Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Bobga oid savollar


302 
1.
Xalqaro valyuta tizimining mohiyati. 
2.
Mahalliy valyuta tizimining elementlari 
3.
Xalqaro valyuta tizimining elementlari 
4.
Xalqaro valyuta tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishidan ko'zlangan bosh 
maqsad nima? 
5.
Oltin standard tizimini joriy etilishi va uni afzalliklari 
6.
Oltindeviz standartini joriy etilishi va uning salbiy oqibatlari 
7.
Bretton-Vuds konferentsiyasiga asosan tashkil etilgan valyuta tizimining 
qoidalari va inqirozga uchrashining sabablari nimalardan iborat? 
8.
Yamayka valyuta tizimini tashkil etilishi va uning asosiy tamoyllari 
nimalardan iborat? 
9.
Xalqaro munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga qanday omillar 
ta'sir qilgan. 
10.
Valyuta kursining turlari. 
11.
Xalqaro hisob-kitoblarning mohiyati va turlari. 
12.
"Loro" va "nostro" hisob raqamlarning mohiyati. 
13.
Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari. 
14.
Valyuta riski va valyuta kelishuvi. 
MAVZU: XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI, ULARNING MAQSADI 
VA FUNKSIYALARI 
REJA: 
1.
Xalqaro moliya institutlari va ularning vujudga kelishi 
2.
Osiyo taraqqiyot banki, uning maqsadi va funksiyalari 
3.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki 
 
Xalqaro moliyaviy institutlarining umumiy xarakteristikasi
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutesional tuzihshi 
tuzilishi o’ z ichiga ko'plab halqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning 
ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo'lib, dunyo iqtisodiyoti 


303 
va moliya-kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari 
hukumatlararo moliyaviy masalalarm muhokama etish, moliya — kredit siyosati 
bo'yicha tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko'rsatish bilan 
shug'ullanadi. Yana boshqalari axborot yig'ish, muhim valyuta-kredit va moliya 
muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga 
oshiradi. 
Bu institutlarning asosiy maqsadi-xalqaro va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy 
doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, 
yumshatish hamda ularning o'zaro ham-korligini ta'minlashga qaratilgandir. 
Dunyoda global ahamiyatga ega bo'lgan xalqaro moliyaviy institutlar 
tarkibiga BMTning xayrxohligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro 
valyuta jamg'armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti 
kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar. Birlashgan millatlar 
tashkiloti (BMT) ning faoliyati bilan bog'liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy 
masalalarai hal etishda bevosita ishtirok etadi. 
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi-iqtisodiy kengash-Yevropa, Afrika, 
Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin 
Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo 
taraqqiyot banki (ATB) ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus 
jamg'armalar bu tashkilotlarni to'ldirib turadi. 
«Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda 
tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, keyinchalik Yevropa to'lov 
ittifoqining tashkil etilishiga yo'naltirilgan (1950-1958 yillar), 1960 yilda esa 
iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IXTR
99
, Parij) almashtirilgan. 
Hozirda bu tashkilot o'z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga-tashkilotga 
a'zo mamlakatarda iqtisodiy o'sishga ko'maklashish, moliyaviy barqaror-likka 
qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, diskriminatsion 
qarama-qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko'rsatish 
kabilar kiradi DCRT ramkasida 100 ga yaqin qo'mita faoliyat kursatadi. 


304 
Ularning 
tarkibiga 
Noqonuniy 
yo'l 
bilan 
topilgan 
daromadlarni 
legallashtirishga qarshi kurash gruppasi (FATF) ham kiradi. Bu tashkilot 1989 
yilda tashkil etilgan va EXRTga a'zo mamlakatlar bilan hamkorlikda noqonuniy 
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash ishlarini amalga oshiradi. 
IXRTning maqsadi-erkin savdoga, yosh davlatlarning rivoj-lanishiga, a'zo 
mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga 
ko'maklashashishdir. DCRT-o'ziga xos klub bo'lib, yiliga 2 marta sanoati 
rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashish va iqtisodiy siyosatni 
muvofiqlashtirish, valyuta-kredit va moliya siyosatni samaradorligini oshirish
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, jahon iqtisodiyotining ekonometrik andozalari 
asosida halqaro qiyoslash va bashoratlarni ishlab chiqish borasida yig'ilib turadi. 
Kreditor mamlakatlaming Parij klubi-rivojlangan mamlakatlaming norasmiy 
tashkilotidir. Bu yerda mamlakatlaming davlat qarzlari bo'yicha to'lov muddatlarini 
boshqarish muammolari muhokama qilinadi. Bir tomonlama moratoriyadan(to'lovni 
uzaytirish) qochish maqsadida kreditorlar tashqi qarzlarni qayta ko'rib chiqish 
shartlari haqida qarzdorlar bilan «yuzma-yuz» bitimlar olib boradi. Klub faoliyati 
1956 yilda tashkil etilgan bo'lib, Argentina kreditorlari Parijga qarzdorlar bilan 
muzokaraga taklif qilingan paytga to'g'ri keladi. 
Parij klubining majlislarida XVJ, Jahon banki va boshqa yirik moliyaviy 
institutlardan kuzatuvchilar ishtirok etishadi va ko'pincha tashqi qarzlarning joriy 
yilda to'lanishi lozim bo'lgan qismi ko'rib chiqiladi. 
Xususiy bank-kreditorlarning norasmiy London klubi 1976 yildan faoliyatini 
boshlagan boiib, qarzdor mamlakatlaming xususiy tashqi qarzlarini tartibga solish 
muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va Parij klubi bilan iqtisodiy 
hamkorlik olib boradi. 
1970-yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy-iqtisodiy muam-molar dastlab 
"yettilik", keyinchalik Rossiya Federtsiyasi qo'shil-gandan so'ng "sakkizlik", 
Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va Shvetsiya qo'shilgandan keyin "o'nlik" 
davlat va hukumat rahbarlari darajasida hal etilishi yo'lga qo'yildi. "O'nlik" 
mamlakatlar rahbarlari yig'ilishida asosiy e'tibor xalqaro valyuta-kredit 


305 
masalalariga qara-tiladi va "har kim o'zi uchun", ya'ni markazga intilish 
tendentsiya-lariga qarama-qarshi bo'lgan halqaro hamkorlik va liberalizm ta-
moyillari asosida ish ko'rishga intiladi. 
Halqaro moliya institutlari, Halqaro xisob — kitoblar (HHKB, 1930 yil) 
bankidan tashqari, asosan ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo'lgan. 
Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar berish, jahon valyuta 
tizimining amal qilish tamoyillarini ishlab chiqish, halqaro valyuta-kredit va 
moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish bilan shug'ullansada, ulami 
tashkil etilishining tub sabablaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy 
mustaqillikni joriy etish, ularning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy 
iqtisodiyotda vujudga kelayotgan muammolami mintaqa va xalqaro darajada 
yechish masalalariga qaratilgan. 
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga 
quyidagi omillarni keltirish mumkin: 
1.Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash borasida kuchlarni 
umumlashtirgan holda hamkorlikda faoliyat yuri-tish. 
2.
Davlatlararo valyuta va moliya-kredit siyosatini tartibga solish 
yuzasidan xalqaro andozalami yaratish va amaliyotga joriy etish. 
3.
Hamkorlikda jahon valyuta va moliya-kredit siyosati yuzasidan 
strategik taktikani ishlab chiqish. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish