KIRISH
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash
munosabatlari pul va banklarning ishtirokisiz amalga oshmasligi barchamizga ma’ lum.
Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning
asosiy maqsadi foyda
olishga qaratilgan bo‘ lib, ushbu faoliyatning asosini ham pul tizimi va bank tizimi bilan
bog‘ liq qator munosabatlar tashkil etadi. Bu o‘ z-o‘ zidan, keyingi yillarda,
mamlakatimiz oily o‘ quv yurtlarida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda “ Pul va
banklar” faninig ahamiyatini keskin oshirmoqda.
E’ tirof etish joizki, mamlakatimizning iqtisodiyot va moliya yo‘ nalishidagi oliy o‘ quv
yurtlari professor-o‘ qituvchilari tomonidan “ Pul va banklar” fani bo‘ yicha
darslik va
o‘ quv qo‘ llanmalar nashr etilgan.
2020 yilda o‘ zlashtirish mo‘ ljallanayotgan investitsiyalar. To‘ g‘ ridan-to‘ g‘ ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etish ko‘ rsatkichlari. Bugungi kunda O‘ zbekistonda amalga
oshirilayotgan islohotlar natijasining jahondagi etakchi xalqaro reyting agentliklari
tomonidan e’ tirof etilayotgani.
“ Fitch Ratings” va “ Standart & Poo’ rs”
reyting agentliklari tomonidan birinchi marta
mamlakatimiz xalqaro suveren kredit reytingini belgilangani.
Reyting agentliklarining
O‘ zbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi
institutsional o‘ zgarishlar, mamlakat oltin-valyuta va byudjet zaxirasi etarli ekani, davlat
qarzining kamligi singari omillarga alohida e’ tibor qaratayotgani.
2019 yilda O‘ zbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini
xalqaro moliya bozorlariga
chiqarilishi. Bu borada “ J.P.Morgan” , “ Citibank” , “ Deutsche Bank” kabi etakchi
xalqaro investitsiya banklari bilan olib borilayotgan hamkorlik.
Mamlakatimizda bank kapitalining asosiy qismi davlatga tegishli ekani-bank tizimidagi
asosiy muammo. Uning bank sektorida sog‘ lom raqobatga, xizmat ko‘ rsatish
sifatiga
salbiy ta’ sir qilayotgani.
Xalqaro moliya institutlari ko‘ magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘ yicha uzoq
muddatli strategiya ishlab chiqish lozimligi.
Bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan davlat banklari ulushini
bosqichma-bosqich kamaytirib borishning sohada raqobat muhitini yaxshilashga,
tijorat
banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat
qilishi.