11
boshqalar) kamnoma yoki umuman noma‟lum xabarlar jarayonida
namoyon bo„ladi.
Turoperatorning
novatorlik funksiyasi
har qanday tijorat tashkilotini
turizm
bozorining
o„zgaruvchi
sharoitlardan
kelib
chiqib,
turmahsulotning yangi xillarini, modifikatsiyalarini ishlab chiqish,
yaratishda tinimsiz
izlanishlar olib borish, turistlarni maksimal ehtiyoji
talablarini qondirish, agent tarmog„ida ko„pqirrali o„zgarishlarga moyil
savdo-sodiq ishlarini tashkil etishdan iborat.
Yirik pul mablag„i aylanmalari, muhim ahamiyatga molik ishchilar
soniga ega bo„lish, turoperatorlarni
byudjetni
shakllantiruvchi
funksiyalarini
bajarilishi uchun nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Bu
asosan kam rivojlangan davlatlarda, iqtisodiy tizimlari kam samaraga ega
mamlakatlarda, beqaror bank tizimi hukm surayotgan bir vaqtda kuchli
investitsiya imkoniyatidan mahrum mintaqalarga xos xususiyatdir. Bir
muhim nuqtai-nazarni diqqat e‟tibordan qochirmaslik zarur, ya‟ni
turoperatorlar aviyakompaniyalar,
transport tashkilotlari, mehmonxona
industriyasi korxonalari, ekskursiya firmalari, umumiy ovqatlanish
korxonalari, ko„ngilochar xizmatlarni ko„rsatuvchi tashkilotlarni ish bilan
ta‟minlaydi, kelib-ketuvchi turistlar hisobidan foyda olishga imkoniyat
yaratadi.
Turoperatorni
integratsiyalovchi funksiyasi
bevosita yoki bilvosita
mamlakat tashqi siyosati, uning yo„nalishi, ustivorligini jahon miqiyosida
tashqi siyosatda belgilayapti desak xato qilmaymiz.
Nafaqat tashqi
iqtisodiy aloqalar shaklini o„zida mujassamlashtirish balki, xalqaro
12
turizm madaniy, ijtimoiy, ilmiy almashuvlar vositasi hamdirki, o„z
navbatida bunday holat diplomatik aloqalardan ham kuchliroq quvvatga
egadir. Bir tomondan resipiyent mamlakat barqaror turistlar oqimi degani
bu valyuta tushumi, ish o„rinlari, aholi bandligini o„sishi, iqtisodiy
infratuzilmani rivojlanishidan mahrum bo„lib qolishdan hech bir manfaat
topmaydi. Ikkinchi tomondan donor mamlakat o„z
fuqorolarini chetga
chiqishiga to„sqinlik qilmaydi, bu degani tadbirkorlikni barqaror
rivojlanishi, yangi ish o„rinlarini yaratish, barqaror soliq to„lovlari,
mamlakat uchun iqtisodiy faollikni yiriklashishidir. Natijada ikki
mamlakat sayyohlik ayirboshlov faoliyatiga qo„l urgan, ikki tomon ham
iqtisodiy hamkorlik rishtalarini hozir etishganlar.
Yuqorida ta‟kid etilgan funksiyalardan tashqari yana bittasi
operator lobbilik funksiyasidir
. Turoperatorlar haqiqatdan ham
iqtisodiyotni xoxlagan go„shasida faoliyat yurituvchi korxonalarga o„z
ta‟sirini o„tkazish imkoniyatiga ega bo„ldilar. Ushbu korxonalarni ishlab
chiqarish yo„nalishi bo„yicha turoperator lobbisi ta‟minotchi –
korxona
ya‟ni turistik xizmatlarni taklif etuvchilardir.
Shunday qilib, turoperator zamonaviy dunyoda ko„pgina turistik
industriya korxonalariga potinsial mijozlar taklif etishda kafolat ramziga
aylandi, bu o„z navbatida uni haqiqiy kuch salohiyatini qo„lga kiritishga
olib keldiki, buning natijasida ularning faoliyat ko„rsatishi oshib boradi.
Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o„rni, iqtisodiy tizimga
ta‟sirini keng tus ola boshlaganidan tuooperatorlar xususida dunyo
davlatlari o„rtasida o„zaro rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan.
13
Birinchi o„rinda turopereytingga oid faoliyat uchun ruxsatnoma, davlat
organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab etiladigan
ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy
sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo„lish mumkin:
-mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini
beruvchi turoperator
ruxsatnomasini
(litsenziyani)
yuridik
shaxs
sifatida
qonuniy
shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdimoti, eng avvolo yuridik
shaxslarni ta‟sischilari haqida ma‟lumot, uning tashkiliy-huquqiy shakli,
ustav kapitalini o„lchami, ishtirokchi firmasining mulki to„g„risida
ma‟lumot;
-turizm sohasida tajribaga ega bo„lgan ishchilar guruhining,
shtatlarning mavjudligi yoki ma‟lumoti muofiq keladigan, ya‟ni
kelajakda sifatli turoperator xizmatlari ko„rsata olish mumkinligi
isbotlovchi holatlarni talab etilishi;
- kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar
(yuk tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari)
mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: