Mustaqil ishlash uchun test variantlari
Pedagogika nazariyasi bo‘yicha (Bilishga oid testlar)
1. Gnoseologiya qanday fan?
a) insonni ongli mavjudot sifatida o‘rganuvchi, uning faoliyat turlarini aniqlab beruvchi fan
b) olamdagi narsa va xodisalarni, jarayonlarni, o‘zgarishlarini va nihoyat inson o‘z-o‘zini bilishi masalalarini o‘rganuvchi ilm sohasi
c) falsafa fanlari turkumiga kiruvchi fan
d) genetika masalalari bilan Shug‘ullanuvchi fan
2. Ta’lim natijalari ta’limning ... to‘g‘ri proporsional
a) muammoliligiga
b) amaliyligiga
c) murakkabligiga
d) davomiyligiga
3. Ta’lim samaradorligi qaytar aloqaning tez-tez o‘tkazilishi nimani ta’minlaydi?
a) Nazorat ishlarini tez-tez o‘tkazilishi
b) Ta’lim oluvchilarni stressdan holi qiladi
c) ta’lim jarayoniga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish
d) Ta’lim oluvchilarni baho olishlarini
4. Ta’lim oluvchilarda malakaning shakllanganligi nimani ta’minlaydi?
a) Ta’lim oluvchilarda ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi
b) Ta’lim, mehnat jarayonida sub’ektning vaqti va kuchining tejalishini
c) Bilimlarning tez ortib borishini
d) Ta’lim natijasini albatta yuqori bo‘lishini
5. Sezgi a’zolari orqali predmetlar, ularning tashqi tomonlarini bevosita idrok qilish
a) g‘oyibona bilish
b)intuitiv bilish
c)mantiqiy bilish
d)xissiy bilish
7. Qaysi ta’lim turi ta’lim mazmunini qismlarga ajratish, har bir qismiga uslubiy ta’minot ishlab chiqilishini nazarda tutadi?
a)muammoli ta’lim
b) Modulli ta’lim
c) Individual ta’lim
d) Masofaviy ta’lim
8. Bilimni o‘zlashtirish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan, mahsus tashkillangan jarayon
a) rivojlantirish
b) tarbiya
c) ta’lim
d) shakllantirish
9. O‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar
a) Ta’lim monitoringi
b) Ta’lim sifati
c) Ta’lim vositalari
d) Ta’limni loyihalash
10. Pedagogikaning qaysi ilmiy-tadqiqot usuli ta’lim muassasida boshqaruvning tashkillanishi haqida ishonchli ma’lumot bera oladi?
a) Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi
b) kuzatish
c) suhbat
d) intervyu
11. Kishilarning olam va uning o‘zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashalari va tasavvurlari majmuasiga nima deyiladi?
a)dunyoqarash
b)fan
c)gnoseologiya
d)falsafa
12. Ta’lim usuli” tushunchasi ta’rifi
a) O‘qituvchi va o‘quvchi xamkorligida bilim, ko‘nikma va malakalarini egallab olishni tashkil etish yuli.
b) O‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini egallash yuli
c) O‘qituvchi va o‘quvchini maqsadga eriShuv yuli
d) O‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini bayon etish yuli
13. Darsning qaysi turi bitta darsda bir necha maqsadga erishishni ta’minlaydi?
a) Aralash dars
b) Yangi bilimlarni shakllantirish darsi
c) Umumlashtiruvchi dars
d) Bilim, ko‘nikma malakalarni nazorat qilish darsi
14. Ta’lim mazmunini ilmiy asosda tashkil etish tamoyili
a) O‘rganilayotgan hodisa va voqealarni jonli idrok etish asosida o‘zlashtiriladi
b) ta’lim mazmunini global muammolar hamda fanning so‘nggi yutuqlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitib borish
c) bilimni mantiqiy bog‘liqlikda o‘rganishni ta’minlab beradi
d) Ta’lim oluvchilar i dars mashg‘ulotlarida ongli va faol qatnashadilar
15. Ko‘rgazmali metodlar
a) hikoya, ma’ruza, suhbat
b) tasviriy, namoyish qilish
c) o‘quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish
d) didaktik o‘yin, taYanch konspekt
16. T-sxema usuli nimaga asoslangan?
a) Ta’lim ob’ekti yuzasidan bahs – munozara o‘tkazishga
b) Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishga
c) Bitta predmet/tushunchani yutuq va kamchiliklarini tahlil qilishga
d) Muammoni hal etishga
17. Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayYan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
a) jamiyat a’zosi
b) individ
c) shaxs
d) ta’lim ob’ekti
18. Insoniyat tomonidan to‘plangan tajribani mujassam etuvchi faktlar, ma’lumot
a) malaka
b) ko‘nikma
c) bilim
d) tasavvur
19. Qaysi asosiy jihat loyihali ta’limni muammoli ta’limdan farqlaydi?
a) muammoli savollar soni
b) loyihaviy faoliyat yakunida aniq (amaliy) natija olinishi va taqdim etilishi
c) muammoni echimini izlashda o‘qituvchi boshqaruvchi rolini ijro etishi
d) loyiha ustida ishlash ko‘p vaqt talab qilishi
20. Uzluksiz ta’limning qaysi bosqichi haqida so‘z yuritilgan: "mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga mutaxassislarni tayyorlaydi?
a) umumiy o‘rta ta’lim
b) maktabgacha ta’lim
c) maktabdan tashqari ta’lim
d) oliy ta’lim
Do'stlaringiz bilan baham: |