Maqsad:
1. Ta’limiy - Yangi O tovushi bilan tanishtirish va daftarda bosma O harfini yozish;
2. Rivojlantiruvchi-gapni so’zlarga, so’zlarni esa bo’g’inlarga ajratish ko’nikmasini rivojlantirish;
Z. Tarbiyaviy -tabiatni asrash hissini tarbiyalash.
Jihoz: qizikarli va didaktik material, rasm - javoblar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
Ularni o’quv jarayoniga jalb qilish.
Oldingi darsda o’tilgan «A» harfini takrorlash.
- Bolalar, o’tgan darsda biz qaysi qaror bilan tanishdik?
- A harfi nechta elementdan iborat? (3 ta chapga engashgan tayoqcha,
o’ngga engashgan tayoqcha va gorizantal to’g’ri tayoqcha)
- A harfli so’z topish, (anor).
- Anor so’zini bo’g’inlarga ajratish va urg’u qo’yish. (a-nor).
Yangi mavzuga tayyorlanish.
Bolalar, topishmoqni topingchi, (doskada «O» harfli qiziqarli rasm osilgan).
Bu harfda burchak yo’q,
Shundan u dumaloqdir.
Shunchalik dumaloqqi,
Dumalab ketishi mumkin.
- O harfi nimaga o’xshaydi. . . (g’ildirak)
- Yana nimaga? (aylana) Aylana o’zi nima?
- Dumaloq narsalarni aytib beringchi?
- Bolalar, kelinglar «O» tovushini kuylab ko’ramiz. O-O-O. Tovushni kuylab bo’lar ekan, demak u unli tovush.
4. Yangi mavzuni o’rganish. Bugun biz siz bilan «O» harfini o’rganamiz.
5. Kitob bilan ishlash.
- №1 rasmda nima tasvirlangan? (guldasta)
- Guldasta nima?
- Yana nimadardan guldasta yig’ish mumkin? (barglar)
- Oysha, u yerda yozilgan so’zni o’qi? (listopad-xazonrezgilik)
- U so’z nimani bildiradi?
U qachon bo’ladi?
Zima, osen so’zini bo’g’inlarga ajrat.
6. Daftar bilan ishlash. Bolalarga o’qish daftarida harflarni ergashtirmasdan yozishni eslatish kerak. Katta harf 2 ta katakda kichik harf 1 ta katakda yoziladi. «A» harfidan keyin 2 ta katak qoldiramiz. Oval chizamiz, har bir harf orasida 1 katakdan qoldiramiz.
Fizminutka.
Buratino tortildi,
Bir engashdi,
Ikki engashdi,
Uch engashdi,
Qo’llarini yoniga yoydi.
Kalitni topolmadi.
Kalitni olish uchun
Oyoq uchiga turish kerak.
7. Kitob bilan ishlash.
№2 rasmni tahlil kilish. O’qituvchi o’quvchilarga rasm bo’yicha savol beradi.
1) Rasmda nimani ko’ryapsiz?
2) Ob-havo qanday?
3) Daraxtlar qanday?
4) Bola qayerga qarayapti?
5) Qushlar nimaga uchib ketishyapti?
Topishmok.
Kulrang, lekin bo’ri emas,
Qulog’i uzun lekin quyon emas
Tuyog’i bor ot emas (Eshak)
Xo’tikcha Oslik so’zini fonetik tahlil qilish, O harfiga so’zlar topish. Ekologik xarakterga ega bo’lgan tarbiyaviy ish.
- Bolalar, baliqlar faqat toza suvda yashaydilar. Suvga chiqindilarni tashlash mumkin emas. Baliqlar zaharlanib o’ladilar. Axlatlarni ham suvga tashlash kerak emas, bo’lmasa biz baliq o’rniga eski batinkalarni tutamiz.
Yana odamlar uchun barglarni yoqish ham zararli, ularni ko’mib tashlash kerak. Bu o’simliklar uchun o’g’it bo’ladi.
8. Musobaqa - uyin. Sinf 2 guruhga bo’linadi - o’g’il bolalar va qiz bolalar. Doskaga rasmlar osishadi, har bir rasmga topishmoq aytiladi. O’g’il bolalar va qiz bolalar galma-galdan topishadi. «O» harfi bor so’zli rasmlarni ko’rsatishlari va u nechanchi bo’lib turishini aytishlari kerak.
Odamlar yashaydigan joy (uy)
Pianinoni chalayotganda musiqachi nimani o’qiydi? (nota)
Yomg’irda odamlar boshlariga nimani yopinishadi? (zont)
Qishki kiyim (palto)
Asalariga o’xshaydi, lekin asal bermaydi (ari)
Oziq-ovqatlar nima bilan kesiladi? (pichoq)
9. Xulosa qilish.
- Biz bugun qaysi harf va tovush bilan tanishdik? U unlimi yoki undoshmi? Nima uchun?
10. Baholash va ularni sharhlash.
11. Uyga vazifa.
«O» harfini yozish.
1-sinfda integrasiyalangan matematika darsi uchun yoyiq konspekt reja (matematika, o’qish, atrofimizdagi olam)
Mavzu: 1 dan 5 gacha bo’lgan sonlar. 1 soni
Maqsad:
1. Ta’limiy- o’quvchilarni 1 soni bilan tanishtirish. «Raqam» va «son» tushunchalarini berish.
2. Rivojlantiruvchi-raqamlar elementlarini yozish ko’nikmalarini rivojlantirish.
3. Tarbiyaviy-hayvonlarga nisbatan g’amho’rlik hissini tarbiyalash.
Jixozlar: rasmlar, qizikarli material, kartochkali panno.
Do'stlaringiz bilan baham: |