Faol nazorat to’g’risida tushuncha
Reja :
1.Faol nazorat haqida
2. O‘lchov vositalarining tanlanishi
3. Teshiklar, burchaklar, kesmalarni o‘lchash uchun vositalar
Faol nazorat haqida
Shuni qayd qilish kerakki, detallar o‘lchamlarining yaroqliligini ularga dastgohlarda ishlov berish paytida nazorat qilishni va ushbu nazorat malumotlari bo‘yicha dastgohlar ishiga ayni bir vaqtdagi ta’sir o‘tkazilishini faol nazorat deb ataladi. Faol nazorat vositalari detallarning nazorat qilinishi natijasiga qarab texprotsessning boshqarilishini amalga oshiradi. Faol nazorat texnologik uskunadagi detalga ishlov berilishida, ishlov berish jarayonida va undan keyin (tekislashda, egishda, frezerlashda, maromiga etkazuvchi ishlarda va boshqalarda) va bir qator boshqa operatsiyalarda o‘tkaziladi. Faol nazoratda ishlov berilayotgan detaining bevosita o‘lchanishi (bevosita uslub) yoki asbobning kesuvchi qismining holati nazorat qilinishi (bilvosita uslub) mumkin.
Detalga ishlov berilishida ishlov berilayotgan elementning miqdorini o‘lchaydigan va yaroqli o‘lchamning olinganligi to‘g‘risida signal beradigan o‘lchov qurilmalari aktiv nazorat vositalari deyiladi.
Faol nazorat vositalarining joriy qilinishi brakning oldini olishni ta’minlash, tayyorlanadigan detallar sifatini oshirish, dastgohchilar ishini engillashtirish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, operatorlarning malakasi unchalik yuqori bo‘lmaganida ham yuqori aniqlikka erishishga imkon beradi.
Faol nazorat vositalari asosan ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi va o‘lchov vositalarining tanlanishida quyidagi omillarni hisobga olish kerak bo‘ladi:
Tayyorlash uchun yo‘l qo‘yiladigan kattalikni.
Nominal o‘lchamni.
Yo‘l qo‘yiladigan nuqsonni.
Detalning umumiy konturini.
Ishlab chiqarish usulini.
O‘lchov vositalarining tanlanishi
Tanlanayotgan o‘lchov vositasining yaroqliligini baholash uchun nazorat qilinadigan o‘lchamning yo‘l qo‘yiladigan kattaligini ushbu vosita bilan o‘lchashda olinadigan maxsus bildirgili jadvallarda belgilangan nuqsonning eng oxirgi kattaligi bilan solishtiriladi. Agar eng oxirgi nuqson o‘lchanayotgan o‘lchamning yaroqliligini baholashda yo‘l qo‘yiladigan o‘lchamdan oshmasa, unda bunday vosita to‘g‘ri tanlangan deb hisoblanadi.
Ushbu mavzuning yakuni sifatida liniyali o‘lchamni nazorat qilish uchun o‘lchovchi vositaning tanlanishining to‘g‘riligiga doir misolni ko‘rib chiqamiz, u quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Nominal o‘lcham, o‘lchov ob’ektining chizma bo‘yicha eng oxirgi og‘ishlarining kattaliklari belgilanadi va o‘lchamning yo‘l qo‘yiladigan miqdori hisoblab chiqiladi.
Detalning yo‘l qo‘yiladigan nuqsonining kattaligi yo‘l qo‘yiladigan o‘lcham kattaligi va nominal miqdor bo‘yicha jadvalga qarab topiladi.
Sirtqi va ichki o‘lchamlarning eng oxirgi nuqsonlari jadvallari bo‘yicha o‘lchov vositasi tanlanadi, uning nomi, o‘lchov diapazoni, shkalaning bo‘linishi bahosi va o‘lchovning nuqsonining kattaligi yozib qo‘yiladi.
Eng oxirgi va yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlarning kattaliklari solishtiriladi va mazkur ishlab chiqarish sharoitlarida tanlangan o‘lchov vositasining yaroqliligi to‘g‘risidagi masala hal qilinadi.
Masalan: Seriyali ishlab chiqarish sharoitida ø50h11 valining bosqichini nazorat qilish uchun o‘lchov vositasini tanlash.
Ma’lumki, val ø50 mm sirtqi o‘lchamga, h11 bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan maydonga ega. «Joizliklar va o‘tqazishlar» bildirgichi bo‘yicha eng oxirgi og‘ishini aniqlaymiz: yuqorigi og‘ishi es = 0, pastki og‘ishi ei =-0,160 mm, yo‘q qo‘yiladigan o‘lchami Td = es - ei = 0,160 mm. O‘lchovning yo‘l qo‘yiladigan nuqsonini aniqlaymiz, jadval bo‘yicha 30 mm dan 50 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar intervali uchun joizlik va kvalitetga qarab u 40 mkm ni tashkil etadi.
Sirtqi o‘lchamlarning o‘lchanishining eng oxirgi nuqsoni jadvali bo‘yicha vositani tanlaymiz. Bo‘linish bahosi 0,01 mm bo‘lgan indikatorli skoba shunday vosita bo‘ladi. Hamma parametrlarga to‘g‘ri keladigan 15 mkm eng oxirgi nuqson bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |