Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Jahon banki
Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy muassasa 
hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va uning 
bo'limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish assosatsiayasi (XRA), Xalqaro moliya 
korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi 
(IXKA) va Investitsion munozaralarni tartibga solish bo'yicha xalqaro markazi 
(MXM) kabi moliyaviy tashkilotlarni o'z tarkibiga oladi. 
JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivojlanish bankining 
vazifalarini bajaradi, keyingi ikkitasi esa rivojla-nayotgan va iqtisodiyoti o'tish 
jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarga investitsiya oqimlarini 
rag'batlantirish bilan shug'ul-lanadi. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 
guruh tarkibida bosh tashkilot sifatida 
Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan birgalikda Bretton-Vudseda 1944 yil 1-22 
iyulda boiib o'tgan xalqaro konferentsiyada tashkil topgan bo'lib, faoliyatini 1946 
yil iyuldan boshlagan. 
XTTBning resurslari ikkita manba: 

birinchisi, aksiyadorlarning kapitali (6 foiz atrofida) hisobidan; 

ikkinchisi, xalqaro moliya bozorlarida aksiyalarni joylashtirish orqali (95 
foizga yaqini) shakllantiriladi. 
Tashkiliy jihatdan XTTB aksiyadorlik jamiyati tamoyili asosida tashkil 
etilgan. XTTBda aksiyadorlarni ovoz berish soni ularning ustav kapitalidagi ulushi 
doirasida aniqlanadi. XTTBda asosiy ovoz berish huquqi AQShga (16, 8%) 
tegishli, bu AQShga bankda qabul qilinayotgan qarorlarga veto qo'yish huquqini 
ta'minlaydi, qarorlarni qabul qilinishi uchun umumiy aksiyadorlarning 85 foizi 


309 
ovoz berishi lozim bo'ladi. Ovozlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda Yaponiya (8%) 
turadi, shuningdek Germaniya (4, 6%), Buyuk Britaniya va Fransiya (4, 4% dan) 
mamlakatlari sezilarli ovozlar soniga ega. 
XTTBning boshqaruv organi Boshqarav kengashi va Direktor (ijrochi organ) 
dan iborat bo'lib, Boshqaruv kengashi tarkibi unga a'zo mamlakatlar moliya vaziri 
yoki markaziy banki boshliqlaridan tashkil topadi. Boshqaruv kengashi har yili bir 
marta yig'ilib tegishli qarorlarni Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan kelishgan holda 
qabul qiladi. Bank siyosiy o'yinlardan holi emas, u tashkil topgandan buyon 
amerika fuqarosi bo'lgan shaxslar tomonidan boshqarib kelinmoqda. 
XTTB tashkil topganda unga 38 mamlakat a'zo bo'lgan bo'lsa, 2004 yil iyun 
oyida ularning soni 184 taga yetgan. XTTBning asosiy faoliyati investitsion 
loyihalarni kreditlashga qaratilgan. 
XTTBning 1950-60 yillarga qadar asosiy maqsadi a'zo-mamlakatlarning 
xalq xo'jaligini tiklashga qaratilgan bo'lib, 1960 yillardan so'ng ijtimoiy loyihalarni 
kreditlash masalasi birinchi darajaga ko'tarildi. Buning asosiy sababi ko'pchilik 
mamlakatlarda iqtisodiy o'sish sura'tlari barqaror ko'rsatikichga ega bo'lsada, boy 
va kambag'allar o'rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud bo'lib, bu esa o'z 
navbatida turli ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo'lar edi. Shu bois, 
XTTB o'z kreditining asosiy qismini aynan shu muammolarni hal qilishga 
yo'naltira boshladi. 
XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli 
iqtisodiy inqirozlar natijasida kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda 
takomillashtirib o'zgartirib borishga majbur edi. Masalan, 1990 yillardan keyin yuz 
bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni bo'lishida XFJ va XTTB jiddiy tanqid 
ostiga olindi. 
Quyidagi rasmda XTTBning kreditlarini tarmoqlar kesimidagi tarkibi 
keltirilgan. Rasmdan 1998 yilda bank tomonidan berilgan kreditlarning deyarli 30 
foizi moliya sohasiga berilganligi, 2008 yilda kreditlarning asosiy qismi davlat 
boshqaruvi hissasiga to'g'ri kelganligini ko'rish mumkin. Bu XTTBning kredit 


310 
siyosatini unga a'zo-mamlakatlarda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 
natijasida o'zgarib borayotganligini anglatadi. 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi 
(XRA) 1960 yilda tashkil etilgan bo'lib, 
XTTB va XRA boshqaruv tartibi bir xil va ular bitta bank prezidenti tomonidan 
boshqariladi. XTTBning moliyaviy resurslari muomalaga chiqarilgan qimmatli 
qog'ozlar bo'lsa, XRAning resurs manbasi a'zo-mamlakatlarning badallari va 
XTTBning foydasi hisoblanadi. XRA 20, 25 va 40 yil muddatga, 10 yillik imtiyoz 
davri bilan kreditlar beradi. Berilgan kreditlar bo'yicha foizlar hisoblanmaydi, 
biroq juda yuqori bo'lmagan 0, 75 foiz miqdorida komission toiovlar undiriladi. 
Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yillik daromad 875 AQSh dollaridan kam 
bo'Igan mamlakatlar XRAning kreditiga da'vogarlik qilishi mumkin. Dunyo 
bo'yicha bunday mamlakatlar soni taxminan 81 tani (2008 yil) tashkil etib, ushbu 
mamlakatlarda 2, 5 mlrddan ortiq aholi yashaydi. XRAning kreditlari asosan 
ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligini rivojlantirishga yo'naltirladi. Unga 
XTTBga a'zo-mamlakatlar kirishga haqli bo'lib, lekin ko'pchilik mamlakatlar bu 
imkoniyatdan foydalanmaydi, shuning uchun XTTBga a'zo bo'Igan 184 ta 
mamlakatdan faqat 164 tasi uning a'zosi hisoblandi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish