Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,31 Mb.
bet80/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

YAponiyada ta’lim tizimi: YAponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. YAponiya o‘z oldiga ikki vazifani: 1-boyish, 2-G‘arb texnologiyasini YAponiya ishlab chiqarishga kiritish masalasini qo‘yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizmini tubdan o‘zgartirish kerakligi aytiladi.
1872 yili "Ta’lim xaqida qonun" qabul qilindi. Bunda YApona ta’limiG‘arb ta’limi bilan uyg‘unlashtirildi. 1908 yil YAponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 yili kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollej paydo bo‘ldi.
1946 yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim soxasidagi xuquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Xozirgi zamon yapon ta’limi tizimlarining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqolri o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlari. Bolalar yosh xususiyatlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. YAponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9 % xususiy, 40,8 % munitsipal, 0,3 % davlatnikidir.
Majburiy ta’lim. Ta’limining bu pog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. 6 yillik boshlang‘ich ta’lim va 3 yillik kichik o‘rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan ta’minlangan. Muxtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o‘quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo‘lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shu qatorda xususiy maktablar xam mavjud.
Yuqori bosqich o‘rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo‘limlari mavjud. O‘kituvchilarning 95 % kunduzgi maktablarda o‘qiydilar.
Yaponiyada o‘quv yili 240 kun (AqSH-180). O‘quv yili 1 aprelda boshlanib martda tugaydi. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o‘tiladi.
Dorilfununlarga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U erda 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy. 1-toifadagi universitetlarda xar bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba tug‘ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix bo‘yiyaa test sinovlaridan o‘tadilar.
Bu sinovlardan o‘tgan o‘quvchilar universitetlarga yo‘llanma oladilar va yanasinovlardan o‘tadilar. Xususiy universitetlarga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o‘zining uzluksiz shaxobchasiga ega (bog‘chadan boshlab xamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni xaydab yuborish mumkin emas. Lekin o‘qish muddatini cho‘zish mumkin (4 yillik o‘qish 5-6 yilgacha cho‘zilib ketishi mumkin).
Kollejlar:
1-kichik kollej;
2-texnik kollej;
3-maxsus kollejlarga bo‘linadi;
Uni bitirgan talabalar diplomini oladi va universitetning 3 yoki 3 kurslariga qabul qilinadi.
Fransiya ta’lim tizimi: Fransiyada jaxondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari xam qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda "Ta’lim xaqida"gi qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan.
Fransiya davlatining xozirgi davrda amal qilinayotgan "Ta’lim xaqida"gi qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi isloxatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quv predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni xar tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, Shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu erda:

  1. Davlat maktablari;

  2. Xususiy maktablar;

  3. Oraliq maktablar mavjud;

O‘qitilgan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv aloxida, axamiyatga molik bo‘lib xisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30 % ajratiladi. O‘rtacha xaftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi esa 60 minut. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarida o‘qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilida, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mexnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar xisoblanadi.
Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor xolda olib kelish g‘oyat muxim masala xisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik gurux (2-4 yosh), o‘rta gurux (4-5 yosh), katta gurux (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruxi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100 % Shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun aloxida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablarga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish, xisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, xamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Tayyorlov bosqichi;

  2. Elementlar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);

  3. Chuqurlashtirilgan bosqich.

  4. Dasturlarda o‘quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo‘yicha aniq, aloxida-aloxida talabalar qo‘yiladi.

1990 yildagi xukumat qaroriga bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan xolda tuzish xuquqi berildi.
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4 o‘rta sinf, 3-sinf esa katta sinf xisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o‘rta ta’lim, 4-3 sinflar esa o‘quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi bosqichni tugatgach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvoxnoma oladilar. So‘ngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o‘qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtixon topshiradilar. Ana Shunda diplom olgan o‘quvchilargina oliy o‘quv yurtlarga qabul qilinish xuquqiga ega bo‘ladilar. Fransiyada talablar pedagogika, pilitexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtixon topshiradilar. Bundan tashqari Shu kasbga moyilligi xam aloxida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygoxlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtixonsiz qabul qilinaveradi.
Oliy ta’lim universitetlarda uch siklda amalga oshiriladi.
Birinchi sikl: umumiy bo‘lib, o‘qish muddati ikki yil davom etadi.
Ikkinchi sikl: o‘qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi.
Uchinchi sikl: o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda:

  • biron bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi xaqida diplom 1-yil;

  • ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot tug‘risida diplom 1-y;

  • uchunchi sikl doktorlik dissertatsiyasi 1-2 y;

  • davlat doktorlik dissertatsiyasi biron-bir soxani mukammal o‘rganib dissertatsiya yozish kabi xujjatlar olish mumkin.

Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotni xam ko‘zda tutadi.
Sirtqi ta’lim shoxobchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot erishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab raxbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga raxbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular raxbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy okartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muxitni barpo etish kabi jixatlarni o‘rganadi. O‘qishni yakunlagach, suxbatdan, test imtixonlaridan o‘tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil davomida maktab direktor talantli tashkilotchi, etuk raxbar sifatida faoliyat ko‘rsata olmasa, u bu lavozimdan olib tashlanadi. Maktab o‘qituvchilariga qo‘yilgan talab Fransiyada o‘ta yuqori. Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchilar o‘z nazariy - uslubiy malakalarini oshirishga axamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab quyilmagan. O‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtixon topshiradilar. Shu imtixonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga extiyoj aniqlansa, o‘z vaqti va mablag‘lari xisobiga malaka oshiradilar.
2000 yilda Fransiya maktablaridagi axvol sinchiklab o‘rganilib, o‘quvchilarning ko‘pchilik darslarga kirmay boshqa ishlar bilan mashg‘ulot bo‘lib yurishi aniqlangach, bu kamchilikni tuzatish uchun jiddiy choralar ko‘rilmoqda. Politsiyani bu ishga jalb etib, dars vaqtida boshqa joylarda yurgan bolalarni tutish, ularga jarima solish va maktabga eltib qo‘yish yuklatiladi. O‘z farzandlarini maktabga yubormagan ota-onalarni esa sud xukmi bilan jazolash. Unda xatto qamoq jazosi xam belgilab qo‘yilgan. Chunki aynan darsga qatnashmay yurgan bolalar o‘rtasida narkomaniya va xuquqlarni buzish kabi xolatlar ko‘p uchraydi. Umuman Fransiyada ta’lim tizimini rivojlantirish uchun bu yil juda katta mablag‘ ajratilgan.
Germaniyada ta’lim tizimi: Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida xam muxim bosqich xisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi xisoblansada, lekin u davlat ta’lim tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birloashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalanganliklari uchun ancha miqdorda pul tulaydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80 % bog‘chalarga qatnaydi. Germaniyada odatdan bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar xam bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to‘la xaftalik o‘qishni bitiradi, keyin xunar-texnika bilim yurtida to‘la bo‘lmagan xaftalik o‘qishda o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida tekin. Maktab o‘quvchilariga o‘quv qo‘llanmasi, asosan darsliklar tekin ta’minlanadi. Xususiy maktablar ozroq. O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu erda 5-6 sinf bosqichdagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: bular - asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30 % bola asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o‘rtasida turadi. qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to‘la ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi xunar-texnika maktabiga kirib o‘qish xuquqiga ega bo‘ladi. Germaniyada gimnaziyalari xam mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini xam bajaradi. GimnaziYani bitirganlik xaqidagi etuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida xunar ta’limi muxim axamiyatga ega, Chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10 sinflar) 79%, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 % xunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O‘qish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi yili asosiy xunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus xunar ta’limi beriladi. O‘quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o‘tishi sinov imtixonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtixonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, fideral erlardagi sanoat palatasi, xunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Xunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun xuquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtixonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi xujjatga asosan amalga oshiriladi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish xuquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilgi saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruxlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar , o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga xaq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarimi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda ta’limni islox qilish masalasi ko‘pdan buyon muxokama qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Xozir universitetda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni xisobga olsak, talabalar xaqiqiy mexnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganlarini tuShunamiz.
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo‘lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bo‘lib, faqat 1989 yilda universitetda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln tinglovchi malaka oshirdi. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun xar yili 5,5 mln marka mablag‘ ajratgan. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag‘ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. YArim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. CHerkovlar xam fuqarolar bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Evangel cherkovi o‘zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo‘yicha konferensiyalar tashkil etiladi. Kotoliklari malaka oshirishda nikox, oila masalalariga, teologiya va madaniyat soxalariga katta axamiyat beradilar.
Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan Shug‘ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumbold pruss universitetlarini islox qildi, o‘shandan beri «Tadqiqot va o‘qitish birligi» ularning xayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga boshqa ilmiy tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishiga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda xozirda Germaniya ta’lim tizimini islox etish yo‘lida Yangi izlanishlar olib borilmoqda.



Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish