Fanning mohiyati


Ilmiy bilish shakllari. Ilmiy muammo



Download 0,66 Mb.
bet56/84
Sana11.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#773964
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84
Bog'liq
2 5253480791035354319

60. Ilmiy bilish shakllari. Ilmiy muammo
Ilmiy bilish shakllari

  • ilmiy muammo; ilmiy dalil; ilmiy faraz (gipoteza); ilmiy qonun; ilmiy nazariya;

  • ilmiy kashfiyot; ilmiy bashorat.

Ilmiy muammo javobi bevosita mavjud bilimda bo`lmagan va echimini topmagan noma`lum masala.Ilmiy dalil – empirik tadqiqot natijasida hosil qilingan bilim. Ilmiy dalil, tushunchalar, mushohadalarda aks etadi.Ilmiy faraz (gipoteza)– chinligi isbotlanishi lozim bo`lgan bilim.
Qonun - narsa, hodisa, jarayonlar mohiyati, ichki aloqa – munosabatlarni, zaruriyatlarni ifodalaydigan ilmiy bilish shakli.Nazariya - ilmiy bilimning eng taraqqiy etgan shakli; chinligi asoslangan, amaliyot sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan, m`lum bir tizimga solingan ilmiy qarashlar majmui.Ilmiy bashorat – hali fanga to`la ma`lum bo`lmagan narsa, hodisa haqidagi bilim. Ilmiy bashorat – ilmiy bilish shakli; ilmiy dallilar, tabiat, jamiyat qonunlariga tayangan holda kelajakda ro`y berishi mumkin bo`lgan narsa, hodisa, jarayonlar haqidagi bilim.Ta`limot fan sohalari, ijtimoiy hayot, jamiyat va shu kabilar haqidagi ilmiy qarashlar, nazariy xulosalar majmui.Kashfiyot – moddiy olamdagi narsa hodisalarning ilgari ma`lum bo`lmagan xususiyatlari va qonuniyatlari echish.Tushunish (anglash)- ob`ektiv olamdagi narsa, hodisa, jarayonlarning mohiyati, xossa-xususiyatlari, munosabatlarini anglashdan iborat aqliy jarayonTushunish muammosi bilan shug`ullanadigan maxsus fan sohasi – germenevtika.Tushuntirish narsa, xodisa, jarayonlar mohiyatini fikran kuzatish orqali anglash, tushunishga yo`naltirilgan aqliy faoliyat.Fan olamdagi narsa, hodisa jarayonlar mohiyatini ta`riflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi.Ilmiy muammo. Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda, inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo’yishdan ularni yechishga o’tish, so’ngra yangi muammolarni qo’yish sifatida tavsiflash mumkin. Biroq muammoning haqiqiy o’rni qanday? Ilmiy muammolar nima uchun yuzaga keladi? Muammoning masaladan farqi nimada? Ilmiy muammolar doirasi qanday?Muammo – bilishning rivojlanish jarayonida obyektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo’lgan masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, obyektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko’rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir.Muammoni to’g’ri qo’yish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim shartidir. To’g’ri qo’yilmagan muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni yechishdan chalg’itadi.Muammoni qo’yish – ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichi. Muammoni qo’yishda, avvalo, ayrim holatni masala sifatida anglab yetish, qolaversa, muammoning mazmunini aniq tushunish, ma’lum va noma’lum narsalarni ajratgan holda uni ta’riflash lozim.Ilmiy muammolar predmetga yoki proseduraga doir bo’ladi. Predmetga doir muammolarda o’rganilayotgan obyektlar, proseduraga doir muammolarda esa – bilim olish va uni baholash usullari aks etadi. O’z navbatida, predmetga doir muammolarning empirik va konseptual, proseduraga doir muammolarning metodologik va baholash bilan bog’liq turlari farqlanadi. Empirik muammolarni yechish uchun materialni sof nazariy tahlil qilish bilan bir qatorda, predmetlar bilan ma’lum amallarni bajarish lozim, vaholanki, konseptual muammolar borliqqa bevosita murojaat etishni talab qilmaydi. Predmetga doir muammolardan farqli o’laroq, proseduraga doir muammolar doim konseptual xususiyatga ega bo’ladi; proseduraga doir muammolar o’rtasidagi farq shunda ko’rinadiki, metodologik muammolar nisbiy mushohada ko’rinishida yechimga ega bo’lishi mumkin emas, baholash bilan bog’liq muammolar esa fanga mezon vazifasini bajaruvchi ko’rsatkichlar va mo’ljallarni olib kiradi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish