Fan/modul kodi


Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

 
Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari. 
Naqd pul aylanmasi bu pullarning naqd ko‘ rinishidagi harakatlarining 
yig‘ indisidir. Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining 
doimiy ravishda takrorlanishidir. 
Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘ larining naqd ko‘ rinishidagi aylanmasidir. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada 
rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘ lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. 


AQSh va Yaponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘ lovlar rivojlangan. 
Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘ lovlar 
rivojlangan. 
Muomiladagi naqd pullar. FZT naqd pullarni chiqaradi. (Bu kulrang
yashil qog‘ oz bo‘ laklari yuqori qismida "Federal Reserve Note" yozuvi 
bo‘ ladi ). Muomiladagi naqd pullar – bu aholi qo‘ lidagi naqd pullar 
hajmi.Depozit tashkilotlarining seyfidagi naqd pullar markaziy bank 
passivi, lekin rezerv pul hisoblanadi.)
47
Naqd pulli hisob – kitoblar bevosita naqd pullar bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda pul 
aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblarning ulushi sezilarsiz darajada bo‘ lib, 
taxminan 5 – 12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pulli 
hisob – kitoblar ulushining pastligi yoki ortib borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish 
darajasi, moliya – kredit tizimi va milliy valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator 
omillar bilan izohlanadi. 
Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib 
ko‘ rsatiladi: 
1)
moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi; 
2)
bozor qatnashchilarining mablag‘ larni sarflash yuzasidan iqtisodiy 
erkinligi; 
3)
ta‘ sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi; 
4)
nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun 
hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi; 
5)
pul mablag‘ lariga egalik qilishning legitimligi. 
Naqd pul aylanmasini tashkil qilish quyidagi printsiplar asosida amalga oshiriladi: 
1.
Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni me‘ yoriy huquqiy 
asoslarining mavjudligi. Masalan, Markaziy bankning kassa operatsiyalarini amalga 
oshirish to‘ g‘ risidagi yo‘ riqnomasi muhim meyoriy hujjat bo‘ lib hisoblanadi. 
2.
Barcha korxonalar va tashkilotlar o‘ zlarining naqd puldagi mablag‘ larini 
tijorat banklarida saqlashlari shart. 
3.
Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd pul saqlab 
turishga ruxsat etiladi. Buning uchun ularning kassasiga tijorat banklari tomonidan limit 


belgilanadi. Bu limit ko‘ zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi. 
4.
Naqd pullardan maqsadli foydalanish printsiplari 
Banklardan korxonalar naqd pullarni pul cheklari orqali oladi. Pul chekida nima 
maqsadda naqd pul olinayotganligi ko‘ rsatiladi. 
To‘ lovlar ma‘ lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda pullik 
to‘ lovlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud: 
1.
Kalendar ketmaketlik. 
2.
Maqsadli ketmaketlik. 
Kalendar ketma – ketlikda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‘ lgan bo‘ lsa, o‘ sha 
to‘ lanadi. Bu ketma-ketlik taraqqiy etgan mamlakatlarda qo‘ llaniladi. 
Maqsadli ketma-ketlikda to‘ lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga qarab to‘ lanadi. 
Bu ketma-ketlik rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan O‘ zbekiston Respublikasida 
qo‘ llaniladi.Har qanday pullik to‘ lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi 
subektlarining joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘ lari hisobiga to‘ lanadi. Joriy hisob 
raqamlar AQSh bank amaliyotida transaksion depozit hisob raqanlari, Germaniyada jiro 
hisob raqamlari, Rossiyada ―depoziti do vostrebovanie‖ deyiladi. Fransiyada joriy hisob 
raqami deyiladi, O‘zbekistonda talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari deyiladi. 
Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi: 
1)
Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi orqali (Tijorat banklarining 
buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo‘ lgan qo‘ shimcha talab 
yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish 
uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya 
qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga etkazadi. Emissiya 
qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi ―Majburiyatlar 
moddasi‖ ko‘payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan 
―Vostro‖ vakillik hisob raqamining qoldig‘i ana shu summaga kamayadi. 
2)
Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning 
tuman va shahar filiallari bo‘ lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa 
ijrosini 
amalga 
oshirish 
maqsadida 
tijorat 
banklarining 
xizmatlaridan 
foydalanishga majbur bo‘ ladilar. Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari 
xarajatlarini naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan 


summaning naqd pul ta‘ minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshirilinadi. 
Markaziy Bank inkassatsiya xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga etkazib 
beradi. Etkazib berilgan naqd pulning naqd pulsiz ekvivalienti tijorat bankining 
hisob raqamidan echib oladi. 
Naqd pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi: 
Naqd pul aylanmasi – bu pullarning naqd shakldagi harakatlari yig`indisidir. 
Naqd pul aylanmasi tarkibi va qism umumiy nom bilan iyrarxik qism deyiladi. 
1.
Markaziy bank va tijorat banklar o‘ rtasidagi naqd pul aylanmsi. 
Davlat budjetining kassa ijrosi bilan bog`liq naqd pul aylanmasi Markaziy 
bankning tuman va shahar filiallari bo‘ lmaganligi sababli u davlat budjetining 
kassa ijrosini amalga oshirishda tijorat banklarinig xizmatlaridan foydalanishga 
majbur. Moliya vazirligi davlat budjeti xarajatlari naqd pullik ta‘ minotining tijorat 
bankining NOSTRO hisob raqamiga naqd pulni tashlab beradi. Markaziy bank 
tijorat bankiga budjet xarajatlariga naqd pullik ta‘ minotiga inkassatsa xizmati 
orqali yetkazib beradi. Yetkazib berilgan naqd pulning naqd pullik ekvivalenti 
tijorat banklarining NOSTRO vakillik hisob raqamidan olib qo‘ yiladi. 
2.
Tijorat banklari o‘ rtasidagi banklar va ularning mijozlari o‘ rtasidagi naqd 
pullik aylanmasi. Barcha naqd pul ko‘ rinishidagi pullarini tijorat banklariga 
topshirishlari shart.Tijorat banklari o‘ z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini 
moliyalashtrish uchun naqd pullar beradi (Ish haqi, mukofot, mehnat ta‘ tili pullari 
va boshqalar): 
a)
Naqd pulning tijorat banklari uchun daromad keltirmaydigan aktiv 
hisoblanadi. Shu sababli bank kassasidagi ortiqcha pullarni unga muxtojlik 
sezayotgan banklarga foiz hisobiga sotadi; 
b)
Banklar mijozlarga kassa xizmati ko‘ rsatadi ya‘ ni, ularning naqd 
pullarini qabul qiladi va ularga naqd pul beradi; 
3.
Korxonalar, tashkilotlar va aholi o‘ rtasidagi naqd pul aylanmasi. 
Bunda korxona tomonidan aholiga ish haqi, stependiya, pensiya, nafaqa, 
dividentlar, sug`urta qoplash summalari kabi to‘ lovlarni amalga oshiriah bilan 
bog`liq bo‘ lgan naqd pul aylamasi ko‘ zga tutiladi. 
4.
Aholi o‘ rtasidagi naqd pul aylanmasi. 


1.
Naqd pulsiz hisob kitoblar tizimi yuqori darajada rivojlangan. Naqd pul 
muomalasi bilan asosan aholi shug‘ ullanadi. Plastik kartochkalarga asoslangan 
to‘ lov amaliyotining rivojlanganligi naqd pullarga bo‘ lgan talabni qisqartirish 
imkonini bergan. 
2.
Xufyona iqtisodiyotni kichik salmoqqa ega ekanligi. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqd pul aylanmasini qisqartirishda eng 
samarali usul sifatida p;astik kartochkalar va pullik cheklarni rivojlantirish usuli 
qo‘ llanilgan. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish