Chidamlilik insonning biron harakat faoliyatini uzoq vaqt davomida uning samarasini pasaytirmasdan bajarish qobiliyati. Ishning davomiyligi oxir oqibat charchash bilan chegaralan-ganligi munosabati bilan chidamlilikni organizmning charchashga bardosh berish imkoniyati deb ham ifodalash mumkin. Charchash - uzoq vaqt davomidagi ogir
faoliyat natijasida organizmning mehnat layoqati pasayishi bilan tavsiflanadigan
holati.
Chidamlilikning rivojlanganligi darajasini ikki guruh korsatkichlar asosida
baholash mumkin1. Tashqi korsatkichlar charchash vaqtida inson harakat faoliyatining
natijaviyligini ifodalaydi.
2. Ichki korsatkichlar malum faoliyat bajarilishini tadaqlovchi organizm
qismlari va tizimi faoliyatida yuz berayotgan malum ozgarishlarni aks ettiradi.
Davriy mashqlarda chidamlilikning tashqi korsatkichlari:
♦ belgilangan vaqtda bosib o’tilgan masofa (masalan, bir soatli yugurish
yoki 12 daqiqalik Kuper testida);
♦ ancha uzoq bo’lgan masofani kam vaqt sarflagan holda bosib o’tish
(Masalan, 5000 m ga yugirish, 1500 m ga suzish);
♦ belgilangan tezlikda eng uzoq masofani «oxirigacha» bosib o’tish
(masalan, belgilangan 6,0 m/s tezlikda yugurish).
Kuch mashqlarida chidamlilik quyidagilar bilan ifodalanadi:
♦ ushbu mashqni takrorlay olish miqdori bilan (tortilish, bir oyoqda
o’tirishning chegaraviy miqdorlari);
♦ tana holatini ko’p vaqt davomida o’zgarishsiz saqlash yoki kuch
mashqlarini eng kam vaqtda bajarish (Masalan, 5 m arqonga osilib chiqish; 6 marta
tortilgandan keyin va boshq.);
♦ belgilangan vaqtda eng ko’p harakatlar miqdori (masalan, 10 s da eng ko’p
o’tirib turish).
Barcha jismoniy mashqlarda insonning chidamlilik belgisi bolib ishning
boshida, ortasida va yakunida harakat amallari biomexanik korsatkichlarining
ozgarish xususiyatlari xizmat qiladi. Turli vaqt oraliqlarida ularning
korsatkichlarini taqqoslab, chidamlilik darajasi haqida xulosa beriladi. Odatda,
mashq yakunida bu korsatkichlar qanchalik kam ozgarsa, chidamlilik darajasi
shuncha yuqori boladi.
Chidamlilikning ichki korsatkichlari: insonning charchagan holatida markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir, nafas olish, endokrin va boshqa tizimlaridagi ozgarishlar. Chidamlilik insonning boshqa jismoniy imkoniyatlarining rivojlanganlik darajasiga bogliq. Bulardan kelib chiqqan holda ikki tur korsatkichlarni qollash taklif qilinadi:
1. Mutloq kuch, tezlik va muvofiqlash layoqatlarining rivojlanganligini
hisobga olmasdan.
2. Nisbiy - kuch, tezlik va muvofiqlash layoqatlarining rivojlanganligini
hisobga olgan holda.
Masalan, agar barcha shugullanuvchilarga bir xil masofani yugurib otish
taklif qilinsa, u holda yugurish natijalari chidamlilikning mutloq korsatkichlarini
ifodalaydi. Bunda kopincha xar xil odamlarning bir xil korsatkichlari ularning
chidamliligi bir xil degani emas, chunki uning namoyon bolishi bogliq bolgan
boshqa jismoniy sifatlar korsatkichlari etiborga olinmagan.
Tezlik, kuch va muvofiqlash layoqatlari nisbatan bir xil odamlarning
chidamliligi taqqoslanganda, nisbiy chidamlilik korsatkichlari olinadi.
Chidamlilikning namoyon bolish imkoniyat-larini taqqoslash malum insonlardagi
maksimumdan malum foizlarni hisoblash yoli bilan amalga oshiriladi. Masalan,
maksimal yugurishning 60% va shtangani kotarishda mushaklar kuchining 50%.
Chidamlilikning nisbiy korsatkichlarini baholash uchun chidamlilikning turli
koeffistientlari va indekslari qollaniladi, ular malum formulalar yordamida
hisoblash yoli bilan topiladi. Bunda kuchli va zaiflar oz imkoniyatlariga nisba-tan
bir xil ish bajaradilar. Tezlik va kuch imkoniyatlaridan yaxshi foydalana
olmaydigan odamlar, odatda, chidamlilikning past mutloq ko’rsatkichlariga ega.
Chidamlilikning tuzilishi har bir hol uchun ma’lum faoliyat turining shartlari
bilan aniqlanadi. Chidamlilikning rivojlanganlik va namoyon bo’lish darajasi bir
qator omillarga bog’liq.
♦ inson organizmida energetik zahiralar mavjudligi;
♦ organizmning turli tizimlari funkstional imkoniyatlari darajasi (yurak-qon
tomir, markaziy asab tizimi, asab-mushak va boshq.)
♦ ushbu tizimlarning faollashuv tezligi va muvofiq-lashtirilganligi darajasi♦ fiziologik va ruhiy funkstiyalarning organizm ichki muhitining noqulay
sharoitlariga turg’unligi (kislorod etish-masligi va boshq.);
♦ organizmnig energetik va funkstional salohiyatini tejab ishlatish;
♦ tayanch-harakat apparatining tayyorlanganligi;
♦ kontakt mahorati texnikasining takomillashganligi;
♦ shaxsiy-ruxiy xususiyatlar (ishga qiziqish, tirishqoqlik, chidamlilik,
qat’iylik va h.k.).
Inson chidamligiga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: yosh, jins, insonning morfologik xususiyatlari va faoliyat sharoiti Mazkur omillar harakat faoliyatining kop turlarida ahamiyatga ega, lekin ulardan har birining namoyon bolish darajasi va ularning nisbati malum faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turlicha boladi. Shuning uchun
chidamlilikning har xil shakllari mavjud, ular ozlarining belgilariga kora guruhlanadi.
Masalan:
♦ davriy, nodavriy yoki aralash xususiyatli ishga chidam-lilik;
♦ statik yoki dinamik chidamlilik; mahalliy, daqtaqaviy yoki global chidamlilik; aerob yoki anaerob chidamlilik: tezlik, kuch yoki muvofiqlashishga xos chidamlilik; umumiy yoki ixtisoslashgan chidamlilik;
♦ masofaviy, o’yin yoki ko’pkurash chidamliligi va boshq. Biroq faqat bir turdagi chidamlilik shakli namoyon bo’lishing talab qiladigan harakat amallari mavjud emas. Ixtiyoriy harakat amallarini bajarishda chidamlilikning turli shakllari namoyon boladi. Amaliyotda chidamlilikning alohida shakllarini bogliqligi
boyicha baholash imkonini beradigan tasnifni qollash maqsadga muvofiq. Amaliyotda juda kop chidamlilik shakllarining namoyon bolishi ikki turga ajratiladi I. Umumiy. II. Maxsus. Umumiy chidamlilik insonning odatiy bolmagan faoliyatni uzoq va muvaffaqiyatli bajara olish qobiliyati.
Maxsus chidamlilik faoliyatning malum turi talablari bilan belgilanadigan sharoitlarda ishni samarali bajara olish va charchoqqa bardosh berish qobiliyati.
1.
.Oyin metodining boshqa metodlardan farqi shundaki bu metod eng qadimgi zamondan beri kelayotgan metoddir. Yaniy insonni madaniyati bilan birga rivojlanib kelgan. Oyin metodi faqat voleybol, futbol, basketbol, qol topi bilan birga olib bormasdan jismoniy mashqlarning xammasida xam qollaniladi.
Oyin metodi orqali oqituvchi oquvchilar faoliyatini tashkil qilishi mumkin.
oyin metodi biror maqsadga erishishda, oquvchilarni mustaqil shugullanishini, talabchanligini shugullanuvchilarning xulq atvorini va emotsional xolatini shakillantirishda foydalaniladi.
Bu metod yuklamani dozirovkasini chegaralashda foydalaniladi (mashgulotlar oyin qoidasi boyicha otkaziladi). Oyin metodi xarakat faoliyatini takomillashtirishda katta axamiyatga ega.
Musobaqa metodi - bu xam oyin metodiga oxshash, lekin bu kichik, orta va katta yoshdagi kishilar ortasida xam olib boriladi. (mashgulotlar bolalar bogchasida, maktabda, ishlab chiqish korxonalarida).
2.
Jismoniy tarbiya boyicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning ikkita shakli mavjud:
a) mashgulotlarning gruppali shakli qatiy togarak jadvali asosida va shugullanuvchilarning nisbatan doimiy tarkibi bilan otkaziladi.
b) ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari.
Mashgulotlarning gruppali shakliga quyidagilar kiradi:
Jismoniy tarbiya togaragi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik boyicha sektsiya.
Dastur talablarini bajarishga oquvchilarni tayyorlash gruppalari
Sport turlari boyicha sektsiyalar.
Jismoniy tarbiya togaragi- kichiq sinf oquvilari bilan gruppali mashgulotlar otkazishning asosiy shakli hisoblanadi. Sharoit va shugullanuvchilarning sonidan kelib chiqkan holda togarakni tashkil etishning turli variantlaridan bittasi tanlanadi: yo har bir sinf uchun alohida, yoki boshlangich sinfning barcha oquvchilari uchun birga, yoki qiz va ogil bolalar uchun alohida alohida. Oquv guruhlari 20-30 kishidan iborat boladi. mashgulotlar haftasiga 1-2 marta 45 minutdan otkaziladi.
Vazifalari:
a) kichiq oquvchilarning harakat rejimini faollashtirish;
b) oquvchilarning maxsus bilimlari va harakat konikmalari doirasini kengaytirish;
v) jismoniy mashqlar bilan shugullanishga qiziqishni shakllantirish;
Vazifalari:
a) imkon boricha oquvchilarning katta qismini jismoniy mashqlar bilan tashkiliy ravishda shugullanishga jalb qilish va biror-bir sport turida ixtissoslashishga yordam berish;
b) oquvchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash va shu asosida oquv dasturi talablarini muvaffvqiyatli bajarishga yordam berish.
Dastur talablarini bajarishga oquvchilarni tayyorlash gruppalari- meyoriy talablar kompleksi togrisidagi nizomga mos ravishda tashkil etiladi va asosiy vazifasi bolib oquvchilarni «Alpomish va Barchinoy» meyoriy talablarini bajarishga tayyorlash hisoblanadi. Guruhlar jismoniy mashqlar turlariga kora (yugurish, sakrash va xakozo) tuziladi.
Sport sektsiyalari sportning u yoki bu turi bilan shugullanishni istovchilar uchun tuziladi.
Vazifalari:
a) ancha yaxshi tayyorgarlikka ega oquvchilarni sport bilan muntazam shugullanishga jalb qilish;
b) oquvchilarni tanlangan sport turlarida takomillashtirish va sport razryadi talablarini bajarishga tayyorlash;
v) oquvchilarni tuman, shahar musobaqalarida maktab jamoasi tarkibida qatnashishga tayyorlash;
g) yoriqchilik faoliyatiga xos bilim va malakalarni egallashga hamda musobaqalar ustidan hakamlik qilishga tayyorlash.
Ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga quyidagilar misol boladi:
Turistik poxodlar.
Musobaqalar.
Jismoniy tarbiya bayramlari.
Turistik poxodlar soglomlashtiruvchi va talimiy-tarbiyaviy vazifalar kompleksini hal etishga yordam beradi:jismoniy sifatlarni tarbiyalash va organizmni chiniqtirish, mustaqil ravishda chiqishlar uyushtirish boyicha amaliy konikmalar va bilimlarni shakllantirish. Bu vazifalarni hal etishga tabiatning soglomlashtiruvchi kuchlari va harakat qilishning faol usullaridan foydalanish orqali erishiladi.
Musobaqalar oquv tarbiya jarayonining ajralmas qismini tashkil etadi.
Vazifalari:
A) oquvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini yaxshilash;
B) ular tomonidan meyoriy dastur va sport klassifikatsiyasi talablarini bajarilishini taminlash;
V) maktabda sport ishlarining sifatini obektiv baholash;
G) maktabning kuchli sportilarini va jamoalarini aniqlash;
D) jismoniy tarbiya va sportni targibot qilish;
Quyidagi talablarga rioya qilinsa, ommaviy sport musobaqalari yuqori pedagogik samara beradi:
oquvchilarni oz vaqtida musobaqa nizomi va otkazish shartlari bilan tanishtirish;
musobaqalarni tashkil etish tizimining soddaligi;
musobaqa joyining rang-barang bezatilishi;
qisqa vaqt ichida otishi;
yuqori malakali hakamlikni taminlash;
sanitar tibbiy talablarga rioya etilishi;
zudlik bilan musobaqa yakunining chiqarilishi.
Jismoniy tarbiya va sport bayramlari bu korgazmali va kungilochar ommaviy tadbirlardir. Ularning asosiy vazifasi bolib maktab jamoasining jismoniy tarbiya va sport boyicha erishgan yutuklarini namoyish qilish va malum ish davriga yakun yasash hisoblanadi. Bayramlar odatda mamlakat hayotidagi asosiy voqealarga va sanalarga bagishlanadi.
Sport bayramining tipik qismlari bolib quyidagilar hisoblanadi:
A) musobaqaning tantanali ochilishi;
B) musobaqa goliblarini va faollarini takdirlash;
V) oquvchilarning, maktabning eng kuchli sportchilarining, takli etilgan sport ustalarining chiqishlari;
G) musobaqaning tantanali yopilishi.
Maktab sport bayramlari 1,5-2 soatdan oshmasligi kerak.