
Hozirgi zamon banknotalari oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yollar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:
xojaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keldi;
davlatni kreditlash, yani banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi;
aktiv tolov balansiga ega bolgan davlatlarda rasmiy valyuta zaxiralarining osishi orqali va boshqalar;
CHek veksel va banknotadan keyin paydo bolgan kredit vositasi hisoblanib, tolovchining oz bankiga uning schyotidan mablagni oluvchining schyotiga otkazib qoyish togrisidagi buyrugidir.
Banklar faoliyatida EHM lardan foydalanish elektron pullar yordamida qarzlarni tolashni tezlashtiradi. AQSHda pul mablaglarining elektron otkazish tizimi EFTS (Electronicfunds Transfert Sistem) aylanmaning samarali bolishini taminlamoqda.
Hozirgi zamon amaliyotida qollanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar orniga hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bolib, ular juda qulay va bir qator afzalliklarga ega. Kredit kartochka bilan barcha turdagi chakana savdo va xizmatlarga haq tolash mumkin. Hozirgi vaqtda kredit kartochkalar bank, savdo xizmatlarini tolashga moljallangan.
Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bolgan yerlarni bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bolgan. Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomiladagi metal pullar ornini qogoz pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushunib yetmaganlar. Ular savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya kilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |