Fargʻona davlat universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
2-bosqich 21.109-gurux talabasi Muxammadjonov Oqiljonning
"Pul va banklar "fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
PUL UMUMIY EKVIVALENT SIFATIDA
Reja:
Pulning funksiyalari.
Pulning barqarorligini taminlash usullari.
Pul nazariyalari.
Malumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo takidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yoq. Pulni tovar ayirboshlashni ozi yaratdi.Birinchi yirik mehnat taqsimoti, yani chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xojaligining rivojlanishi tufayli maxsulot qiymatining ifodasi bolmish pulni keltirib chiqardi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining kopayishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari ozaro muloqotda bolib, tovarning egasi oz maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror olchov birligi bolishini taqozo qilgan. Tovar muomalasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar oynagan. Har bir jamoa oz tovarini ekvivalent sifatida ortaga qoygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb etirof etgan.
Pul bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bolib, abstrakt mehnat xarajatlarini ozida aks ettiradi va tovar xojaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu tarif pulni quyidagi xususiyatlarini ozida ifodalaydi:
Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.
Pul bu umumiy ekvivalent yagona tovar bolib qolgan tovarlar qiymatini ozida ifoda qilishi.
Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni ozida ifoda qilishi.
Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar ortasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bolishi).
Pulning muhim xususiyati shundaki, pul ham boshqa tovarlar singari qiymatga va istemol qiymatga ega bolishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar va xizmatlar
Pulning istemol qiymati shuki u oz funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, yani unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qogoz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomalaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bogliq, narxlar kotarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bolib hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bogliqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bolib kelgan va shunday bolib qoladi. Taniqli davlat arboblaridan biri takidlaganidek, «Davlatni orni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qoshimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan maxsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan toliq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomalasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy tasir korsatadi.Tarixiy manbalarga kora birinchi qogoz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qogoz pullardan foydalanilgan.Umuman tarixda birinchi tangalar VII asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan. K.Marks, A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan holda pulni vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan boglaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |