Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Spekulyativ motiv 
Agar Keynsning nazariyasi ya‘ ni aholi pulni kutilmagan vaziyatlar va har kungi 
xarajatlar uchun saqlash bilan chegaralanib qolganida bunda pulga bo‘ lgan talab 
faqatgina daromadlar hajmi bilan aniqlanar edi va Keynsning yondashuvi klassiklarning 
yondashuvidan farq qilmas edi. Ammo u shuningdek pulni boylik to‘ plash sifatida ham 
qaragan va bu saqlash metodni spekulyativ metod deb qaragan. Boyliknig daromad 
bilan uzviy bog‘ ligidan kelib chiqib Keyns qayd etadiiki, pulga bo‘ lgan talabning 
spekulyativ tarkibi daromadga bog‘ liq. Keyns aktivlarni bo‘ ldi, boylikni saqlash 
vositasi kabi ishlatiladiganlarni ikki kategoriyaga pullar va obligatsiyalarga 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-MAVZU: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI 
REJA: 
 
1. Pul aylanmasi‖ tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining 
tarkibiy tuzilishi. 
 
2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari. 
 
3. Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari. 


 
4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari. 
 
5. To‘ lov tizimi va uning rivojlanish bosqihclari. 
 
6. Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar 
 
 
Pul aylanmasi tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining 
tarkibiy tuzilishi. 
Pul aylanmasi-bu pulning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlari 
yig`indisidir. Pulning doiraviy aylanishi – bu pulning bir qo‘ ldan ikkinchi 
qo‘ lga o‘ tishidir. Pulning doiraviy aylanishining takrorlanishi pulning aylanishi 
deyiladi. Demak, pul aylanmasini pulning aylanishi sifatida talqin qilish mumkin. 
I. Shakerning ta‘ rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va naqd 
bo‘ lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo‘ lib, bunda pullar 
muomala vositasi va to‘ lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning bir qo‘ ldan 
ikkinchi qo‘ lga o‘ tishini Shaker doiraviy aylanish deb atadi. Pullarning bir 
subektdan ikkinchi subektga otishi, pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi 
pulning aylanishi deyiladi. 
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul 
aylanmasini tashkil etadii. Naqd pul aylanmasi – bu qog‘ oz pullar va tanga 
pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon 
bo‘ ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar 
o‘ rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga 
xizmat qiladi. Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan 
amalga oshirilayotgan to‘ lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning 
barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar 
ta‘ sir qiladi. Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun 
uning ob‘ ekti va sub‘ ektlariga e‘ tibor berish maqsadga muvofiq. Pul 
aylanmasi sub‘ ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, 
kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va 
tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob‘ ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar 
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya‘ ni aylanmalar 
hisoblanadi. Pul aylanishi tushunchasi – bu ma‘ lum davr davomida 
iqtisodiyotda pulning qanchalik darajada tez ko‘ chishib yurishi jarayonini 


anglatadi. Bu ko‘ rsatkich nominal YaIM ni pul taklifiga (
M
2
) bo‘ lish orqali 
topiladi. Shuningdek bu mamlakatdagi umumiy pul massasini aylanish darajasini 
bildiradi ya‘ ni masalan, 1 dollarni necha marta tovar yoki xizmatlar sotib olish 
uchun ishlatilinish darajasidir. Pul aylanishi tushunchasini yanada aniqroq 
tushunishimiz uchun 2 ta A va B shaharchalarni olamiz. A shaharcha maydoni 
kichikroq biroq aholi soni B shaharchanikidan ko‘ proq. Shunga ko‘ ra, A 
sharchada bank strukturasi yaxshi rivojlangan, tadbirkorlik faoliyati ham yuqori 
darajada tashkil qilingan. A shaharchada bank muassasalari soni ko‘ p bo‘ lib, 
pulni istalgan shaklda ishlatish bu sharcha aholisi uchun muammo emas. 
Natijada, bu shaharcha iqtisodiyotida pul aylanishi ko‘ rsatkichi yuqori bo‘ lib, 
bu uning iqtisodiyot ko‘ rsatkichlari yaxshi bo‘ lishiga ham olib kelgan. Boshqa 
tomondan esa, B shaharcha maydon jihatdan A shaharchadan katta bo‘ lsa ham, 
aholi soni bo‘ yicha undan kichkina. Bank faoliyati yaxshi rivojlanmagan hamda 
bank tashkilotlari soni yetarli emas. Tadbirkorlik faoliyati ham o‘ z-o‘ zidan 
rivojlanishi past darajada bo‘ lib, bank orqali bo‘ ladigan hisob- kitob 
operatsiyalari yaxshi rivojlanmagan. Natijada aholi qo‘ lidagi pul mablag‘ larini 
banklarga ishonib topshirish tushunchasiga ega emas va bu B shaharchaning 
iqtisodiyoti barqarorligiga ta‘ sirini ko‘ rsatgan. 
Bu ikki holatdan shuni aytish mumkinki, agar biror hududda pul aylanish darajasi 
qanchalik darajada past bo‘ lsa, pul aholi qo‘ lida shuncha kam aylanadi hamda pul 
massasining iqtisodiyotga ta‘ siri ham sezilarsiz bo‘ lishi kuzatiladi. Pul aylanish 
darajasiga ta‘ sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin: 

Hududdagi moliyaviy tashkilotlar soni 

Aholining umumiy soni 

Amalga oshiriladigan pul o‘ tkazmalari miqdori 
Xorijiy Iqtisodchi olimlardan biri Ludwig von Misesning ta‘ kidlashicha pul aylanishi 
tushunchasining asosiy mohiyati shundan iboratki, bu jarayonni nafaqat butun bir 
iqtisodiyot darajasida balki, alohida individuallar faoliyati misolida o‘ rganish kerak. Shu 
jihatdan pul aylanishi jarayonini o‘ rganishda narxlar va xarid qilish qobilyati bo‘ yicha 
tatbiq etish har doim ham to‘ g‘ ri bo‘ lmasligi mumkin. 
Yana bir iqtisodchi olim Helmut Creutz pul aylanishi tushunchasini xarid qilish 
jarayonidan tashqari qarz va qayta tolovlar miqdoriga ham bog‘ lab 




o‘ rganadi. Bu olim pul aylanishini 3 xil ko‘ rinishda turli jarayon bo‘ yicha 
tasvirlaydi. 
Pul aylanishi to‘ lovlar va qarz bo‘ yicha olib qaralganda 
Yuqorida keltirilgan jarayonni boshi ham oxiri ham mavjud emas. Ya‘ ni bu 
jarayonda qaralayotgan mablag‘ qanaqa maqsadda ishlatilmasin, u to‘ xtovsiz 
harakatda bo‘ ladi. Bunda A, B…E lar iqtisodiyotdagi barcha sub‘ ektlar bo‘ lib, 
agar bu jarayonda masalan, A sub‘ ekt B ga xaridi uchun pul to‘ lagan bo‘ lsin. 
B sub‘ ekt esa bu pulni C ga qarz sifatida beradi va C o‘ sha pulga D dan tovar 
sotib oladi. E su‘ bekt esa A ning ko‘ rsatgan xizmati uchun to‘ lovni D dan 
qarz sifatida oladi. Bu jarayonda muomalada aylanayotgan pul tovar va 
xizmatlarga to‘ lov uchun 3 marta, qarz munosabati uchun esa 2 marta ishlatildi. 
Agarda B sub‘ ekt mablag‘ ini qarz munosabatiga yo‘ naltirmasa, bunda jarayon 
buzilishi mumkin. 
1.
To‘ lovlar va qarzdorlik to‘ lovlari bo‘ yicha pul aylanishi jarayoni: 


Bu jarayonda A sub‘ ekt C dan tovar sotib oladi, C esa o‘ zining kreditorlik 
qarzini B ga to‘ laydi va natijada B sub‘ ekt E dan mahsulot sotib oladi. O‘ z 
navbatida E sub‘ ekt ham D ga o‘ z qarzini qaytaradi va D bu mablag‘ ga A da 
tovar yoki xizmatlar sotib olishi mumkin. 
2.
Pul aylanishi bank orqali yoki uni vositachiligida yuzaga kelganda: 


Bunday jarayonda endi A sub‘ ekt B dan bank cheki orqali mahsulot sotib oladi va 
qolga jarayon ham yuqoridagi kabi davom etgan holda chek bo‘ yicha hamda bank 
vositachiligida to‘ lovlar amalga oshiriladi. Buyuk iqtisodchi Karl Marks esa bu 
jarayonni asosan tovar va pulga bog‘ lab tushuntiradi. Unga ko‘ ra pul aylanishining ilk 
oddiy ko‘ rinishi talab va taklif asosida amalga oshiriladigan savdo-sotiq jarayonida 
vujudga keladi. Bunda sotish ham sotib olish ham va pul ham bir-biriga uzviy aloqador 
bo‘ lib, sotuvchi tovar yoki xizmatga, xaridor esa pulga ega bo‘ ladi. Shunga ko‘ ra, pul 
aylanishini asosiy vositasi asosan xarid vositasi sifatida namoyon bo‘ ladi va bu pul 
aylanishi jarayonida turli vazifalarni bajaradi. Xarid qilish jarayonida pul sotuvchi 
qo‘ liga, tovar esa xaridor qo‘ liga o‘ tadi.u holatda esa tovar va pul qarama qarshi 
yo‘ nalishda harakat qiladi. Pul aylanmasi sub‘ ektlar o‘ rtasida amalga oshiriladigan 
iqtisodiy munosabatlarning naqd va naqd pulsiz ko‘ rinishidir. Xorijiy mamlakatlar 
iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o‘ rganilmaydi. Buning asosiy 
sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni 
amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘ rinishi shakllari o‘ rtasida farq 
mavjud emasligi bo‘ lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan 
mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni amalga oshirish 
o‘ rtasida farq mavjud emas. Pul aylanishi modeli uning ( yaratilishi ) muomalaga 
chiqarilishi va qaytishi bilan bog‘ liq izchil to‘ rt bosqichdan iborat: 
banklar firmalarga kredit beradi; 
firmalar o‘ z xodimlariga ish haqi to‘ laydi; 
xodimlar firmalarning yaratgan mahsuloti, tavari, xizmatini xarid qiladi; 
firmalar banklarga olgan kreditlarini qaytarib to‘laydilar. 
Grazianining fikriga ko‘ra: ―Pulning aylanish nazariyasi pulning butun aylanish 
davomiyligini muhokama qiladi, ya‘ni bank qarzlarini berilishi bilan boshlanib, qarzlarni 
to‘lanib so‘ndirilishi bilan tugaydi. 
Pul aylanmasidan tashqari to‘ lov aylanmasi degan tushuncha mavjud. 
To‘ lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To‘ lov 


aylanmasi-bu pul shaklidagi mablag‘ larning va pul bozori instrumentlarning 
vositasida amalga oshirilgan to‘ lovlarning yig‘ indisidir. To‘ lov aylanmasi –
bu pullar va pul bozori instrumentlari harakatlari yig`indisidir. 
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi : 
-
Veksellar; 
-
Depozit sertefikatlari; 
-
Jamg`arma sertefikatlari; 
-
Obligatsiyalar; 
-
Bank akseptlari. 
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘ rsatilgan boshqa tulovchining 
vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan so‘ mmani 
to‘ lashga doir shartsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ ozdir. Tijorat 
veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol 
etkazib beruvchi to‘ ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas‘ ul shaxsning imzosi 
va muhr qo‘ yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib 
beruvchi oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat 
vekseli pulning to‘ lov vositasi funktsiyasini bajaradi.Vekselni indassament 
orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin

Indassament-vekselni boshqa shaxsga 
uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan 
shaxs indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish