O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
«Xalqaro biznes» fani xalqaro va mahaliy biznesning farqli jihatlari, xalqaro biznes faoliyatini olib borish usullari, bozor konʼyunkturasini va unga taʼsir etuvchi omillar tahlili, rivojlanish anʼanalari, istiqboli hamda mamlakatda bu borada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab oladi. Talabalarning ushbu fanni oʼrganishi raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishida, biznes tarixi va rivojlanishining tendentsiyasi, istiqbollari hamda respublikada avtomatlashtirilgan tijorat tizimlari sohasidagi islohotlar natijalarini oʼrganishda va zamonaviy raqamli hamda internet texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va taʼlimning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni kengaytirish uchun zarur boʼlgan bilimlar bilan qurollantiradi. Shuningdek, bu fan jamiyatning har bir aʼzosini gʼoyaviy jihatdan yoʼnaltirish, maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli taʼsir koʼrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |