7-mavzu. Xorijiy investorlar uchun O’zbekiston iqtisodiyotini jalb
qiluvchanligini oshirishning asosiy yo’nalishlari
(4 soat)
7.1. Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilish uchun amalga
oshirilayotgan ishlar
7.2. O’zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy
yo’nalishlari
7.3. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv
7.4. Strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirishda
investitsiyalarning o’rni
7.1.Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilish uchun amalga
oshirilayotgan ishlar
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning muntazam ravishda kengaytirib
borilishi, uzoq muddatli investitsiyaviy qarzlarning va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarning jalb etilishi O’zbekistondagi Inqirozga qarshi choralar dasturida
yetakchi o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2009
yilning 12 martida tasdiqlangan dastur doirasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga
oshirish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ikki tomonlama shartnomalar va
yetakchi xorijiy kompaniyalarning kreditlari va investitsiyalarni jalb etish ko’zda
tutilgan edi. Hozirgi kunda umumiy qiymati 19 milliard dollardan ortiqroq bo’lgan 80
dan ziyod loyihalarni investitsiyalash va moliyalash bo’yicha aniq manbalar
belgilanib, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar imzolandi.
Bugungi kunda ichki investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish
bo’yicha:
- tijorat tuzilmalarini kafolatga bo’lgan talabini ta’minlash maqsadida kafolat-
garov jamg’armalari tizimini shakllantirish;
- aholi bo’sh pul mablag’larini investitsion jarayonlarga jalb qilish maqsadida
qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish, turli qimmatli qog’ozlarni
muomalaga chiqarish (uy-joy sertifikatlari va uy-joy obligatsiyalari);
- ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni jadallashtirish
maqsadida markazlashgan kredit resurslarning bir qismini tez qoplaydigan
26
investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish, shu jumladan kichik biznes
ob’ektlariga yo’naltirish;
- investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo’lgan
lizing, franchayzing, faktoring kabilardan foydalanishni kengaytirish;
- investitsion loyihalarni sifatini oshirish, loyihalarni kapital qo’yilmalar
samaradorligi talablariga mos kelishi maqsadida tijorat asosida doimiy ravishda
faoliyat yuritadigan investitsion loyihalar ko’rgazmasini tashkil qilish ishlari amalga
oshirilib kelinmoqda.
Respublikamizga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish sxemasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi 927-sonli
Qaroriga mufoviq amalga oshiriladi (7.1.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |