7- chizma.
8- chizma.
Yo’riqnoma bo’limida (4-chizma) taklif qilinayotgan topshiriqlar majmuasi ishi haqida umumiy axborot mavjud. Bajarilayotgan laboratoriya ishi mavzusi haqida nazariy qismning qisqacha bayoni “Nazariya” bo’limidan o’qish mumkin. Ishning eksperimental qismini bajarishga o’tishdan oldin bir qator nazorat savollariga javob berish kerak. Bu bilan berilayotgan tajriba ni bajarish uchun zarur bo’lgan nazariy qismining minimal bilimlarini tasdiqlaymiz. Har bir laboratoriya ishi uchun qator savollar tayyorlab qo’yilgan va savollar foydalanuvchiga tasodifiy tartibda test shaklida beriladi.(6- chizma). U 5 ta savoldan iborat. Natijada mashqlarni bajarishga ruxsat beriladi yoki yana harakatni takrorlash tavsiya etiladi. Test savollariga javob berayotib o’quvchi nazariya materialni o’qish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Laboratoriya ishini bajarishga puxsat etilgandan so’ng (7- chizma) ishning bajarish tartibini tanlash menyusi oshiladi. Bu yerda bajarish tartibini ixtiyoriy o’tkazish kerak bo’lgan tajribalar ro’yxati keltirilgan.
Vertual eksperimentni bajarish jarayonida laboratoriya ishining bajarish va olingan natijalarni yozish uchun qulay sharoit yaratilib beriladi.
Taklif qilinayotgan ishni bajarish tartibi doimiy ravishda ekranda ko’rinib turadi. Bu esa vaqtni tejashga va o’quvchilar diqqatini bir joyga jamlashga yordam beradi. Tajribada mantiqiy, sodda va induktiv tushunarli bo’lgan almashinuv tajriba jarayonini boshqarishga yordam beradi. Hamma ishlarda tajriba jarayono bilan bir vaqtda dinamik tartibda grafik bog’liklarning tuzilishini ko’zatish mumkin.Bundan tashqari har bir mashqda ”oldinda aytib berish” bor, o’quvchi ulardan foydalanishi mumkin. Hisob- kitoblarni yengillashtirish maqsadida ekranga kalkulyator chiqarib qo’yilgah.
Jadvalga “natija” tugmasi orqali olingan natijalarni kiritib bo’lgandan so’ng ularni grafik yoki jadval ko’rinishida ko’rish mumkin. Tajribaviy qism yakunlanishi bilan o’quvchiga bir qator olingan natijalar bilan bog’liq savollar beriladi.
VirtuLab
Resurs VirtuLab - zamonaviy o'quv Runetidagi turli xil akademik fanlar bo'yicha virtual eksperimentlar to'plami. To'plamning asosiy birligi virtual eksperimentdir. Texnik jihatdan aytganda, bu Adobe Flash yordamida tayyorlangan interfaol film. Ba'zi laboratoriyalar uch o'lchovli grafikada qilingan. Ular bilan ishlash uchun siz Havok Physics Scene qo'shilishi bilan Adobe Shockwave Player-ni o'rnatishingiz kerak. Ushbu qo'shimcha dasturni direktor-online.com saytida topishingiz mumkin. Olingan arxivni Windows tizim katalogida joylashgan Adobe Shockwave Player-ning Xtras katalogiga oching.
Do'stlaringiz bilan baham: |