Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Quyidagi topshiriqlarni bajaring



Download 4,31 Mb.
bet82/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Quyidagi topshiriqlarni bajaring
1-topshiriq
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining istiqboli haqida kichik insho yozing.
2-topshiriq
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim turlarini klaster usulida ko‘rsating.
3-topshiriq.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari haqida ma’lumot bering.
2-seminar mashg‘uloti
Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning vazifalari.
REJA:
1. O‘qituvchining kasbiy sifatlari ,o‘quvchilar jamoasi,ota-onalar, hamkasblari bilan muloqoti.
2. Pedagogik maxoratni egallash yo‘llari.
3. O‘qituvchining professiogrammasi.

Maqsad: Xozirgi zamon o‘qituvchisining burch va majburiyatlari, kasbiy sifatlari, pedagog odobi haqidagi bilimlarini kengaytirish.




Mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumot.
Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri o‘qituvchi va pedagogik mehnat sharoitini yaxshilash muammosi hisoblanadi. Chunki, o‘qituvchida barcha pedgogik g‘oyalar mujassamlangan bo‘lib, uning faoliyati orqali bu g‘oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. O‘qituvchining ko‘p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli , ahloqli qilib tarbiyalash , ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o‘qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog‘liq. Bolalarni o‘qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish , ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarini olib borish va hakozo. Bularning hammasi o‘qituvchidan chuqur bilimga ega bo‘lishni , o‘z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim konsepsiyasida o‘qituvchi mutaxassis oldida turgan vazifalar quyidagicha belgilanadi: «Mutaxassis malakasi chuqur , umumiy bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi , kompyuter savodxonligi , o‘z bilimini tezlik bilan Yangilash va to‘ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi. Shular qatorida uning intizomi , ma’suliyati , ziyolilik , o‘z ishiga, mamlakati mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo‘lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg‘ularini ham tarbiyalash zarur».
Keyingi yillarda pedagog xodimlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash borasida qator hujjatlar qabul qilindi, imtiyozlar berildi, ish haqi oshirildi, barcha ta’lim-tarbiya muassasalari xodimlari bilan mehnat shartnomasi tuzish tizimiga o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «Mutaxassis o‘z faoliyati, sohasidan qat’iy nazar, ijodiy jamolarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo‘lishi, Yangi texnologiyalarni joriy etishning xo‘jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak». Ushbu fikrlar o‘qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir. Chunki jamiyatimizda sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o‘qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki, iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo‘lishni taqazo qilmoqda. Bu o‘rinda o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan kasbiy talablar xususida alohida to‘xtalmoq zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi, o‘z kasbini sevishi, o‘qituvchini boshqa kasb egalaridan ajralib turishi. Chunki maktabda ta’lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o‘qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq.
O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri Shuki, u o‘zi o‘tayotgan fanini chuqur bilishi, uning metodikasini o‘zlashtirib olgan bo‘lishi zarur. Predmetni (fan) va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o‘quvchilarga etkaza olishi Shu fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, o‘qituvchining obro‘sini oshiradi.
O‘qituvchining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Hozirgi zamon o‘qituvchisi milliy qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, keng ota-onalar jamoatchiligi ichida, sinfda uning otashin targ‘ibotchisi ham bo‘lishi harakat qila olishi kerak.
O‘qituvchi anatomiya, fiziologiya, maktab gigienasi fanlaridan xabardor bo‘lmog‘i, o‘quvchilar faoliyatini Shu fanlar tavsiyasi asosida tashkil etishi lozim. O‘qituvchi o‘z nutqini idora qilishi, adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishi, ovozning past-balandligiga ahamiyat berishi (ortiqcha baland yoki past gapirish) bolani toliqtirib qo‘yadi. Nutqning jonli, ifodali bo‘lishiga e’tibor berishi lozim. Nihoyat u o‘z ustida tinmay ishlamog‘i zarur. Ayniqsa qadriyatlarimizni o‘rganishga, o‘zligimizni anglashimizga, qadimiy madaniyatimizni bilishga ehtiyoj katta bo‘lmoqda, zero bularni bilmay turib mutaxassisligimizni mustahkamlab, buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. O‘qituvchining kasbiy shakllanishi kollejda ta’lim olish jarayonidan boshlanadi. Kollejning o‘quv reja va fanlar bo‘yicha dasturlarida bo‘lajak o‘quvchilarga Shu kasbning siru asrorlarini o‘rgatish, nazariy bilimlar berish va ko‘nikmalar hosil qilish nazarda tutiladi.
O‘qituvchining kasbiy shakllanish jarayonida maktab rahbariyati va jamoatchiligi katta rol o‘ynaydi. YOsh o‘qituvchilarga tajribali o‘qituvchilarni biriktirib qo‘yish, ularning darslarini kuzatish, uslubiy birlashma ishlariga jalb etish maktab rahbariyatining vazifasidir. Maktabda o‘qituvchining o‘z ustida ishlashiga, ilmiy - nazariy va metodik bilimlarini tinmay oshirib borishiga katta ahamiyat beriladi. O‘qituvchi sekin-asta o‘z kasbini o‘zlashtirib borish bilan birga, ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etadi. O‘qituvchilik kasbiga kirish va pedagogik mahoratni egallash jarayoni, uni maktab o‘qituvchilar jamoasiga kiritib, unda o‘z o‘rnini topib keta olishiga bog‘liq. Jamoaning yordamidan yuz o‘girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushmay, o‘z xatolarini ko‘ra bilish va uni yo‘qotish uchun harakat qilish uning o‘qituvchi bo‘lib shakllanishidan darak beradi. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishga, o‘z ustida tinmay ishlashga harakat qilish kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
O‘qituvchi qiyofasidagi fazilatlar:

  1. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohatlar mohiyatini chuqur anglab etish hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni berib borish lozim.

  2. Zamonaviy o‘qituvchi,fan,texnika va texnologiya, Yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi lozim.

  3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinmay ishlashi va izlanishi lozim.

  4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlar asoslarini puxta bilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

  5. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olishi imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

  6. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.

  7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi, kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika (nutq, qo‘l-oyoq, yuz va gavda harakatlari), (mimika, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olishga erishish lozim.

  8. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak.

Nutqning to‘g‘riligi.
Nutqning aniqligi.
Nutqning ifodaviyligi.
Nutqning sofligi. Nutqning sodda va tuShunarliligi.
Nutqning ravonligi.
Nutqning boyligi.

  1. O‘qituvchining kiyinish madaniyati.

  2. O‘qituvchining hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi.

Nazorat topshiriqlari.
1-topshiriq
Quyidagi jadvalni to‘ldiring

Ijodkor o‘qituvchi


Tashabbuskor o‘qituvchi


Ilg‘or o‘qituvchi

Fidoiy o‘qituvchi


Oddiy o‘qituvchi

















































2-topshiriq.
O‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi,ota-onalar va hamkasblari bilan bo‘lgan muloqoti haqida pedagogik vaziyatlar tuzing?(namuna tarzida pedagogik vaziyatlar keltiriladi)
1-pedagogik vaziyat
Adabiyot darsida bolalar adabiy portretning yaratilishi ustida ishlashardi. O‘qituvchi o‘quvchilarning har biriga ularning o‘zlariga yaqindan tanish bo‘lgan kishining tashqi qiyofasini tasvirlashni tavsiya qildi. Barcha bolalar o‘z daftarlari ustiga egildilar...Shu payt bir o‘jar bola o‘z yozganlarni ovoz chiqarib, butun sinfga o‘qib bera boshladi... o‘qituvchi esa sekingina “oh” deb yubordi: portretda, o‘quvchi tasvirida uning ko‘rimsiz tashqi qiyofasidagi alomatlar Shunchalik mohirlik bilan tasvirlangan ediki, u gap kim to‘g‘risida ketayotganligini darhol payqadi. U o‘zini tanidi! Baqirib yuborgisi, bu yaramas bolani jim bo‘lishga majbur qilgisi, sinfdan qochib chiqib ketgisi keldi...

  1. Yuzaga kelgan vaziyatda o‘qituvchi o‘zini qanday tutsa pedagogik maqsadga muvofiq bo‘ladi?

  2. O‘qituvchining xulq-atvorini, uning tutayotgan pozitsiyasini baholang. Bu vaziyatni yuzaga keltirish bilan u qanday muammoni hal etyapti?

  3. Bunga o‘xshash vaziyatlar qaysi jihatlari bilan o‘ziga xoslikni tashkil qiladi? Bunday vaziyatlar har vaqt ham sodir bo‘lib turadimi? Ularning sodir bo‘lishiga nima sabab bo‘lishi mumkin.

a) bu vaziyatda o‘qituvchi bosiq, og‘ir bo‘lishi kerak. Xatto kulimsirab qo‘yishi mumkin. Chunki bola mavzuga to‘la amal qilyapti;
b) o‘quvchi mavzuni to‘la yoritgan, lekin o‘zini tuta bilmadi. O‘qituvchi baqirmasligi kerak edi. Bu bilan u o‘qituvchining nihoyatda mahoratga ega bo‘lishi kerakligini muammo qilib qo‘ymoqda;
v) o‘quvchilarda bunday xislatlar bo‘lishi tabiiy. Bunday vaziyatlar doim bo‘lib turadi. Bolalar o‘zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘radi.
g) o‘qituvchi bolani jim o‘tirishga majbur qilishi kerak;
d) o‘quvchi yaxshi ish qilmayapti, bu bilan u o‘ylab topshiriq berish kerakligini eslatadi;
e) dars jarayonida bunday bolalar bilan ishlash kerakligini eslatyapti. Bunday hodisalar tez-tez bo‘lib turadi. Bularning sodir bo‘lishiga sabab o‘zini maqtasin deb qiladi.
a) o‘quvchi jim bo‘lishiga erishsin;
j) o‘quvchi o‘qituvchisiga yaxshi ko‘rinish uchun, bunday ish bilan bolalar har xil ekanligini bildirmoqchi;
z) bunday voqealar bo‘lib turadi. Bularning sodir bo‘lishiga tarbiya sababchidir.
4. a) o‘quvchiga baqirish, do‘q urish kerak;
b) o‘quvchi o‘zini ko‘rsatmoqchi, qanday muammoni hal qilyapti ekan?
v) goh-gohida sodir bo‘ladi, bilmadim.
2-pedagogik vaziyat.
Rus tili darsida o‘quvchilarga: “O‘rtog‘ingdan ko‘chirma !” “O‘zing yoz,birovlarning daftariga qarama!”, “Obbo, ko‘chiradigan odamingni ham topibsan-mi-a! Uning o‘zi hatto, xato ko‘chirib olishni ham qoyillata -olmaydi-yu!” singari zaharhanda so‘zlar bilan bir necha bor qattiq tanbeh berdi. Boshqa sinfda esa o‘qituvchi matematika darsiga yo‘l-yo‘lakay, albatta, ammo ta’sirli qilib: “Bolalar bir-biringizdan berkitmanglar , bu yaxshi emas, hech kim sizlardan ko‘chirayotgani yo‘q“, - dedi. 1. Pedagogning qaysi tutgan yo‘lini siz pedagogik jihatdan to‘g‘ri deb hisoblaysiz?
2.Tanbeh berish harakteriga qarab, har bir o‘qituvchining tutayotgan yo‘li, uning pedagogik ish uslubi, bolalar bilan muomala qilish harakteri to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkinmi? Ularning pozitsiyasidagi prinsipial farq nimada?


  1. Download 4,31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish