Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.)
1970 yillarning boshida AQSh iqtisodiy otida inflyatsiya darajasining
yuqoriligi Bretton-Vuds tizimi faoliyatini davom ettirishiga ham jiddiy xavf sola
boshladi. Inflyatsiyani oldini olish maqsadida 1971 yilning 15 avgustida AQSh
Prezidenti Nikson barcha ish haqi va narxlarni muzlatdi, shuningdek, Bretton-Vuds
tizimi qoidalariga mos kelmaydigan qarorlar qabul qildi.
284
Xususan, AQSh Yevropa mamlakatlari Markaziy banklari hisobvaraqlarida
yig'ilgan dollarni oltin bilan so'ndirish xususidagi talabini qondirishdan bosh tortdi.
AQSh Prezidenti oltin standartidan butunlay voz kechganligi to'g'risida axborot
berdi. Jahon pul tizimi 30 yillarning tartibsizligiga qaytdi.
1930 yillarda AQShda dollarni oltinga bog'liqligini saqlanishi, jahon pul
tizimidagi tartibsizliklami chuqurlashib ketishini oldini olgan edi. Endilikda, dollar
oltin bilan ta'minlanmagan oddiy qog'oz pulga aylangan edi. Bu o'z navbatida
iqtisodiy salbiy oqibatlarni: valyuta to'siqlari, devalvatsiyaning ortishi xalqaro
savdo va investitsiya faoliyatini to'xtashi kabi moliyaviy, iqtisodiy "urush"ni
yuzaga kelishiga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bo'lishiga jiddiy xavf
tug'dirdi.
Barcha davlatlar xavf solib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozni oldini olish
uchun turli chora-tadbirlar loyihalarini ishlab chiqdi.
1971 yil 18 dekabrda jahon pul tizimini saqlab qolish maqsdida AQSh
tomonidan ilgari surilgan taklif Yamayka konferentsiyasida muhokama qilindi va
tasdiqlandi. Ushbu kelishuvga asosan jahon valyuta tizimi oltin bilan
ta'minlanmagan bo'lib, Smitson kelishuvi nomini oldi. Shu davrdan boshlab, oltin
milliy valyutalarning ta'minlanganlik vazifasini bajarishni to'xtatdi.
AQSh Prezidenti Nikson tomonidan jahon valyuta tizimiga kiritilgan
yangilik, amaldagi Bretton-Vuds tizimi yoki 20 yillarning oltindeviz standartidan
ham ishonchsiz edi. Chunki, kelishuvga asosan mamlakatlar qat'iy belgilangan
valyuta kurslarini saqlashi bilan birga, yangi tizimga ko'ra valyutalar oltin yoki
boshqa jahon puUari bilan ta'minlanmaganligi bekor qilindi. Yevropa valyuta
kurslari sun'iy ravishda baholandi.
AQSh dollarining kursini doimiy 35 doll darajada bo'lishini ta'minlashi
to'g'risidagi kelishuvga asosan dollarning devalvatsiyasi 38 dollar qilib belgilandi.
Yangi valyuta tizimida valyutalarning yagona ayriboshlash qoidalarining
mavjud
emasligi,
ularni
qat'iy
ayriboshlash
kursini
amal
qilishida
kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shuningdek, Smitson kelishuvida AQShdagi
285
inflyatsiyani, dollar kursi va tashqi savdo kamomadini tartibga soluvchi
qoidalarning yo'qligi, iqtisodiy vaziyatni yanada chuqurlashtirdi.
Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida "yevrodollar" massasini muntazam
o'sishi, oltinga ayriboshlash shaklining barham topishi natijasida erkin bozordagai
oltinning bahosi 215 dollargacha ko'tarildi. Mamlakatlar valyuta ayriboshlash
kurslari o'rtasidagi nomutanosib-liklarni kelib chiqishi, dollarga yuqori baho
berilganligi va Yevropa, Yaponiya davlatlari valyutalari sun'iy baholanganligidan
dalolat bergan edi. Buning natijasida 1973 yilning fevral-mart oylarida jahon
moliya bozori ishtirokchilari sarosimaga tushdi. Chunki, dollarga ishonchsizlikni
yuqoriligi natijasida, mamlakatlar dollar xarid qilishdan bosh tortdi. Shunday qilib,
Smitson kelishuvi imzolanishidan bir yil o'tib, bu tizimni faoliyat yuritishi barham
topdi.
Smitson kelishuvida belgilangan qoidalarni o'zini to'liq oqlama-ganligi
dollarga bo'lgan ishonchsizlikni yanada kuchaytirdi. Moliya bozoridagi
tartibsizliklar dollar dealvatsiya qilinishini talab etdi. Qog'oz pullarning suzib
yuruvchi kursida, valyuta kurslari talab va taklifdan kelib chiqib erkin aniqlandi.
Bu esa, Yevropa valyuta birjalarida dollarni qadrsizlanishiga, nemis markasi,
Shveysariya franki va Yaponiya iyenasi kabi qattiq valyutalarni qadri ko'tarilishiga
olib keldi. Shu qatorda yevrodollar muammosining barham topishi bilan AQSh
to'lov balansi kamomadi ham me'yorlashdi. Chunki, dollar kursi tushishi,
AQShning jahon bozoridagi tovarlari bahosiga ijobiy ta'sir qildi va Amerika
eksportini o'sishini ta'minladi. O'z navbatida valyuta bozorini tartibga solish uchun
vaqti-vaqti bilan davlat tomonidan valyuta interventsiyasi o'tkazilishi, valyuta
bozorini erkin faoliyat yuritishiga ta'sir ko'rsatdi.
Keyinchalik ushbu tizimni amal qilishida ham qator kamchiliklar mavjudiligi
ayon bo'ldi. Chunki, qattiq valyutaga ega bo'lgan mamlakatlar milliy valyutasining
qadrini o'sishi iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi. Ya'ni milliy valyutaning
uzoq vaqt o'sish tendentsiyasiga ega bo'lishi, milliy ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini narxini o'sishiga, iste'mol tovarlari bozorini Amerika tovarlari bilan
to'lishiga olib keldi. Iqtisodiyotda shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida
286
boshqa davlatlar 1930 yillarda bo'lgani kabi, turli valyutaviy nazoratlar, valyuta
devalvatsiyasi va boshqa iqtisodiy me'yorlar joriy qilindi. Shuni ta'kidlash joizki,
dollarning qadrsizlanishi, Amerikada import tovarlarining bahosini o'sishiga ta'sir
ko'rsatdi. Boshqa davlatlarda arzon amerika tovarlariga bo'lgan talab yanada ortadi.
AQSh bozorlarida esa eksport tovarlarini hajmini kamayishi, ichki bozorda bunday
tovarlarning (go'sht va bug'doy) bahosini o'sishiga olib keldi. Aytish joizki,
dollarning qadrsizlanishi eksporterlarga ijobiy ta'sir ko'rsatayotgan bo'lsa, bu-
inflyatsiya solig'ini to'layotgan iste'molchilar to'lov qobiliyatiga salbiy ta'sir
ko'rsatgan.
AQShning 1971 yil avgustidan keyingi davrda oltin standartidan voz
kechishi va 1973 yil mart oyidan suzib yuruvchi valyuta kurslarini joriy qilinishi,
jahon valyuta tizimida uzoq vaqt inflyatsiyani saqlanishiga sabab bo'ldi. Qog'oz
pul nazariyasi tarafdorlari bo'lgan keynschilar va Milton Fridman kabi
iqtisodchilar, sanoatni rivojlanishi natijasida dollarni oltinga nisbatan kursi 8-10
dollargacha tushishini taxmin qilishgan edi. Amaliyotda esa Bretton-Vuds tizimi
joriy etilganda belgilangan oltin unsiyasi uchun 35 dollar, ushbu davr ichida
umuman pasaymadi. Aksincha, 1971 yillarga kelib oltinning bozor bahosi bir
necha marta oshib ketdi. Fransiyaning davlat maslahatchisi Jak Ryueff tomonidan
50-60 yillarda, oltin unsiyasi uchun 70 dollar miqdoridagi narx taklif qilinishi,
AQShning qarshiligiga sabab bo'lgan edi. Lekin 1970 yil boshiga kelib, oltinning
erkin bozordagi bahosi 70 dollardan bir necha marta oshdi.
1973 yilda butun davlatlar iqtisodiyotida hukm surayotgan inflyatsiyani
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tobora chuqurlashib bordi. Erkin bozorda narxlarni
shakllanishida noaniqliklar va beqarorlik yuzaga keldi. Bu jahon valyuta tizimini
qat'iy valyuta kurslariga va paritetiga asoslangan Bretton-Vuds tizimi qoidalaridan
chiqish bilan izohlanadi.
Ya'ni amaliyotga valyutalarning suzib yuruvchi kurslarini kiritilganligi,
oltinning rasmiy qiymatini yo'qolganligi va AQShning boshqa davlatlar Markaziy
banklari hisobvarag'larida yig'ilgan "yevrodollar"larni oltinga ayriboshlashdan
bosh tortishi, Bretton-Vuds tizimi tamoyillariga mutlaqo zid bo'lgan
95
.
287
Mamlakatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni va investitsiya
oqimini qayta tiklash maqsadida 1976 yil Kingston (Yamayka) shahrida bo'lib
o'tgan konferentsiyada Xalqaro valyuta fondi tomonidan yangi valyuta tizimi taklif
qilindi. 1978 yilning apreli oyida ratifikatsiya qilingan Yamayka kelishuvi,
valyutalarni qat'iy belgilangan kurslarini bekor qildi. Shu bilan birga, oltin likvid
aktiv sifatida Markaziy banklarda tayanch valyuta bo'lib qoldi. Xalqaro valyuta
jamg'armasi Yamayka kelishuvi doirasida davlatlarga valyuta kurslarini aniqlash
qoidalarini tanlash xuquqini berdi. Yamayka kelishuviga asosan oltin
demonetizatsiyasi ko'zda tutilgan. Ya'ni:
-
ikki davlat valyutalari nisbatida-oltin va oltin paritetining rasmiy qiymati
bekor qilindi;
-
davlat organlari va Markaziy banklar dollarni oltinga ayribosh-lash
to'xtatildi;
-
oltinni bozor bahosida sotish va sotib olishga ruxsat berildi;
-
mamlakatlarga valyuta kurslarini aniqlash rejimlarini tanlash xuquqi berildi;
-
valyuta kurslarini qat'iy belgilangan kursi o'raiga suzib yuruvchi valyuta
kurslari joriy etildi;
-
xalqaro valyuta jamg'armasiga, a'zo mamlakatlar valyuta siyosati ustidan
nazorat qilish vakolati berildi.
Suzib yuruvchi valyuta kurslarining doimiy o'zgaruvchanligi, ularning
barqaror faoliyat yuritishiga ta'sir ko'rsatishini oldini olish uchun a'zo
mamlakatlar, valyuta tizimida qabul qilingan qoidalar to'g'risida o'z vaqtida
Xalqaro valyuta jamg'armasini ogohlantirish majburiyatini oldi. Xalqaro valyuta
jamg'armasi,
a'zo
davlatlardan
batafsil
olingan
ma'lumotlarga
asosan,
mamlakatlarni valyutalarning uch kategoriyasidan biriga kiritadi:
-
bir yoki bir necha valyutalarga bog'langan valyuta;
-
ayriboshlash kursi bir yoki bir necha valyutalarga nisbatan egiluvchan
bo'lgan valyutalar;
-
egiluvchanligi yuqori bo'lgan valyutalarning ayriboshlash kursi.
288
Ta'kidlash joizki, Xalqaro valyuta jamg'armasi mamlakatlarni, uchta
kategoriya bo'yicha guruxlashtiradi va bu har yili o'zgarib turishi mumkin.
Masalan, 1983 yilda jahonning 38 mamlakati o'z valyutalarini dollarga bog'lagan,
1985 yilda ularning soni 31 tagacha, 1990 yilda 28 tagacha kamaydi. Aksariyat
davlatlar qattiq valyuta siyosati yuritib, valyuta tizimi kuchli nazorat ostiga olgan.
Shu o'rinda mamlakat valyuta ayriboshlash tizimini litsenziyalashtirilishi
97
natijasida valyutalar to'liq konvertatsiya qilinmaydi.
Yamayka valyuta tizimi Bretton-Vuds valyuta tizimiga nisbatan egiluvchan
bo'lib, mamlakatlar to'lov balansi va valyuta kurslari beqarorligiga moslashuvchan
hisoblanadi. Shu bilan birga, Yamayka valyuta tizimini amal qilishi jarayonida, bir
qator murakkab muammolar mavjudligi ko'zga tashlandi. Xususan, SDR
standartining samarasizligi
98
, yuridik jihatdan oltin demonetizatsiya qilinishi va
xaqiqatda
esa,
uning
jahondagi
likvid
aktiv
sifatida
zaxirada
shakllantirilayotganligi, suzib yuruvchi kurslar tizimining mukammal emasligi
bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |