Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Mikrokredit-
qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to'lovlilik, 
muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag'laridir. 
Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag'larini shartnomaga muvofiq muayyan 
maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi 
mumkin. 
Mikroqarz-
mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo'lgan qarz 
oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada 
muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda 
esa to'lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag'laridir. 
Mikrolizing 
mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilot tomonidan 
lizing oluvchining topshirig'iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda 
unga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan 
shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. Mikrolizing 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to'g'risidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan 
summada beriladi. 
Mamlakatimizda keyingi paytlarda aholiga mikrokreditlar, mikroqarzlar va 
mikrolizinglar berish borasida banklar bilan bir qatorda mikrokredit tashkilotlari 
ham o'z xizmatlarini kengaytirib bormoq-dalar. 
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va 
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq maslahat va axborot 
xizmatlari ko'rsatishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti: 
-
qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan 
omonatlar (depozitlar) qabul qilishga; 


253 
- jismoniy shaxslardan qarz mablag'larini jalb qilishga, bundan o'z muassislari 
(ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno; 
-
o'z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari 
bo'yicha kafil boiishga yoki kafolat beruvchi bo'lishga, shuningdek, ularga 
o'z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini taqdim 
etishga haqli emas. 
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga doir vakolatlari O'zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz 
oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida 
«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq 
mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi. 
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda: 
-
mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini belgilaydi; 
-
moliyaviy va kassa operatsiyalarini amalga oshirish, buxgal-teriya hisobi va 
hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek, iqtisodiy normativlarni belgilaydi; 
-
ko'rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash 
tartibini tasdiqlaydi; 
-
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida 
aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarining 
buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatraalar beradi; 
-
mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o'tkazishga doir talablarni 
belgilaydi; 
-
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir 
talablarni belgilaydi; 
-
mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi 
qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, 
ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undiradi; 
-
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o'tkazishni 


254 
uch oygacha bo'lgan muddatga cheklaydi; 
-
mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to'xtatib turadi yoki 
tugatadi. 
Quyida "Mega-investment plyus mikrokredit tashkiloti" MChJning 
hisobotlari keltirilgan. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish