40 minut
4
|
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Berilgan ma'lumotni talabalar tomonidan o`zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
Loyixalash metodida talabalar nimalarga amal qiladilar?
O`quvchilar loyixalash metodini bajarishda qanday jarayonlarda ishtiriok etishadilar?
Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
|
O`qituvchi 15 minut
|
5
|
O`quv mashg`ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O`qituvchi o`z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli O`zgartirishlar kiritadi.
|
O`qituvchi 10 minut
|
Ishning maqsadi: Talabalarga loyihalash metodi to`g`risida ma`lumotlar berish hamda ularda individual ishlash ko`nikmalarini hosil qilish
Talaba seminar mashg`uloti davomida quyudagilarni o`rganadi:
“Loyihalash” metodi - bu o`quvchilarni individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida belgilangan mavzu bo`yicha axborot yig`ish, tadqiqod o`tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishdir. Bu metodda o`quvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo`lishi mumkin, lekin har bir loyiha o`quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda o`quvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida Yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning echimini topishdpn iborat. O`quvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo`lishida u o`quvchilardan mavjud bilimlarni boshqa vaziyatlarda qo`llay olishini talab qiladigan topshiriq bo`lishi kerak. Loyiha o`rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, o`quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amlga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo`lishi kerak.
O`qituvchi loyihalash metodini qo`llash uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi; loyiha ishini dars rejasiga kiritishi; topshiriqni o`quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi Bilan tanishtirish; loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta'minlashi lozim.
Loyihalash metodini nazariy bilimlarni berishda hamda o`quv amaliyoti darslarini o`tkazishda foydalanish mumkin.
“Loyihalash” metodining avzallik tomonlari:
O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatlarini oshishiga yordam beradi;
Mustaqil o`rganishning eng faol yo`li;
O`quvchilarda hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi;
“Loyihalash” metodining kamchiliklari:
Ko`p vaqt talab qiladi;
Tanlangan mavzu o`quvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;
Talaba seminar mashg`uloti bo`yicha hisobot tayyorlaydi va uni o`qituvchiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |