Fanning maqsadi–
iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki vayozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllan- tirishdir.
Fanning vazifasi –talabalarga iqtisodiyot sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Muloqot madaniyati MULOQOT– tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. MULOQOT MADANIYATI, muloqot odobi – 1) og’zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg’u, so’z qo’llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa – aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o’rganuvchi bo’limi. Muloqot madaniyati ijtimoiy hodisa bo’lib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bog’liq holda taraqqiy etadi. Jamiyat a’zolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Muloqot madaniyati qoidalari va me’yorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Muloqot madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san’at, radio, televidenie va davriy matbuotning alohida o’rni bor. Ayniqsa, adabiy tilni me’yorlashtirish va Muloqot madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, o’quv va boshqa maxsus lug’atlar muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |