Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,31 Mb.
bet153/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

A) Saidrasul Aziziy
B) Ali Asqar Kalinin
V) Sadriddin Ayniy
G) Abduqodir SHakuriy
D) A.Avloniy


11. “Engil adabiyot”, “O‘qish kitobi” darsliklarining muallifi kim?
A) Bexbudiy
B) Xamza
V) Avloniy
G) Fitrat
D) A.SHakuriy

12. “O‘zida o‘n ikki tug‘ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli odam bo‘la oladi”. Ushbu fikrlar Abu Nasr Farobiyning qaysi risolasida berilgan.


A)Aql to‘g‘risida
B) Fozil odamlar shahri
V) Baxt-saodatga eriShuv
G) Logikaga kirishi
D) Mantiq to‘g‘risidagi

13. So‘fi Olloyorning fiqx ilmiga oid yaratgan asarlari:


A) Siroj ul-ojizin, Sabot ul-ojizin
B) Lison-ut tayr, Xamsa
V) SHajarai-turk, Gulshan ul-mulk
G) Boburnoma, Xumoyunnoma
D) Axloqi Muxsiniy

14. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi xamkorligini ta’minlovchi bosh omilni belgilang


A) Maqsadlarning birligi va mushtarakligi
B) O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro keliShuvi
V) Bir-birni tushinishga erishish
G) O‘qituvchi va o‘quvchining teng javobgarligini anglash
D) Kasbga oid bilimlar

15. O‘lkamizda madrasa ta’lim yunalishini belgilang


A) Xam diniy, xam dunyoviy ta’lim
B) Boshlang‘ich ta’lim
V) Diniy ta’lim
G) Dunyoviy ta’lim
D) Ibtidoiy ta’lim
16. Jismoniy mashqlar to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog‘lig‘ini saqlashda muxim omillardan ekanligini xam ilmiy, xam amaliy jixatdan asoslagan omil:
A) Ibn Sino
B) Yusuf Xos Xojib
V) Beruniy
G) Kaykovus
D) Al-Xorazmiy

17. Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli , kasalsiz jasad lozimdir. Ushbu mashxur ibora kimga tegishli?


A) A.Avloniy
B) S.Ayniy
V) M.Bexbudiy
G) I.Raxmattulaev
D) A.SHakuriy
18. Keng maydonlarda jamoat oldida so‘zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazib, tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan xaqiqatni izlashga o‘rgatgan olim.
A) Arastu
B) Demokrit
V) Sokrat
G) Platon
D) Plutarx
19. Pedagogika tarixida birinchi bo‘lib yoshni davrlarga bo‘lishga urinib ko‘rgan olim.
A) Arastu
B) Demokrit
V) Suqrot
G) Pifagor
D) Platon
20. O‘qituvchilikni “Er yuzidagi xar qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” deb ta’rif bergan mashxur pedagog.
A) A.A.Komenkiy
B) K.D.ushinskiy
V) L.Tolstoy
G) X.X.Niyoziy
D) A.SHakuriy






Quyidagi pedagogik masalalarni eching
1-masala.
Darsning birinchi soatiga kechiqib keladigan bolalarning bahonalarini tinglang:
- men hech ham ovqat egim kelmayotgan edi, dadam esa zo‘rlab edirdilar.

  • Soatmiz to‘xtab qolibdi uni kechqurun burab qo‘yishni oyim unutib qo‘yibdilar va bizlar uxlab qolibmiz.

  • Bugun jismoniy tarbiya darsi bo‘lishligini va menga mayka kerakligini oyimning eslariga solishni unutibman. Oyim ertalab turib maykamni dazmolladilar va men kechiqib qoldim.

- Maktabga sekin yurib keldim. Vaqtning o‘tib ketganini bilmay qolibman.
- Ikkinchi oyoq kiyimimni unutib qoldribman, Shuning uchun navbatchilar uyga qaytarib yuborishdi.
1. Har bir javobni tahlil qiling. Darsning boshida kechikkanlarni har biriga siz qanday e’tibor berasiz? Kechikib kelganlarning har biriga darsning oxirida siz nima deysiz ?
2.Bolalarning xuddi Shunday bahonalar bilan keyingi safar ham kechiqib kelishlarini oldini qanday olish mumkin?
3.Bu habarni ota-onalar majlisida ishlatish mumkinmi? Qanday qilib?
1.a) o‘rinsiz bahonalar va ota-onalar aybdor bo‘lib qolmoqda, o‘zlarini aybsiz qilib ko‘rsatishmoqda. Kechkib kelganlarga to‘g‘ri tanbeh berishga intilaman, kechikishining zararlarini tuShuntiraman;
b) avvalo ularni qattiq tartibga chaqirish kerak. Ota-onalaridan talab qilish kerak, ular bilan ko‘proq Shug‘ullanib, va’dalarini olish va so‘zining ustidan chiqishiga ershishdir;
v) ota-onalar majlisda aytish mumkin. Masalan:
- Bolani farishta qilib qo‘ymaslikni aytish, nahotki maykani onasi dazmollab beradi;
- Ota-ona bolaga nisbatan talabchan bo‘lishi kerak.
2.a) javoblar o‘rinsiz. Dars boshida kechiksa tanbeh beraman. Dars oxirida ular bilan kechikmaslik haqida suhbatlashaman;
b) qiziqtirish kerak, ota-onalar bilan ishlash kerak;
v) ota-onalar majlisda aytib, bolalarga ongli munosabatda bo‘lishlarini tuShuntirish kerak.
3.a) o‘quvchilar bahona bilan jazodan qutilmoqchi. Kechikkan bolalarga tanbeh beraman;
b) kechiqib kelmaslikni aytaman;
v) ota-onalarga tuShuntirish kerak.
4. a) o‘quvchilar o‘zlarini oqlamoqchi;
b) qattiq tegish kerak xolos;
v) ota-onalar aybdor.
2-masala
O‘qituvchining bir necha ish uslublari bilan tanishing. Pedagog o‘zi uchun tildan yoki matematikadan juda mashq (masala va misollar) lar kerakligini, ammo bu qo‘llanmalarni bir necha nushada tayorlash uchun uning imkoniyati ham, vaqti ham etmasligini bolalarga Shunday deb tuShuntirdi. “ Bolalar, sizlardan iltimos, til bo‘yicha xuddi mana bunga o‘xshash yoki unga nisbatan ham Yanada qiziqroq mashqlardan ikki-uchtasini menga tanlab bersalaringiz. Men bo‘lsam ularni dars paytida o‘zlaringizga beraman”.
O‘quvchilar tomonidan darsga muvofiq saralanib to‘zilgan mashqlardan o‘qituvchi kollektiv va individual ishda foydalaniladi. Bunda u to‘zuvchining nomini butun sinfga e’lon qiladi va to‘zgan qiziqarli mashqlari uchun butun sinf kollektivi nomidan minnatdorchilik izhor etadi.
Bolalarga sinfda yozilishi kerak bo‘lgan insho uchun mavzu tanlash taklif qilinadi. Tavsiya etilayotgan ifoda doskaga yoziladi va butun sinf uning ichidan uch-to‘rtta mavzuni tanlashadi va Shu bo‘yicha ular insho, hikoya, ertak yozishadi.
Boshqacha variant. Pedagog mavzuning bir qancha ifodasini beradi va Shu paytning o‘zida tuShuntiradi: “Agar kimgaki bu mavzular ma’qul tushmasa, u holda mayli, o‘zi boshqasini topa qolsin”.
Mustaqil echish uchun masalalarning bir necha varianti doskaga yoziladi: “Mening stolim ustidagi papkada ancha murakkabroq masalalar turibdi. Agar istovchilar bo‘lsa, mayli o‘shalardan olishlari mumkin”.
Bu usulning Yana boshqacharok variantini qo‘llash ham mumkin. O‘qituvchi sinfni aylanib chiqadi va mustaqil echish uchun mo‘ljallangan ancha murakkab va ancha sodda masalalar solingan paketlarni tanlab olish uchun o‘quvchilarga taklif qiladi.
1. Bu o‘rinda sanab o‘tilgan usullar bilan o‘quv ishi orasida qanday umumiylik mavjud? Usullar varianti qanday farqlanadi?
2. O‘qituvchi o‘z ishida bu usullarni qo‘llayotganda qanday ta’limiy va tarbiyaviy masalani hal qiladi?
1. a) usullarning hammasi o‘quv ishini yaxshilash, o‘quvchilarning mustaqil ishlashiga imkon berishdir. Usullar varianti bolalarning o‘zlarini vijdoniga havola sifatida:
- bolalar ijodi va ishlarga taYanyapti;
- asosiy vazifani o‘z zimmasiga o‘qituvchi o‘zi olyapti.
b) bunday o‘quvchilar mustaqil fikrlashga, ularning faoliyatiga taYanish, eng muhimi, bilimni chuqur egallashga intiladi. Halollik, rostgo‘ylik, kuchga ishonchni tarbiyalaydi.
2. a) o‘quv ishlaridan ortiqcha chetga chiqilmadi, o‘quv ishlardagi vazifani bajarmoqda xolos. O‘qituvchi birinchi vaziyatda o‘quvchi faoliyatiga taYanadi. Ikkinchisida boshqarish, tashkillashni o‘z zimmasiga oladi;
b) o‘qituvchi o‘quvchida mustaqillikni izlanuvchanlikni, irodaviylikni to‘g‘rilikni tarbiyalaydi.
3. a) o‘quv ishlarni mustahkamlaydi. Birinchi navbatda o‘qituvchiga e’tiborni kuchaytirmoqda. Ikkinchisida ularni etaklaydi;
b) chuqur bilim olishlarini, ishonchni tarbiyalaydi.
4.a) chetga chiqib ketmoqda. Variantlarda katta farq yo‘q.
3-masala.
Bir gazeta muharririyatiga VII sinf o‘quvchisining onasidan xat keldi:
“Hurmatli muharririyat!
Mening o‘g‘lim Ilxomjon to‘g‘ri yo‘l tutgan - tutmaganligni tuShunib olishimda menga yordam bersalaringiz. U VII sinfda o‘qiydi. YAqinda u maktabdan kelib geografiya darsida bo‘lgan bir hodisa haqida gaprib berdi. O‘qituvchi Gulnozani doskaga chiqaribdi va Ovrupa daryolarining nomini doskaga yozishni undan so‘rabdi. Gulnoza alang-jalang bo‘lib har tomonga qarayveribdi va barcha nomlarni haritadan ko‘chrib yozibdi. O‘qituvchi buni sezmabdi va:
- Juda yaxshi! Senga besh qo‘yaman!- debdi.
Shunda Ilxom qo‘lini ko‘tarib joyidan turibdi va Gulnoza nomlarining hammasini haritadan ko‘chirib yozganligini aytibdi. O‘qituvchi Gulnozadan:
- Shu to‘g‘rmi?- deb so‘rabdi.
U hech narsa demasdan boshini ham qilgancha jim turaveribdi. O‘qituvchi uni aldashganini tuShunibdi va beshning o‘rniga ikki qo‘yibdi.
Ilxomning bu gaplarini tinglab turdim, lekin uning bu ishda hak yoki nohak ekanligi haqida nimagadir hech narsa demadim. Lekin har vaqt o‘ylayman: u boshqa yo‘l tuta olarmidi va boshqacha yo‘l tutishi kerakmidi? Buni anglab olishda menga yordam bersalaringiz”.
1. Agar ana Shu xatga asosli javob yozish sizga topshirilsa nima deb javob qaytargan bo‘lar edingiz?
2.O‘qituvchining o‘rnida siz qanday ish tutgan bo‘lardingiz? Shunga o‘xshash voqeadan habardor bo‘lgan sinf rahbari o‘rnidachi?
3.Javoblarning harakteri o‘quvchi yoshiga bog‘likmi? Masalan onaning savoliga IIIsinf va VII sinf o‘quvchisi ko‘rsatadigan reaksiya bir xil bo‘lishi mumkinmi? 1. Ilxom noto‘g‘ri yo‘l tutgan. Chunki u ham Shunday ahvolga tushishi mumkin edi. Xolbuki, Gulnoza bilimsiz ammo harita bilan ishlashni biladi. O‘qituvchi nohaqlik qilgan. Bu o‘rinda pedagogik mahorat juda zarur edi. O‘qituvchi Gulnozadan qayta so‘rab bahoni 1 balga pasaytrib, Ilxomga xato qilgan o‘rtog‘iga yordamni Shu o‘rtog‘ini hijolat qilmaydigan tarzda aytishi zarurligini tuShuntirishi zarur edi. Bu sinf kollektivini mustahkamlashda muhim rol o‘ynar edi.
2. Ilxomjon, yaxshiyam Gulnozaning xatosini menga aytding, haritadan o‘qib kim yoza olmaydi, osongina “besh” olmoqchi ekan. Bilmagandan keyin “ikki” baho olishi kerak-da. Rahmat senga, Ilxomjon, to‘g‘ri qilding. 3. Gulnoza nega yolg‘onchilik qilding, yolg‘onchilik qilgani uyalmaysanmi? Javobing to‘g‘ri bo‘lganligi uchun senga “4” qo‘yaman. Ilxom senga do‘stlik qildi. O‘ylab ko‘rgin va barcha sinf kollektividvn kechirim so‘ra. 4. Ie, hali Shunaqami? Ilxom xushyor ekan bolalar. Shuning uchun ham unga “5” baho qo‘yaman. Gulnozaga esa baho qo‘ymayman, o‘zi xatosini topsin.
4-masala.
O‘qituvchi o‘quvchisining onasi bilan gaplashmoqda:
- O‘g‘limning do‘stligini bo‘zmoqchiman – deya tan oldi ona.
- Sodikni juda yomon ko‘raman.Mening Valijonim esa undan hech ham ajralmaydi. Men nimalar qilmadim deysiz! O‘rtog‘ini uydan quvib ham yubordim, bolamni ularnikiga yubormay ham ko‘rdim, baribir befoyda. Kindiklari bittami deyman, do‘stliklarni o‘zishmaydi?
- Bu do‘stlikning nimasi sizga yoqmaydi?
- Bilmadim, uni jinim yoqtirmaydi. Bezoriroq, sho‘xroq .
- Valijonim emas, balki har vaqt Sodik aybdor ekanligiga ishonsizmi?
- Ikkalasi ham bir go‘r, lekin ular bir -birdan ajratilsa meniki yaxshi bo‘lib qoladi.
- Biroq Sodikjon yaxshi do‘st, ishonchli o‘rtoq . Bunday do‘st o‘g‘lingizga boshqa qaytib uchramasligi mumkin, Shuni bilasizmi?
- Men uning oyisini yoqtirmayman. Bizlar qo‘shni bo‘lganmiz. Qat’iy holda qo‘shib qo‘ydi: “- Xar bir o‘zimning aytganimni qilaman... Ikkalasini ham shoshmay turishsin, Shunday boplab do‘pposlay-ki, barcha o‘rtoqlarini bir umr eslamaydigan bo‘lishadi!”. 1. Bolaning onasi bilan suhbatni davom ettiring. Bola do‘stligini himoya qilishi uchun qanday qo‘shimcha dalillarni keltirish mumkin bo‘ladi?
2. Ana Shu bilan bog‘liq qanday savollarni ota-onalar majlisiga olib chiqish mumkin bo‘lardi? Uni qanday formada olib chiqish mumkin?
1.Do‘stni har bir bola o‘zi tanlaydi. Sodiq bilan o‘ynama. Alisher bilan do‘st bo‘l, degan tavsiyalarni bolalar yoqtirmaydilar. Shuning uchun har bir ota- ona o‘z bolasiga to‘g‘ri tarbiYani berishi, lekin do‘st tanlashda buyruq bermasligi zarur.
2. “Sen menga do‘stingni aytib ber, men sening kimligingni aytib beraman” degan gap bor. Shunga ko‘ra sizning Valingiz ham Sodiqdan qolishmaydi, ikkalasining qiziqishlari bir-birga yaqin. Boshqa bolalar o‘g‘lingiz bilan do‘stlashmaydilar. Natijada o‘g‘lingiz yolg‘iz do‘stsiz qoladi.
3. Do‘pposlash, baqirish bilan yaxshi ish chiqmaydi. Undan ko‘ra Valijonga Sodiq bilan do‘st bo‘lish to‘g‘ri kelmasligini, oilalarimiz butunlay boshqa-boshqa ekanligini tuShuntiring.
4. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi!” Sodiqning oilasini yoqtirmasangiz Valijonni u bilan do‘st bo‘lishiga ruxsat bermang. Do‘st tanlashda ota-onasining yaxshi bo‘lishiga ham e’tibor berish kerak.


5-masala.
Birinchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari o‘qituvchining taklifi bilan quyidagi mazmunda anketa to‘ldirishdi:
1.Siz qanday deb hisoblaysiz, o‘z bolangizni to‘g‘ri tarbiyalayapsizmi?
2.Uni to‘g‘ri tarbiyalash uchun sizga nimalar halaqit beradi?
3.O‘z bolangizda shaxsning qanday fazilatlarni tarbiyalashga muvaffaq bo‘ldingiz?
4.Bolaning xulk-atvoridagi qaysi xususiyatlar sizga yokmaydi?
5.Uning tarbiyasi uchun qanday yordam ko‘rsatilishini istaysiz?
6.Birinchi sinfga kelgan kichkintoylaringizning aka-ukasi, opa-singillari bormi?
1.O‘qituvchi o‘quvchilarning ota-onalari va oila sharoiti bilan bu xilda tanishish vositasida qanday pedagogik muammoni echyapti?
2.Anketa yo‘li bilan to‘plangan ma’lumotlardan siz qanday foydalanardingiz? 1.Bu mazmundagi anketa ota-onalarga o‘z farzandining xulq-atvoridagi xususiyatlarni o‘rganishga yordam beradi, saviyasini oshiradi, o‘z-o‘zini va bolasini tarbiyalashga yordam beradi. 2.Bu mazmundagi anketa ota-onalarga umuman yordam bermaydi. Kuzatish natijasining to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligini baholay olmaydi. To‘g‘ri baholash uchun esa pedagogik bilim kerak. 3.Ota-ona anketadan foydalanmaydi. Chunki faqat ota-onagina o‘z farzandiga to‘g‘ri baho bera oladi.
4.Birinchi sinfga borayotgan o‘quvchining ota-onasiga anketaning keragi yo‘q. Chunki birinchi sinfga borgan farzandini ota-ona qiziqish bilan kuzatadi, xatolarini tuzatishda yordam beradi.
6-masala.
Boshlang‘ich sinf ota-onalar majlisida o‘qituvchi har qaysi ota-onani o‘z bolasi o‘tiradigan partagao‘tirishga taklif qiladi. U har qaysi ota-onaning oldiga o‘z bolasining daftari va buklangan qog‘ozni yoniga qo‘yib chiqadi. Bu buklangan qog‘ozda esa faqatgina Shu ota-onaga tegishli yozuv bor. Masalan,
“Bahodir ancha yaxshi Shug‘ullanadigan bo‘lib qoldi, biroq matematikadan bir oz oqsayapti. Shu sababli ana Shu fanga e’tiborni kuchaytirishlaringizni so‘rayman. Iltimos, kelasi shanba soat 13.00da maslaxatlashgani kelsangiz”.
“Barno parishonxotir, e’tiborsiz bo‘lib qoldi. Suxbatlashish uchun qolishingizni so‘rayman”.
“Lobarxon o‘qilgan materialni yomon gapirib berdi. Iltimos, maktabdagi voqealar haqida yoki ko‘rgan filmlari haqida va o‘qigan ertaklari yuzasidan so‘zlab berayotganda uning nutqiga ahamiyat bering”.
1.Bunga o‘xshash yozuvlarga siz qanday qaraysiz?
2.O‘qituvchi bu usulni nima maqsadda ishlatadi?
3. Bu usulga baho bering?
1.O‘qituvchi moxir pedagogday yo‘l tutgan. O‘quvchisining ota-onasini boshqa ota-onalarning oldida uyaltirmay, individual suxbatga taklif etgan.
2.Bu usul majlisga kelgan ota-onaga ko‘p narsa bermaydi. Chunki o‘z bolasini boshqa bola bilan solishtirish imkoniga ega bo‘lmaydi.
3.O‘qituvchi sinfdagi yaxshi o‘qiydigan bolalarni nomma-nom ota-onalarga aytib rag‘batlantiradi, yomon o‘qiydigan o‘quvchilarni esa umumiy tarzda nomlarni e’lon qilmasa ham yaxshi bo‘ladi. Aqlli ota-ona bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib oladi. 4.Bu ish bilan o‘qituvchi o‘z ishining samarasini yo‘qotgan. Ayrim ota-onalarga o‘z bolalarining kamchiliklarini ko‘pchilik ichida aytishi yaxshi samara beradi. Uyalgan ota-ona uyida farzandining kamchiliklarini to‘zatishga jiddiyroq kirishar edi.
7-masala.
- Oyi ayting-chi, men chiroyliman-mi? Bunga turlicha javob berishadi:
- Mening quvonchim, mening oy qizim! Mening oppoq qizim! Hozir Yangi tuflichasini, Yangi ko‘ylagini kiyadi. Ana Shundan keyin dunyoda tengi yo‘q eng go‘zal qizchalardan bo‘ladi!
- Ha faqat Shu etmayotgan edi! Shu paytda onaning oldida o‘ralashishga balo bormi! O‘zing qaragin: burning tugmachaday, quloqlaring dikkayib turibdi, qosh degan narsadan umuman darak yo‘q - xullas go‘zallarning go‘zali!
- Qizginam yodingda tut: eng asosiysi inson aqlli, saxiy, sofdil, bo‘lishi kerak. U chiroylimi yoki xunukmi, buning hayotda hech bir ahamiyati yo‘q. Chunki men aytgan fazilatlarga ega bo‘lgan qiz bola hamisha go‘zal ko‘rinadi, gaplarimga tuShundingmi?
1.Onalarning bu aytganlarini qizlar tarbiyasiga bag‘ishlab sinfda o‘tkaziladigan ota-onalar majlisida qanday izohlar edingiz? 2.Qischaning savoliga ahamiyatsiz naras deb qarash mumkinmi? Sizning o‘zingiz bunday savolga nima deb javob bergan bo‘lardingiz? 1.Qizning savoliga ahamiyatsiz qarab bo‘lmaydi. Chunki inson bolalikda shakllana boshlaydi. Men bunday javob bergan bo‘lar edim:
Eng asosiysi aqlli, saxiy, sofdil bo‘lsin. Shu fazilatlarga ega bo‘lgan qiz hamisha go‘zal ko‘rinadi.
2.Ota-onang chiroyli bo‘lgandan keyin sen ham chiroyli bo‘lasan-da. Lekin bu bilan o‘zingga bino qo‘yma. CHiroy vaqtincha, qiz bolaning chiroyi uning ozodaligi, pokizaligida. 3.YOshlikdan oynaga qarash yaxshi emas. Mening ko‘zimga doimo chiroylisan. Chunki senga doimo yaxshi kiyimlar olib beraman. CHo‘pga libos kiydirsang u ham chiroyli bo‘ladi deganlariday, kiyim kimni chiroyli qilmaydi? 4.Qiz bola yoshligidan pardoz-andoz qilib yaxshi kiyinib yurishi kerak. O‘ziga qaragan har qanday qiz chiroyli ko‘rinaveradi.
8-masala.
O‘qituvchi o‘quvchilarning mustaqil ishlarini bajarilishi uchun baholangan daftarlarni tarqatadi. O‘quvchilaro‘z ish natijalari bilan tanishib chiqishgach, ikki daqiqalik soniyadan so‘ng o‘qituvchi ish yakunini chiqardi.
- 10 o‘quvchi ishni “5”, 16 o‘quvchi “4” ga , 6 o‘quvchi esa “3” bahoga bajarishgan: Men sizlarni kechagi topshiriqni bajarganliklaringizdan to‘liq qoniqish hosil qilmadim, - dedi o‘qituvchi, - 6 o‘quvchi ishni mutlaqo bajarmagan, ikkinchi masalani echisha olmagan. Birinchi masalani Lola, Munis B., G. lar noto‘g‘ri echishgan. Layli G. betobligi sababli ko‘p darslarni qoldirgan, Shuning uchun sinfdan ancha orqada qoldi. Shunga qaramay qizcha qoldirilgan darslarni o‘zlashtirish uchun harakat qilyapti. Layli G. ga o‘qituvchi nigoh tashlab, u bilan darslardan so‘ng qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazajagini ayti.
- Lobar S. darsda ko‘proq boshqa ishlar bilan Shug‘ullanayotganini, Shuning uchun u o‘zlashtirishda orqada qolayotganini, loqaydligi tufayli masala shartlarini ko‘chirib yozishda xatoliklarga yo‘l qo‘yayotganligi natijasida masala oxirigacha echilmagan. O‘qituvchi sinf oldida ba’zi o‘quvchilarning, jumladan Anora Z.ning yutuqlari haqida ta’kidladi. Aslida Anora Z. bo‘sh o‘zlashtiradi.
- Anora ishni yaxshi bajargan. Oldingi safar u bir misoldan 9 tasini to‘g‘ri bajargan edi xolos, bu safar hamma misollarni to‘g‘ri bajargan. Anora hozir juda yaxshi harakat qilyapti. U uyda ham, darslarda ham yaxshi harakat qilmoqda. Unga Lobar yordam bermoqda. Ular tez-tez darsdan so‘ng qolib masala va misollar echish bilan Shug‘ullanmoqdalar.
1.O‘qituvchi o‘quvchilarning daftarlarini tekshirish yakunini bayon qilishda qanday tarbiyaviy usullardan foydalanadi?
2.O‘qituvchining tanbehi o‘quvchilarda qanday holatlarni hosil etadi?
1.O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarning mustaqil ishlariga e’tiborini kuchaytirishga, o‘quvchi mehnati to‘g‘ri qadrlanishiga o‘quvchilarda ishonch hosil qilishga yo‘naltirilgan.
2.Har bir o‘quvchi uchun o‘qituvchining izohi, ularning mehnatini qadrlanishi, qaysi o‘quvchi darsda va darsdan so‘ng o‘zining o‘qishga bo‘lgan munosabatini o‘qituvchi tahlil etishi ularda yaxshi kayfiyat yaratadi.
3.Har bir o‘quvchinig bilish qobilyati o‘qituvchiga ayon bo‘lgani uchun darsda alohida vaqt ajratib izohlab o‘tirish shart emas edi.
4.Aniq javob berishga qiynalyapman.


9-masala.
O‘quv yilning dastlabki kunlarida o‘qituvchi birinchi sinf o‘quvchilariga yozuv darslarida chiroyli yozishga harakat qilib borishlari uchun II, IV sinf o‘quvchilarining daftarlarini namoyish qildi. O‘quv yilning oxiriga, - dedi u , - II sinf o‘quvchisi Komilning yozganidek yozishni o‘rganib olasizlar. Keyinchalik esa biz IV sinf o‘quvchilari yozganidek o‘rganib olamiz.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish