15
bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu yerga, quyoshu oyga, yomg„iru
shamolga yangi qiziqishini paydo bo„lishiga sabab bo„ldi.
Bu degani qudratli
ruhlarga bog„liqlik sezilarli va ko„zga tashlanadigan bo„lib qoldi. Iltijo va
qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to„g„risidagi
tasavvurlar keskin o„zgardi. Natijada qadimgi ruhlar -animistik sig„inish ob‟ekti
asta-sekin o„ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar
tashkil etilardi va ularda kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan
mutaxassis xizmatkorlar - kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik
tasavvurlar ham o„zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog„liq bo„lmagan
holda, hayvonlarni qadrlay boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar
avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir
sig„inilgan tangrida aks etishiga olib keldi. Aksar tangrilarning ko„rinishi hayvon,
qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo„lar edi. Bu mifologik
qahramonlarning yuqorida aytib o„tilgan tangriga qarindoshligi saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin xarakteri o„zgardi,
tangrilarning qudratli butlari,
mehroblar yoki cherkovlar yoniga o„rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba‟zan butlar o„rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi
foydalanildi.
Fetishizmning
rivojlanishida
bu
haykal
va
qurilmalar
ibodatxonalarning ramzi bo„lib xizmat qildi.
Afsun ham o„zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon yetkazish va
omadli ov bilan ta‟minlash, ruhlar yordamida o„z maqsadiga yetishishning ibtidoiy
usullari o„rniga yangi, puxta o„ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa
diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida
qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi.
Bunday
yangiliklardan biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo„lgan, hamda unga
asoslangan afsun prinsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu
istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari neolit
davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida nealit davrida yakunlandi.
Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo„rqqan holda uning yaxshi niyat
munosabatlariga juda qiziqar edi. Buning uchun qurbonlik) tabiat kuchlari
ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida
keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam
keltiradi va iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu
yerda barcha usul va prinsiplari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir
shamanga munsub bo„lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o„laroq, folbinlik
yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim
shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi.
Bu shartli belgilar ilohini
qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini
anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur‟a tashlashdan to murakkab chiziq,
yorug„ nuqta va chiziqlarni qo„shilishigacha bo„lar edi.
O„tilgan mavzu bo„yicha savollar
1.
Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz?
2.
Dinning paydo bo„lishi haqida tadqiqotchilar qanday fikrlar bildirishgan?
3.
Fetishizm dinning qanday ko„rinishi?
4.
Animizm qanday e‟tiqodga asoslanadi?
16
5.
Shomonlik deganda nimani tushunasiz?
Seminar uchun mavzular
1.
Dinning paydo bo„lish masalasi.
2.
Dining e‟tiqodlar va urf-odatlarning uyg„unlashuvi.
3.
Ijtimoi hayot tarzining diniy e‟tiqodlar shakllanishiga ta‟siri.
4.
Sehrgarlik faoliyati va ularning turlari.
5.
Hayvonlarni muqaddaslashtirish e‟tiqodi.
6.
Jonsiz narsalarga sig„inish shakllanishi.
7.
Ruh haqidagi tasavvurlar.
8.
Ibtidoiy dafn marosimlari.
Adabiyotlar
1.
Jo„raev U. Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., 1998.
2.
Men A. Istoriya religii. M., 1994.
3.
Mifi narodov mira. V 2-x tomax. M., 1973.
4.
Osnovi religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix
uchebnix zavedeniy. pod obsh.red. I.N. Yablokova. M. 1995.
5.
Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennie
religii. M., 1996.
6.
Religioznie tradisii mira. V 2-tomax. M., 1996.
7.
Religioznie tradisii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam.
Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997.
8.
Vasilev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M., 1997.
9.
Krivelev I.A. Istoriya religii. M., 1989.
10.Levi-Bryul. Pervobitnoe mishlenie. M., 1930.
“Umrning butun ma‟nosi
mavhumlikni to„xtovsiz zabt
etish,
tobora
va
hamisha
ko„proq bilishga intilishdir”.
E
Do'stlaringiz bilan baham: