Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda
Yevropa parlamentining yig'ilishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB)
ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so'ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi
kelishuvga asosan EETB ta'sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga
kirdi.
1991 yil 15-17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi yig'ilishi
bo'lib o'tdi va unda bank ta'sischilari bo'Igan 40 ta mamlakat va 2 ta xalqaro
tashkilot, ya'ni Yevropa ittifoqi (EI) va Yevropa investitsiya banki (EYU) ishtirok
etdi.
ETTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda ko'ri-shimiz
mumkin. 1991 yilning noyabrida ETTBning Varshava vako-latxonasi ochildi va
Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga a'zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda
ETTBning aksiyadorlari 60 mamlakat, EI va ESH xalqaro tashkilotlar hisoblanadi.
Umumiy imzo-langan kapital-1964 mlrd yevro, to'langan kapital-5, 2 mlrd yevro.
ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor muno-sabatlarini
rivojlantirish va jahon iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ETTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy
Yevropa mam-lakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali iqtiso-
diyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat. Bugungi
312
kunda ETTB loyihalari Yevropa va Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda. Boshqa
xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o'laroq, bank nizomiga asosan loyiha amalga
oshirilayotgan davlatlarda ko'p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti
tamoyillari amal qilishi shart.
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali:
-
sanoatda tarkibiy islohatlar o'tkazish;
-
raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish;
-
moliyaviy tashkilotlar faoliyati va huquqiy tizimni barqarorlashtirish;
-
xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo'llab quvvatlash;
-
korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni muhofaza
qilish masalalari moliyalashtiriladi.
ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi,
direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi
ETTBning yuqori organi bo'lib, bankning har bir a'zosidan ikkitadan shaxsni
boshqaruvchi va uning muovinini o'z ichiga oladi. ETTBga a'zo mamlakatlar
xohishiga qarab, bu shaxslar istalgan vaqtda o'zgartirilishi mumkin.
Direktorlar kengashining 23 a'zosi bo'lib, uning ikkitasi EI va ESH
tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va
Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to'g'ri
keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 ta-si istisno tariqasida loyiha amalga
oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga
oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko'ra saylanadi. ETTBni yig'ilishlarida ovoz
berish tartibi aksiyalar ulushiga qarab belgilanadi.
ETTB ustav kapitali tarkibida EI va EEBning kvotalari 51 % ni, Markaziy
va Sharqiy Yevropa davlatlariniki-13%, boshqa Yevropa mamlakatlariniki-11%,
boshqa a'zo mamlakatlar hissasiga-24 % kvota to'g'ri keladi. Bankning kapitali
tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10%), Italiya, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya
va Yaponiya (8, 5 % dan) mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi.
ETTBning kredit siyosatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, asosan a'zo-
mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat
313
kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli
qog'ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrastrakturasini rivojlantirish va
eksport-import operatsiyalari bo'yicha dasturlarni qo'llab-quwatlash masalalari
alohida o'rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |