Mirzacho`l TUMANI
XALQ TA’LIMI BO‘LIMI
12-SONLI UMUMTA’LIM maktabI
|
|
THE DEPARTMENT OF PUBLIC EDUCATION OF MIRZACHUL DISTRICT
SCHOOL № 12
|
Ipak yo’li QFY Shodlik ko‘chasi 12 uy
|
|
12 Shodlik street, Ipak yo’li village
|
|
|
|
2022-y. «21» aprel
|
|
|
|
Mirzacho‘l tumani XTBga qarashli 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida IIB hamkorligida voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilish
B A YO N N O M A S I
21.04.2022 yil Ipak yo‘li QFY
Qatnashdilar:
Maktab direktori I.O‘rolov
MMIBDO‘ v-b G‘.Yusupov
Maktab o‘qituvchilari va
9-11- sinf o‘quvchilari.
Taklif etildilar: Mirzacho‘l tumani profilaktika inspektori E.Yoshuzoqov, maktab psixologi Sh.Gulmurodov.
K U N T A R T I B I D A:
.
Davomat tahlili.
O‘tkir tig‘li jismlardan foydalanmaslik hamda ularning salbiy oqibatlari haqida.
Voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik.
Tungi paytlarda bemaqsad yurmaslik.
Yig‘ilishni maktab direktori I.O‘rolov ochib berib, kun tartibidagi masala va tashrif buyuurgan mehmon bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib o‘tdi va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Mirzach‘l tumani profilaktika inspektori E.Yoshuzoqovga so‘z berdi.
E.Yoshuzoqov o‘z so‘zida quyidagilar haqida so‘z yuritdi.
Davomat tadbirlari. Dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnamayotgan o‘quvchilarni aniqlash maqsadida ta’lim muassasalarida davomat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, bugun 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlariga qatnashish davomatlari doimo nazorat qilib borilmoqda. Voyaga etmaganlar o‘rtasida o‘tkir tig‘li jismlar hamda sovuq jismlar (qurollar) olib yurmaslik va uning salbiy oqibatlari.
Voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ma’lum bir qismi voyaga etmaganlarning o‘zlari bilan birga o‘tkir tig‘li jismlar (pichoq, pinka) olib yurishlari natijasida kelib chiqmoqda. Bunday holatlar aniqlanganda, ya’ni voyaga etmaganlarning yonlaridan o‘tkir tig‘li qurollar yoki jismlar topilgan vaqtda ularning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-moddasiga asosan qat’iy choralar ko‘riladi, voyaga etmaganlarning o‘zi esa IIB VEN hisobiga olinib, kelgusida jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etmasligini oldini olish maqsadida ular bilan doimiy profilaktika ishlari olib boriladi va bu o‘quvchilar doimiy qat’iy nazoratga olinadi.
MMIBDO‘ v-b G‘.Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarorining mazmun-mohiyati va maqsad-vazifalari haqida o‘quvchilarga yana bir bor axborot berdi. Tuman miqyosida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarni oldini olish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan: o‘quvchi-yoshlar dars mashg‘ulotlaridan so‘ng va tungi vaqtlarda ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning nazoratida bo‘lishlari kerakligi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Uchinchi masala yuzasidan maktab psixologi SH.Gulmurodov so‘zga chiqdi.
11 yillik majburiy ta’limdan bosh tortib, chet davlatlarga noqonuniy ravishda chiqib ketish, buning natijasida ba’zi hollarda odam savdosi qurboniga aylanib qolishlik achinarli holat albatta! Shu sababdan, o‘quvchi-yoshlarni chet davlatlarga noqonuniy ravishda chiqib ketishlarini va odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida maktab, IIB, xotin-qizlar qo‘mitasi, MFY va IIB hamkorligida “Ehtiyot bo‘l! Aldanib qolma!”, “Qullikka rozi bo‘lma!”, “Odam savdosi – umumjahon miqyosidagi global muammo”,“Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari”, “Ogohlik – davr talabi” va hokazo. Mavzularida ko‘plab yig‘ilishlar, davra suhbatlari va tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Maktab direktori: I.O‘rolov
Do'stlaringiz bilan baham: |