Farg‘ona, 2021-2022 “ Muhandislik kommunikatsiya qurilishi ” kafedrasi



Download 2,49 Mb.
bet33/61
Sana14.04.2022
Hajmi2,49 Mb.
#551056
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
2 5193151322458691209

3- amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Suvni tayorlashda biologik jarayonlardan: bioreaktor va biosoberlardan foydalanish. Konstruksiyalar, texnologik sxemalar xisobi.
Suvni yumshatish – suvni kalsiy va magniy tuzlaridan tozalashdan iboratdir. Bu tadbir ko‘proq ishlab chiqarish korxonalarini suv bilan taominlashda qo‘llaniladi. CHunki, aksariyat sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari yumshoq suv talab qiladi. Suvning qattio‘ligi mg.ekv/l da o‘lchlanadi. 1 mg.ekv/l qattio‘lik suvda 20.04 mg/l Ca yoki 12.16 mg/l Mg bo‘lishini ko‘rsatadi.
Suvning umumiy qattio‘ligi vaqtincha va doimiy qattio‘likka bo‘linadi. Suv qattio‘ligi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1. juda yumshoq suv 1,5 mg.ekv/l gacha
2. yumshoq suv 1,5 – 3,0 mg.ekv/l
3. o‘rtacha suv 3,0 – 6,0 mg.ekv/l
4. qattiq suv 6,0 – 10,0 mg.ekv/l
5. juda qattiq suv 10,0 mg mg.ekv/l
O‘zDSt 950.2000 talabi bo‘yicha suvning qattio‘ligi 7 mg.ekv/l gacha bo‘lishi talab etiladi. Suvning qattio‘ligi ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy tasir etishi mumkin. Masalan, mashina va uskunalarning ichki devorlarida qotishma Xosil qilib ularining ish davrini qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ichki yonuv dvigatellarni devorlarida qotishma xosil bo‘lmasligi uchun suv yumshoq va tiniq bo‘lishi kerak. Xosil bo‘ladigan qotishmalar issio‘lik almashinuvini qiyinlashtiradi.
Masalan, traktor va avtomobillar motorlarini sovutish tizimlarida ishlatiladigan suvning doimiy qattio‘ligi Kd.k.7-8 va mos Xolda vaqticha qattio‘ligi K v.k. > 3mg.ekv/l, tinio‘ligi esa 40 mg/l gacha bo‘lishi lozim.
Suvning qattio‘ligi ayniqsa bug‘ qozonlariga qattiq tasir etib, Xatto yonilg‘i sarfini ikki marta ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bug‘ qozonlari uchun suvning qattio‘ligi Qum 2,0 dan 0,017 mg ekv/l gacha bo‘lishi talab etiladi.

To‘qimachilik sanoati maxsulotlari sifatiga xam ayniqsa suniy tola tayyorlashda suv qattio‘ligining katta tasiri bordir.


Suv tozalash amaliyotida suvni yumshatishning quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.
1.Termik usul –suvni temperaturasini ko‘tarib uning tarkibidan erkin karbonat kislotasini ajralib ikki atomli kalsiy va magniy mollekulalarining parchalanishi tashkil etishga asoslangan.
Sa(NSO3)2 SASO3  SO2  N2O, (41)
SASO3 (oXak) suvda qiyin eriydigan modda bo‘lganligi sababli tezda cho‘kindiga tushadi va uni ajratib olish mumkin bo‘ladi. MgCO3 esa suvda oson erishi tufayli suv uzoq qaynatilgandan keyingina cho‘kindiga tushadi.
Suvning qattio‘ligi vaqtincha xususiyatga ega bo‘lganda uni yumshatishda termik usulni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
2. Reagent yoki oxakli – soda usuli – suvga soda yoki oxak bilan ishlov berib suvni yumshatishga asoslangan.
Suvga soda yoki oxak eritmasi xolida qo‘shiladi
Sa(ON)2 + Sa(NSO3)2 = 2SaSO3  2N2O , (42)
Bunda suvning karbonat qattio‘ligi kamaytiriladi.
Umumiy qattio‘likni kamaytirish uchun suvga soda qo‘shiladi.
MgSO4  Ca(OX)2  Mg(OX)2  CaSO4 , (43)
CaSO4  Na2CO3  CaCO3  Na2SO4 , (44)
Bu usul bilan suvning qattio‘ligi K  1.8 - 2.5 mg.ekv/l gacha kamaytirilishi mumkin. Odatda SaCO3 cho‘kindisi suvdan uni tindirish va filtratsiyalashdan oldin yo‘qotilishi kerak. SHuning uchun er usti suvlarini yumshatish tindirishdan oldin o‘tkaziladi. Qishloq suv taominotida bu usul nisbatdan kam qo‘llaniladi.
3. Kationit (ionalmashinuv) usuli. Ushbu usul bilan suvni yumshatish bosimli kationit moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Bosimli kationit moslamasi (filtri) ichiga quvurli drenaj sistemasi O‘rnatilgan Xavzani eslatadi. Suv moslamaga maxsus voronka orqali uzatiladi. Filtrning drenaj quvurlari ustiga 2-3 m qalinligida kationit qatlami joylashtiriladi. Bu usuldan foydalanishda suv qattio‘ligi qancha katta bo‘lsa kationit qatlami shuncha qalin bo‘lib filtrlash tezligi esa shuncha kamroq bo‘ladi.

10- sxema. Kationit filtri (ionalmashinuv usuli).
1, 4, 5, 6, 8, 9 – zadvijkalar, 3 – yuvish baki, 2 – voronka, 7 – drenaj
Bu usul suvdagi kalsiy va magniy kationlarini kationit filtrida mavjud bo‘lgan natriy (Na) yoki vodorod (N) kationlariga almashishi jarayoniga asoslangan. Na – kationlariga almashganda jarayon Na – kationitlanish deyilsa, N – ga almashganda N – kationitlanish deyiladi. YUmshatilgan suv drenaj yordamida yig‘ilib rezervuarga olib boriladi. Suvni yumshatish filtrning almashinish qobiliyati tugagunga qadar davom etadi. Almashinish qobiliyati tugagandan sqng filtrni regeneratsiyasi boshlanadi (qayta quvvatga keltirish).
Regeneratsiyadan oldin teskari yo‘nalishda ko‘tarilayotgan suv oqimi yordamida kationit zarralarining O‘zaro zichligi kamaytiriladi. Bu maqsadda beriladigan suvning sarfi 3-4 l/s m2 ni tashkil etadi. Kationit zarrachalarini o‘zaro zichligini kamaytirish 15 minut davomida o‘tkaziladi. So‘ngra natriy kationit filtriga voronka orqali 5-10% li osh tuzi eritmasi beriladi. V (3-5 m/soat) tezlik bilan yuborilgan tuz eritmasi filtrni almashinish qobiliyatini qayta tiklaydi. Regeneratsiya maqsadida filtrga 150-200 g ekv/l meoyorida tuz miqdori yuboriladi.
Regeneratsiyadan keyin kationit filtri yumshatilmagan suv bilan yuviladi. Kationitni yuvish uchun filtrning Xar m3 Xajmi Xisobiga 4-5 m3 suv 8-10 m/soat tezlik bilan yuboriladi. YUvish uchun ishlatilgan suv ajratib olinadi va qaytadan suvni yumshatishning yangi jarayoni boshlanadi. Bu usul suvning qattio‘ligini 0,03-0,05 mg ekv/l gacha kamaytirish imkonini beradi.
Vodorod kationit filtrini regeneratsiyalashda 1,5-2% li sulfat kislotasi eritmasidan foydalaniladi.
Almashinuv reaksiyalari quyidagicha amalga oshadi.
Na - kationit filtrlarida:
2NaR  Ca(XCO3)2  CaR2  2NaXCO3
2NaR  Mg(XCO3)2  MgR2 2NaXCO3
2NaR  CaSO4  CaR2  NaSO4
2NaR  CaCl2  CaR2  2NaCl
X kationit filtrlarida NaR O‘rniga reaksiyada XR ishtirok etadi.



Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish