Fanning mohiyati


Bashorat, uning asosiy ko’rinishlari. Ilmiy bashorat



Download 0,66 Mb.
bet61/84
Sana11.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#773964
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
Bog'liq
2 5253480791035354319

68. Bashorat, uning asosiy ko’rinishlari. Ilmiy bashorat.
Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko’ra bashoratning turlarini farqlash mumkin: Mifologik bashorat; kundalik bashorat ;astrologik bashorat; intuitiv bashorat; ilmiy bashorat.
Mifologik bashorat arxaik ong darajasidagi (eng qadimgi) bashorat turlaridan biri bo’lib, unda voqelar obrazlarning harakatlarida ifodalanadi. Masalan olimlar Mayya qabilalarining “Drezden qo’lyozmalari”da 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni deb belgilanganligi aniqladilar. Xususan, qo’lyozmalarda to’p o’ynayotgan navkarlar, baland tepalikda to’p tushishi mumkin bo’lgan doira hamda boshi tanasidan judo qilingan navkar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha to’p Quyosh ramzi,balandlikdagi doira Somon yo’li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to’pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to’pni kirita olmagan navkarnnig boshi olingan. Olimlar to’pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi deb tahlil qilmoqda. SHuningdek, Mayya qabilalari qo’lyozmalarida dunyoviy suv toshqini ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to’fonlari va shu kabi boshqa tabiiy ofatlarda namoyon bo’lmoqda. SHu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin deb ayyo hannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni yaqin kelajakda nima kutmoqda. Bu savolga inson o’z faoliyati maqsadi va natijalariga ko’ra javob berishi lozim.Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik bashoratlarga xalqda mashhur bo’lgan ob-havo alomatlari misol bo’lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo’lsa, yomg’irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo’lsa, demak kunduzi havo ochiq bo’ladi; SHarqdan shamol essa, tez orada yomg’irlar tugaydi.Astrologik bashoratosmon jismlarining harakati, Oy va Quyosh tutilishi sikllarini kuzatishga asoslanadi. Astrologik bashorat o’rta asrlarda keng tarqalgan bo’lsada keyinchalik unga munosabat o’zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bashoratlarning asosli ekanligini tan olmoqda.Intuitiv bashorat ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita yetishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o’rganilmagan va ko’pincha unga yetarlicha bmiy bashorat - tabiat va jamiyatning ayni paytda nomaʼlum, lekin kelajakda yuzaga kelishi yoki oʻrganilishi mumkin boʻlgan voqea va hodi-salarini, jarayonlarni ilmiy qonu-niyatlar asosida oldindan aytib berish, koʻra olish. I.b. ijodiy jarayon boʻlib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti obʼyektiv qonunlarining fanda oʻrganilgan asoslariga suyanadi. I.b. voqelik haqida toʻplangan bilim va tajri-balarga, voqelikning oʻzgarishi va rivojlanishi qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalardir. Bunda voqelikdagi zaruriy aloqadorlik, davriy oʻzgarishlar hamda tasodifiy ehtimolliklar hisobga olinadi. Olimlar osmon yoritqichlarining davriy harakatlarini oʻlchash natijasida Quyosh va Oyning tutilish vaqtlarini oldindan aytishgan, sayyoralarning harakatlanish jadvallarini tuzishgan (mil. av. 585 y. yunon olimi Fales Quyosh tutilishini bashorat qilgan. Ulugʻbek tuzgan yulduzlar jadvali esa osmon yoritqichlarining davriy harakatini aniq aks ettirgan). Tabiatdagi davriy oʻzgarishlarni kuzatish natijasida yil fasllarining almashinishi, shamolning yoʻnalishi va bulutlarning hola-tiga qarab obhavoning oʻzgarishini oldindan ayta olishgan, bunday bilimlar dehqonchilik va chorvachilikda muhim ahamiyat kasb etgan. Bashorat qilishning ayrim elementlari joni-vorlarda ham uchraydi. Qushlar, baʼzi hasharotlar obhavoning oʻzgarishini oldindan payqar ekan.I.b. oʻz mohiyatiga koʻra, bir qancha turlarga boʻlinadi. Bularga dinamik va statistik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan I.b.larni misol qilib koʻrsatish mumkin. Quyosh va Oy tutilishlarini oldindan aytib berish dinamik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan I.b. boʻlsa, meteorologik hodisalarni yoki demografik jarayonlarni prognozlash I.b. qilishning 2turiga kiradi. Ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraqqiyotining kelajagini bashorat qilish I.b.ning 3turidir. Ijtimoiy I.b.ni, oʻz navbatida, iqtisodiy, demografik, siyosiy va b. turlarga ajratish mumkin. I.b. voqelikni, uning kelajagini oldindan bilib olishga imkon beradigan murakkab ilmiy bilish shakli hisoblanadi. I.b.ning toʻgʻriligi uni ilgari surishda tayaniladigan bilimlarning puxtaligiga, koʻlamiga, aniqligiga, haqqoniyligiga bogʻliqdir.I.b. paygʻambarlar va avliyolarning karomatlari, folbinlik yoki astrologik usulda kelajakni bashorat qilishlardan farqlanadi.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish