Fanning nazariy mashg'ulotlar mazmuni landshaft shunoslik fani predmeti tatqiqiot ob'ektimaqsad va vazifasi reja



Download 63 Kb.
Sana08.06.2022
Hajmi63 Kb.
#645190
Bog'liq
FANNING NAZARIY MASHG\'ULOTLAR MAZMUNI LANDSHAFT SHUNOSLIK FANI PREDMETI TATQIQIOT OB\'EKTIMAQSAD VA VAZIFASI


FANNING NAZARIY MASHG'ULOTLAR MAZMUNI LANDSHAFT SHUNOSLIK FANI PREDMETI TATQIQIOT OB'EKTIMAQSAD VA VAZIFASI
Reja


1 О‘zbekiston Respublikasida kasbiy ta’limning rivojlanish tarixi.
2 “Talim tо‘g‘risida”gi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasurini amalga oshirish jarayonida kasbiy talim tushunchasi va о‘rta maxsus kasb-hunar talimiga qо‘yilgan talablar.
3 Kasbiy ta’lim pedagogikasi fanning umumkasbiy fanlar turkumida tutgan о‘rni va aloqadorligi.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni mohiyatini aniqlash uchun bu hujjatlarni qabul qilinishiga qanday sabab va oqibatlar turtki bo‘lganligini qarab chiqmog‘imiz, 1997-yilgacha mavjud bo‘lgan eski ta’lim-tarbiya tizimining kamchiliklari va muammolarini tahlil qilib ko‘rmog‘imiz kerak. Eski kadrlar tayyorlash tizimining kamchilik va muammolari qo‘yidagilardan iborat edi:


-Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohatlarini talablariga muvofiq emasligi;
-O‘quv jarayonining moddiy-texnika bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi;
-Sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materialning kamchiligi;
-Ta’lim tizimi fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi;
-Ta’lim tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibi, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas;
-amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotganligi;
-Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo‘layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog‘lanmaganligi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalarni hal etilishini nazarda tutadi:
-«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini yagona o‘quv ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
-Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik, huquqiy davlat qurilish jarayoniga moslash;
-Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘rish va hakazolar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uch bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich (1997-2001) asosan yangi uzluksiz ta’lim tizimi uchun meyoriy asoslarni yaratish ishlari amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005) ta’lim sifati ta’minlanadi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribalar umumlashtirilib tahlil qilinadi va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Uzluksiz ta’lim turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-maktabgacha umumiy o‘rta ta’lim;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
-oliy ta’lim; (bakalavriat, magistratura)
-oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta’lim;
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilinishi o‘quvchi yoshlarni mehnatga, hayotga, ishlab chiqarishning biror tarmog‘ida kasb egasi bo‘lib ishlash masalasiga katta e’tibor berilishi; kasb ta’limi metodikasi fanini o‘qitilishi, predmeti va maqsadini yanada rivojlanitirish zarurligini anglatadi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da xalq xo‘jaligini tiklash va yangi iqtisodiy ijtimoiy g‘oyalarini amalga oshirishda mehnat va hunar-texnika ta’limining o‘rniga muhim ahamiyat berilgan. Bunda ta’limning “pedagogik negiz” asosida rivojlantirish tufayli yoshlarni mehnat va kasb ta’limiga zamonaviy yondoshib barkamol shaxsni tarkib toptirish asosiy shart etib belgilangan.
Hozirgi zamon talablariga kadr nafaqat umumta’lim, umumtexnik, kasbiy bilim, malaka va ko‘nikma, mahorat hamda umumiy madaniyat egasi balki, tez o‘zgaruvchan, keskin rivojlanuvchi sharoitda uzluksiz bilimini boyitib, yangilab boradigan, o‘z-o‘zini bozor talabi o‘zgarishlariga moslaydigan, mustaqil bilim olish yo‘llarini puxta egallaydigan faol va ijodiy fikrlaydigan bo‘lishi lozim.
Shu sababli kasbiy ta’limni tuzilishi, mazmunini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash, yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qitish yo‘llari, usullarini belgilash dolzarb masala hisoblanadi. Har bir fanning mazmuni, mohiyati ikki qismning uzviy birligida tashkil topadi. Birinchisi-konkrekt kuzatuv, fakt, eksperiment materiallari, ikkinchisi-fan tadqiq etgan va nazariy jihatdan umumlashtirilgan qonun, nazariya, konsepsiya, tushuncha, ta’riflardir. Ilmiy fikr fanning ikkala qismining doimiy ichki o‘zaro harakati tufayli olg‘a harakat qiladi. Fanning mohiyati mazmunini o‘rganishga nisbatan umumiy yondashuv va nazariy asoslash uning metodologiyasini tashkil etadi. Fan predmetini tadqiq etish aniq, empirik materialni o‘rganishdan uni umumlashtirishga yo‘naltirilgan, bundan asosiy maqsad ijtimoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy ongning amaliy ehtiyojlarini qondiruvchi jamiyat va tabiat qonunlarini bilishdir.
Fan yutuqlarini amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatlari jamiyatdagi buning uchun shart-sharoitlarini yetilishiga bog‘liq. Agarda ilmiy faktlar oldingi konsepsiyalarga mos bo‘lmay qolsa, yangicha aniq moslanuvchan konsepsiyalar ishlab chiqiladi.
Mustaqil fan sifatida yangi ilmiy yo‘nalish sifatida shunday bilim tizimiga ega bo‘ladiki, uning mazmuni mohiyatini o‘ziga xos qonuniyatlar, o‘zgacha vazifalar belgilaydi.
Kasbiy ta’lim metodikasining hozirgi davrdagi o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat.
Kasbiy ta’lim metodikasi fan sifatida mustaqil xususiyatlarini egallab uning tadqiqot chegaralari kengayib bir qator fanlarni (psixologiya, sotsialogiya, fiziologiya, iqtisod v.b.) qamrab oladi.
2. Kasbiy ta’lim muammolarini tadqiq qilishda turli soha olimlari ishtirok etmoqda.
3. Kasbiy ta’lim metodikasining fan sifatida rivojlanishi jamiyat, fan, texnika va texnologiyani taraqqiyotga bog‘liqligi o‘sib bormoqda.
Kasbiy ta’lim metodikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lib bo‘lajak malakali kadrni shakllanishi va tarbiyalanishiga ta’sir etadigan, sotsial-pedagogik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy-metodik omillarini o‘rganadi.
Uning maqsadi-zamonaviy pedagogik yondashuv va yutuqlar asosida ta’lim-tarbiya jarayonining mazmun, shakl, usul, yo‘llarini, belgilash va nazariy jihatdan asoslash asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashdir.
Kasb ta’lim metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1) Kasb ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish.
2) O‘quv materialini asoslash
3) Ta’lim jarayonini asoslash.
4) Sinfdan va kasb-hunar kollejidan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash.
Kasb ta’limining ilmiy-tadqiqot metodlari sifatida quyidagi ishlarni ta’kidlamoqchi edik; kuzatish, suhbat, anketa so‘roqlari, pedagogik eksperiment, kasb-hunar kolleji hujjatlari va o‘quvchilar bajargan ishni o‘rganish, ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish, laboratoriya eksperimenti.


1 О‘zbekiston Respublikasida kasb ta’limi islohoti
Istiqlolga erishgan mamlakatimizda yuz berayotgan tub о‘zgarishlar ta’lim mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqozo etmoqda. Bunday yangilanish О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshirilmoqda.
Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida shakllantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimi doirasida kasb ta’limiga alohida о‘rin berilishining samarasi sifatida kasb- hunar kollejlari va akademik litseylar tizimi shakllandi.
Bugungi kunda kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg‘or metodlar va yо‘nalishlar bilan boyib bormoqda. Ayni vaqtda о‘zining keng tadbiqini kutayotgan, fanning boshqa sohalari bilan aloqadorlikda ishlab chiqilgan yangi konsepsiya va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
2 Kadrlar tayyorlash jarayonidagi kasbiy- malakaviy о‘zgarishlar
Kasbiy ta’lim uzoq davr mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yо‘naltirildi, biroq ushbu chora bitiruvchilarning kasbiy mahoratining shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahorat va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida о‘z bilimini takomillashtirib borishi hamda о‘z-о‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Respublika xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida kasbiy ta’limni samarali tashkil etish, ishchi kasblariga maxsus tayyorlash, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Kasbiy mahorat deyilganda bitiruvchining yuqori darajada kasbiy kо‘nikma va malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bо‘yicha raqobatbardoshlik darajasi aks ettirishida namoyon bо‘ladi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajadagi moslashuvchanligi, yangiliklarni tez о‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida о‘ta olishi va faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi.
Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlaridirki, ular bо‘lajak mutaxassisning hayotiy hamda mehnat muvvafaqiyatlarini belgilab beradi. Mustaqil О‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika fanining asosi vazifasi jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat darajasiga kо‘taradigan mutaxassislarni tayyorlash, ushbu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini etirof etish emas, balki ularga nisbatan ijodiy yondoshuvni shaklantirish va mustaqil fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Shu sababli bugungi kunda barcha fan sohalari, jumladan, kasb ta’limi bо‘yicha yangi о‘quv darsliklari, qо‘llanma va tavsiyalarni yaratish muhim ahamiyatga ega bо‘lmoqda. Bu о‘rinda kasb ta’limiga bо‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:

  1. ta’lim islohotlari natijasida akadem litsey, kasb-hunar kollejlari va boshqa turdagi о‘quv muassasalarining shakllantirishilishi va rivojlanishi;

  2. oliy о‘quv yurtlarida kasb ta’limini о‘qitilishning yо‘lga qо‘yilayotganligi, bu borada alohida fakultet va bо‘limlarning tashkil etilishi;

  3. kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi kо‘zda tutilgan bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;

  4. kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini kо‘rsatish borasidagi faoliyat turlarining ortib borishi, о‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarishning yо‘lga qо‘yilishi; mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.

Ularning kasbiy pedagogika talabalar ta’limi, tarbiyasi, о‘qishi hamda rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganadi, ta’lim- tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb tahlimi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimini asoslaydi. U pedagogik nazariyalar tо‘g‘risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni loyihalash uslublarini umumlashtiradi. Kasbiy pedagogika fani shaxsni kasbiy faoliyatga tayyorlash, yosh avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi kuchining yangi talablar darajasida faoliyat yuritishini taminlashni kо‘zda tutadi.
3 Kasbiy ta’limni tashkil etish jarayoni.
Kasbiy pedagogika umumiy pedagogika faning tarmog‘i sifatida kasbiy - texnik ta’lim tizimining takomillashishi jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan yangi fan sohasi sanalib, bugungi kunda kо‘plab tushuncha va ma’lumotlar bilan boyib, rivojlanib kelmoqda. Xar qanday fan sohasida bо‘lgani kabi kasbiy pedagogika о‘z kategoriya, tushuncha, va sifat kо‘rsatkichlariga egaki, bular fanning asosini tashkil qiladi.
4 Kasbiy ta’lim vazifalari.
Kasbiy pedagogika fanining asosiy tushunchalari, uning mazmuni kasbiy ta’limni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalarning bajarilishi uchun xizmat qiladi:

  1. о‘qituvchilarning yangi, yanada murakkab tadbirlarni amalga oshirish maqsadida о‘z kasbiy mahoratlarini oshirishlari uchun sharoit yaratish;

  2. kasbiy-texnik ta’limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirishning yangi yо‘l va vositalarini yо‘llarini yaratishga e’tibor qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash;

  3. pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvni yuzaga keltirish;

  4. ta’lim tarbiyaning yangi, yanada samarali shakl va metodlarini yaratish;

  5. rivojlanib boruvchi yangi pedagogik jarayonlarni loyihalash, ta’lim oluvchilarning barcha imkoniyatlari va qobiliyatlarini ishga solish uchun sharoit yaratish, kasbiy mahoratni egallashlari uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishish.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish