Tarbiyaning asosiy vositalari – faoliyatining turli ko’rinishlari bo’lib, o’quvchilar unda bevosita ishtirok etadilar. Bular: mehnat, muloqot, o’qish, o’yin. Masalan, taniqli pedagog A.S.Makorenko tarbiya tizimi markazida ijtimoiy mehnat turgan. Buyuk mutasavvuf olim Bahovuddin Naqshband tarbiya tizimi markazida ham mehnat, hunar turgan. U kishi qo’lidan hech ish kelmaydigan, biror hunari bo’lmagan kishini o’z maktabiga qabul qilmaganlar. Ba’zi pedagoglar ijodiy ish orqali o’quv tarbiya ishlarini tashkil etadilar.
Alalxusus, biz pedagogik faoliyatni pedagogik mahoratning doyasi sifatida birma – bir tahlil qilib chiqdik. Haqiqiy o’qituvchi maqsadni aniq belgilab, sub’ektni faollashtirib, vositalarni tanlab turib pedagogik faoliyatning bu komponentlarini boshqara olish lozimligini chuqur anglaydi. Aynan shu o’rinda biz pedagogik mahoratning mohiyatini anglay boshlaymiz. U bizning nazarimizda muntazam shakllantirib, takomillashtirib borilishi lozim bo’lgan butun bir tizim sifatida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |