17.2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari
248
Kredit uyushmasi-
mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy moliya
muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo'sh pul mablag'-larini jalb qilish asosida
mikrokredit va kreditlar berish bilan shug'ul-lanadigan tijorat tashkilotidir.
Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me'yoriy huj-jatlarida,
kredit uyushmasi-kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a'zolik
asosida tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta'rif berilgan.
Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy tashkilot
sifatida ta'riflar berilgan. Bizningcha dastlabki kredit uyushmalari notijorat asosida
tashkil topgan bo'lishi mumkin, biroq hozirgi kunda mamlakatimizda tashkil
etilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha kredit uyushmalarining asosiy maqsadi
foyda olishga qaratilgan.
Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma'noda e'tibor qaratadigan bo'lsak,
kredit uyushmalari kooperativ tashkilot bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning
vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida o'ziga jalb etadi va
o'zining a'zolariga ushbu mablag'lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi.
Ayrim ma'nbalarga ko'ra, dastlabki kredit uyushmalari 1844 yilda
Angliyaning Rochdeyl shahrida to'qimachlik korxonasi ishchilari tomonidan tashkil
etilgan. XGX-asrning 60 yillarida kredit uyushmalari tashkil etish g'oyalari
Germaniya va Avstriyalik Fridrix Rayffayzen va German Shultse-Delichlar
tomonidan ilgari surildi. Shu davrda kredit uyushmalari faoliyati rivojlandi va
moliyaviy muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib keldi.
Rayffayzen dastlabki qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatadigan kredit
klasslari, shuningdek, savdo-sotiqni kreditlaydigan uyushmalarning asoschisi
hisoblanadi.
Shultse-Delich tomonidan tashkil etilgan kredit uyushmalarining asosiy
faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan hunarmand, kosib va mayda
tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishga qaratildi.
249
Hozirgi kunda, kredit uyushmalari AQSh, Kanada, Irlandiya, Avstraliya,
Janubiy Koreya, Tayvan mamlakatlarida juda keng rivojlangan, shuningdek, ayrim
MDX mamlakatlarida (Rossiya,
Qozog'iston, Estoniya) ham jadal rivojlanish bosqichini o'z boshidan
kechirmoqda.
Kredit uyushmalaripassiv operatsiyalari-
bu mablag'larni jalb qilish bilan
bog'liq operatsiyalardir. Kredit uyushmalari mablag'larni
pay badallari, muddatli
va jamg'arma depozitlar, boshqa moliyaviy muassasalardan kredit
sifatida jalb
qilishi mumkin. Shuningdek, kredit uyushmalarining daromad va foydani
shakllantirish bilan bog'liq operatsiyalarini ham ularning passiv operatsiyalari
sifatida tasniflash mumkin.
Kredit uyushmalarini tashkil etishning asosiy passiv operatsiyalari va ularni
tashkil etishning talablaridan biri ustav kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Kredit
uyushmalari pay badallari (ustav kapitali) uning ta'sischilari tomonidan
shakllantiriladi.
Kredit uyushmalari ustav fondi pul mablag'laridan, shuningdek, mazkur
tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulk
hisobidan shakllantirilishi mumkin. Kredit hisobidan va garovga olingan
mablag'lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag'lardan kredit uyushmalari ustav
fondini shakllantirishga ruxsat berilmaydi.
Kredit uyushmalarining muddatli va jamg'arma depozitlari unga a'zo
jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik
subyektlari hisobidan shakllantiriladi.
Ta'kidlash joizki, kredit uyushmalarida muddatli va jamg'arma depozitlar
bo'yicha to'lanayotgan foiz stavklarining yuqoriligi aholining kredit uyushmalarida
omonatlarni jamg'arishga bo'lgan ishtiyoqini oshirmoqda. Biroq, bu omonatlar
bilan bog'liq risklarni vujudga kelishiga sabab bo'ladi.
Kredit uyushmalari, moliyaviy muassasa sifatida qo'shimcha resurslarga
kuchli ehtiyoj sezadi. Kredit uyushmalari, albatta ushbu ehtiyojni ustav kapitali,
omonatlar, taqsimlanmagan foyda hisobidan qondirishga alohida e'tibor qaratadi.
250
Shunga qaramasdan, ushbu moliyaviy manbalar hisobidan shakllantirilgan
mablag'lar yetarli bo'lmaganda tijorat banklaridan qisqa va uzoq muddatli
kreditlarni jalb etadi.
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari-
bu passiv operatsiyalar natijasida
shakllantirilgan moliyaviy mablag'larni tegishli foydani shakllantirish maqsadida
samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog'liq faoliyati majmuidir. Kredit
uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda
moddiy
va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va
daromad keltirmaydigan aktivlar
sifatida guruhlash mumkin.
Kredit uyushmalarining
moddiy aktivlariga
bevosita qiymat va buyum
ko'rinishida mavjud bo'lgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar,
kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir.
Nomoddiy aktivlarga
kredit
uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar,
gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin.
Ma'lumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha
operatsiyalarning asosiy qismi bevosita risk bilan bog'liq. Shuningdek, kredit
uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ularning aktiv
operatsiyalari ham
riskli va risksiz aktivlardan
iboratdir. Kredit uyushmalarining
riskli operatsiyalari bevosita ularning daromadlarini shakllantirish bilan bog'liq
operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bo'lsa
ularning daromadlari hajmi ham shu darajada yuqori bo'ladi va aksincha.
Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar,
investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish mumkin.
Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablagiari,
asosiy vositalar va shunga o'xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir.
Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi,
shunday bo'lsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish maqsadida ular daromad
keltirmaydigan operatsiyalarni amalga oshi-rishga ham majburdirlar. Masalan,
kassadagi naqd pul bilan bog'liq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi
251
hisobvaraqlaridagi mablag'larni
daromad keltirmaydigan aktivlar
sifatida ta'kidlash
mumkin.
Kredit uyushmalarining
daromad keltiradigan aktivlari
tarkibiga kreditlar,
investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qo'yilgan muddatli jamg'armalarni
kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |