12
1-reaktsiyaga folat kislotasi ham katnashadi. ikkinchisiga katnashmaydi.
Vit B12 ning organizmga so’rilishi: Vit B12 oshqozonga tushgandan so’ng, xlorid kislota ta`siri
ostida, oqsildan ajraladi va maxsus oqsil (Rapid) bilan boglanib gastromukoprotein
bilan birgalikda
12 barmokli ichakga tushadi. Bu erda oshqozon osti bezining fermenti ta`sirida maxsus oqsildan
ajralib gastromukoprotein bilan boglanib ingichka ichakning boshlanish qismida so’riladi. Plazmada
Vit B12 transkobomin II bilan boglanib suyak ko’migiga tashiydi bu erda Vit B12 eritroblastlar xos
bo’ladii. Transkobolamin jigarda ishlab chiqariladi.
Sababi:
- iste`mol qiladigan ovqatlarda Vit B12 ozligi
- maxsus oqsil Rapid ning yo’qligi
- ichki faktorning yo’qligi
- organizmda transkobolaminning yo’qligi
- ingichka ichakning jarohatlanishi.
- ichki faktor ishlab chiqaradigan oshqozonning
- fundal qismi operatsiya qilib
olib tashlanishi
- Vit B12 boshqa mikroorganrizmlar tomonidan sarflanishi ya`ni lentali qurtlar.
Klinika:
Uchlik sindrom
- kamqonlik
- nerv sistemasining jarohatlanishi
- oshqozon ichak yo’lining jarohatlanishi
Kasallik asta sekinlik bilan tez charchash, quvvatsizlik, yurak tez urishi, engil jismoniy
harakatda hansirab qolish. Vit B12 yetishmaslik kamqonligi ko’pincha qariyalarda kuzatiladi. O’rta
yosh bolalarda ham uchrab turadi. Ob`ektiv ko’rishda bemorlar okishrang, engil sargishlik
kuzatiladi. Ayrim bemorlarga subfebril
isitma koladi, tilda og’riq bo’ladii. Bemorda tili yaltirlagan
holda bo’ladii. Ayrim bemorlarda taloq kattalashadi jigar ham. Nerv sistemasi tomonidan sezgisi
pasayadi, ya`ni bemorga keyinchalik og’rish temperatura sezish sezgilari buziladi. (igna
sanchiganday, oyoqlarda chivin yo’rganday).
Kamqonliklar ichida Vit B12 tanqisligi juda oz uchraydi.
60-70 yosh atrofida 100 ta dan 1 odamga
30-40 yosh atrofida 5.000 ta dan 1 odamga
1-10 yosh atrofida 10.000 ta dan 1 odamga
Megaloblast anemiya:
13
DNK va RNK sintezining buzilishi bilan kechadigan Vit B12 va folat kislota tanqisligi anemiyasi.
Organizmga Vit B12 va folat kislota tanqisligida qon ko’rsatkichlarida DNK va RNK sintezi buzilib
eng avvalo eritrotsit hosil bo’lishi, keyinchalik esa leykotsit va trombotsit hosil bo’lishi buziladi.
Kasallik birinchi bor 1849 yilda Addison 1872 yilda Biemer tomonidan ta`riflanganligi
uchun Addison- Biemer kasalligi ham deb yuritiladi.
Sababi:
Vit B12 ning so’rilishi buzilishi
ichki faktor gastromukoproteinni ishlab
chiqarilishini buzilishi
Plazmada Vit B12 tashiydigan transkobalaminni tanqisligi.
Vit B12 ovqat maxsuloti bilan tushib, oshqozonda ichki faktor gastromukoprotein Bilan
boglanadi va 12 barmokli ichakka so’rilib, plazmada transkobalomin bilan boglanib, qon hosil
kiluvchi organ suyak ko’migiga tashiladi. Vit B12 ning kofermentlari sonining shakliy elementi
hosil bo’lishiga katnashadi.
Klinika:
Vit B12 tanqisligida qon hosil qilish organi ovqat hazm qilish va nerv sistemasi jarohatlanadi. Bu
kasallik uchlik sindrom bilan xarakterlanadi.
Anemik
Ovqat xazm qilish sistemasining jarohatlanishi bilan kechadigan sindrom.
Nerv sistemasi jarohatlanishi bilan kechadigan sindrom.
Kasallik
asta-sekinlik bilan boshlanib, umum kuvvatsizlik, bosh aylanishi, tez charchash, yurak tez
urishi, engil jismoniy harakatda hansirab qolish, dispeptik buzilishlar bezovta qilishi, ayrim
paytlarda tilga og’riq paydo bo’lishi, subfebrili t
0
, oyoqlarni
sezuvchanligi pasayishi, oyoq og’rigi,
oyoq sovuq qotishi, oyoqlarga chumoli yo’rganday sezilishi mumkin.
Bu turdagi kamqonliklarda vitamin B12 va folat kislota yetishmasligidan qon ishlab chiqarishdagi
va asosan eritropoezdagi DNK va RNK sintezi buzilishi kuzatiladi. Bir vaqtning o’zida vitamin B12
va folat kislota yetishmasligi juda kam uchraydi. Ko’pincha alohida vitamin B12 yetishmasligi va
ba`zan aloxida folat ikslota yetishmasligi uchraydi.
Vitamin B12 yetishmasligi sababalari:
I. Vitamin B12 so’rilishi buzilishi:
1. oshqozon osti bezi atrofiyasi (Addison-Birmer kasalligi);
2. me`da raki;
3. ichak kasalliklari (spru, terminal ileit, divertikulyoz, ichakning
14
surunkali yaralari, o’smalari);
4. oshqozon va ichakdagi jarroxlik muolajalari (gastroektomiya,
ingichka
ichak rezektsiyasi);
II. Vitamin B12 ning yo’qori darajada sarflanishi buzilishi:
2. ichakning gijja kasalliklari (difillobotrioz);
3. ichak disbakteriozi;
4. jigar kasalliklari (surunkali gepatit, jigar sirrozi);
5. gemoblastozlar (o’tkir leykoz, eritromieloz, osteomielofibroz).
Folat kislota yetishmasligi sababalari:
1. ichak kasalliklari (spru, seliakiya).
2. ichakda qilingan jarroxlik muolajalari (ingichka ichak rezektsiyasi, kur tuguncha
sindromi)
3. alkogolizm
4. homiladorlik (ayniksa, gemolitik kamqonlik bilan birga kechganda va spirtli
ichimliklarni ko’p iste`mol qilganda)
5. ba`zi dorilarni uzoq muddat qabul qilish (tirishishga karshi dorilarni,
folat kislota
antagonistlarini, ba`zi sulfanilamidlarni)
6. alimentar yetishmaslik (echki suti bilan bokish, sifatsiz ovqatlanish va xokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: