Fan/modul kodi


Valyuta riski va valyuta kelishuvi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Valyuta riski va valyuta kelishuvi. 
Xalqaro hisob-kitoblarda valyuta riski 
va valyuta kelishuvi mavjud bo'lib, xalqaro valyuta munosabatlarida ishtirok 
etuvchi tomonlarning iqtisodiyoti, moliyaviy holati va tashqi siyosatini 
barqarorligini oldini olish maqsadida tuziladi. 
Valyuta riski-
tomonlar o'rtasida tashqi savdo va kredit shartno-malarini 
imzolash jarayonida to'lov vositasi sifatida foydalaniladigan valyuta kursining 
o'zgarishi tufayli vujudga kelishi mumkin bo'lgan 
yo'qotishdir. 
Odatda valyuta kursi bahosining tushishi natijasida eksportyor va kreditor 
zarar ko'radi, to'lov valyutasi kursining oshishidan esa importyor va qarzdor 
moliyaviy mablag'larini yo'qotadi. 
Xalqaro hisob-kitoblarda valyuta riskidan ko'rilishi mumkin zararlarni 
oldini olish maqsadida 
himoya kelishuvi 
to'g'risida shartnoma shartlari joriy 
etiladi, bu shartlar eksporter va importer o'rtasida tuziladigan shartnoma va 
kontraktlarda ko'zda tutiladi. Bretton-vudse valyuta tizimi inqirozigacha bo'lgan 
davrda va oltin pariteti bekor qilinguncha oltin kelishuvlari qo'llanilar edi, bunda 
to'lov vositasining pariteti oltinga nisbatan o'zgaradigan farq summasi 
proporsional ravishda to'lab berilgan. 
Valyuta 
kelishuvi-
eksporter 
va 
importeriga 
to'lov 
vositasining 
qadrsizlanishidan himoya qilish bo'lib, to'lov valyuta kursining o'zgarishi 
natijasida vujudga keladigan farqni proporsional tarzda to'lab berish haqidagi 
kelishuvdir. 
Akkreditiv. 
Xalqaro 
hisob-kitoblar 
ichida 
akkreditiv 
juda 
ko'p 
qo'llaniladigan pul o'tkazmalarining shakli hisoblanadi. Akkreditiv bilan hisob-
kitobda importer benefitsarning nomiga akkreditiv ochish yuzasidan topshiriq 
beradi, akkreditiv summasi benefitsarning tovarlar etkazib berganligi yoki 
xizmatlarni ko'rsatganligini tasdiqlovchi hujjalari asosida uning hisobiga 
o'tkaziladi. 
Xalqaro akkreditiv bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi 
tomonlar ishtirok etadi: 


295 

importer, bankka akkreditiv ochish uchun murojaat qiluvchi; 

emitent-bank, akkreditiv ochuvchi bank; 

avizo qabul qiladigan bank, ushbu bank importer bankida benefitsar nomiga 
akkreditiv ochilganligi haqida xabarni eksporterga etkazadi va toiovni amalga 
oshiradi; 

benifitsar-eksporter, uning hisobiga akkreditiv ochiladi. 
Xalqaro hisob-kitoblarning akkreditiv shakli eksporterga to'lovni kafolatlashi 
bilan alohida ahamiyat kasb etadi, chunki eksporter va importer o'rtasida tuzilgan 
shartnoma summasi oldindan eksporterga xizmat ko'rsatadigan bankning 
akkreditiv hisobvarag'iga o'tkazib beriladi. Shuning uchun eksporterlar xalqaro 
hisob-kitoblarda to'lov qobiliyati nisbatan past importerlar va siyosiy-iqtisodiy 
jihatdan beqarorlik mayjud bo'lgan mamlakat eksporterlari toiovlarni amalga 
oshirishda ushbu shakldan foydalanishni afzal ko'radi. 
Akkreditiv qo'llanilishi darajasiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi.' 
1.
Emitent-bank akkreditivning shartlarini o'zgartirish nuqtai nazaridan, 
chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan 
akkreditiv-dan iborat. Agar 
importer va eksporter o'rtasida tuzilgan shartnomada chaqirib olinadigan akkreditiv 
ko'zda tutilgan bo'lsa, shartnomda kelishilgan muddat ichida importerning 
tovarlarni sotib olish yoki xizmatlar bo'yicha qarori o'zgarsa benifitsar foydasiga 
o'tkazilgan shartnoma summasini to'liq yoki qisman chaqirib olinishi mumkin. 
Chaqirib olinadigan akkreditivda esa importerga bunday huquq berilmaydi. 
2.
Sharnomada ko'rsatilgan summani benifitsarning akkreditiv hisobvarag'iga 
o'tkazishi nuqtai nazardan
ta'minlangan yoki ta'minlanmagan akkreditivga 
bo'linadi. Ta'minlangan akkreditivda importer shartnomada kelishilgan summa 
to'liq benefitsarning bankida deponentlanadi, ta'minlanmaganda esa ushbu summa 
importerning banki tomonidan kafolatlanadi. 
3.
3.Akkreditiv shartnomasida ko'rsatilgan summa bo'lib-borib, bir necha 
marta benefitsarning bankida ochilgan akkreditiv hisob varag'iga o'tkazilishi 
mumkin, akkreditivning bu turi 
to'ldirib boriladigan 
yoki 
revolver akkreditiv 
deb 


296 
yuritiladi. Akkreditivning ushbu shakli odatda ishlab-chiqarish jarayoni bir-biriga 
bog'liq bo'lgan eksporter va importerlar o'rtasida qo'llaniladi. 
Xalqaro hisob-kitoblarda qo'llaniladigan akkreditivning afzallik jihatlari 
ko'proq eksporterga tegishli bo'lib, unga jo'natilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmat 
uchun to'lov kafolatlangan. Biroq, importer benifetsar uchun ochilgan akkreditiv 
hisobvarag'iga mabalag'ni o'tkazishi natijasida uning ixtiyoridagi mablag' ma'lu m 
muddatga chetlashishiga sabab bo'ladi. 
Inkasso. 
Xalqaro hisob-kitoblarda qo'llaniladigan akkreditiv-larning asosiy 
mohiyati shundan iboratki, eksporter jo'natilgan tovarlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar 
uchun to'lovni undirib olish maqsadida o'z bankiga tegishli hujjatlar bilan birga 
inkasso to'lov hujjatini ham taqdim etadi. 
Xalqaro hisob-kitoblarning inkasso shaklida tovarlar harakati pul 
harakatidan oldinda yuradi. Shu bois ham ushbu hisob-kitobni amalga oshirishda 
tijorat kreditining bir ko'rinishi namoyon bo'ladi, bu eksporterlarni ma'lum darajada 
riskka duchor bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu o'z navbtida eksporter importerning 
moliyaviy holati va uning to'lovga qobiliyati haqida, shuningdek, importer boshqa 
mamlakatdan bo'lsa mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy ahvolni o'rganishi juda muhim 
hisoblanadi. 
Xalqaro hisob-kitoblarning shakli mahalliy inkasso hisob-kitoblardagi kabi, 
quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi. 
1. Eksporter tovarlarni junatgandan o'z bankiga tovarlarni jo'natganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga inkasso hujjatini taqdim etadi. 
2.
Eksporterning banki inkasso hujjatlarini xalqaro talablar doirasida 
tayyorlanganligini o'rganib chiqqandan so'ng SFIVT elektron tzlov tizimi 
orqali imporerning bankiga jo'natadi. 
3.
Importerning banki inkasso hujjatlari kelib tushganligi va to'lovni amalga 
oshirayotganligini unga xabar qiladi va mablag'larni eksporterning bankiga 
jo'natadi. 
4.
Eksporterning banki valyuta mablag'larini uning hisobvarag'iga kirim 
qilgandan so'ng bu haqda xabar beradi. 


297 
Xalqaro hisob-kitoblarning inkasso shakli qo'llanilganda valyuta kursining 
o'zgarishi, importerning moliyaviy holati yomon-lashuvi tufayli to'lovni amalga 
oshira olmasligi, importerning mam-lakatida siyosiy va iqtisodiy vaziyatning 
keskinlashuvi oqibatida eksporter moliyaviy jihatdan zarar ko'rishi mumkin. Shu 
bois ham eksporter xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda hisob — 
kitoblarning ushbu shaklini tanlashda juda ehtiyotkorlik bilan yondashadi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish