11--rasm. O’z-o'zidan yonishni ifodalovchi chizma.
Agar reaksiya egri chiziq asosida bo'lsa, bunda issiqlik ajralishi tarqalayotgan issiqlikka nisbatan hamma
vaqt ko'p bo'ladi. Bu holatda aralashmaning issiqligi ko'tarila boradi va natijada o'z-o'zidan alangalanish
boshlanadi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning ajralayotgan issiqligi bilan tarqatayotgan issiqligi orasidagi
mutanosiblik qizdirish egri chizigi bo'ylab borganda kuzatiladi. Bunda qizdirilishning va issiqlik tarqatishning
tenglashgan holati
V
nuqtaga to'g'ri keladi. Ammo bu tenglashish turg'un holat emas. Bu holatda uncha katta
bo'lmagan qizdirish ham moddalardan ko'plab issiqlik ajralishini ta'minlash va o'z-o'zidan alangalanishga olib
kelishi oson. Demak, bu ikki chiziqning kesishgan nuqtasi
V
ni issiqlik ajralishi va tarqa-lishi tenglashgan
holat deb qarash mumkin. Mana shu tenglashgan holatdagi haroratni o'z-o'zidan alangalanish harorati deb
yuritiladi.
Har xil moddalar uchun o'z-o'zidan alangalanish harorati har xil bo'ladi va ba'zan keskin farq qiladi.
Masalan, A-72 benzinining o'z- o'zidan alangalarini harorati 255 °C ga, qayin yog'ochiniki-400 °C,
linoleumniki-411 °C ga teng.
Zanjirsimon o'z-o'zidan alangalanish
.
Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki, ularning haroratini
oshirmagan holda kimyoviy jarayonlar ro'y berishi va bu jarayonlar o'z-o'zidan tezla-shishi (albatta uncha ko'p
bo'lmagan birlamchi issiqlik hisobiga) va o'z-o'zidan alangalanish hodisasini vujudga keltirishi mumkin.
Bunday hodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu hodisaga asosiy sababaralashma
holidagi yonuvchi moddalarda, ma'lum sharoit taqozosi bilan, harorat o'zgarmagan holda, bir yoki bir necha
markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo'ladi va bu atomlar modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv
reaksiyaga kirishadi, buning natijasida yonuvchi modda molekulalari parchalanadi hamda parchalangan
molekulalar yangi aktiv markazlar hosil qiladi. Agar zanjirsimon reaksiyaning markazi bitta bolsa, unda zanjir
reaksiyasi sust kechadi. Bu tarmoqlanmagan zanjir reaksiyasi deb ataladi. Agar markaz bir necha bo'lsa, bunda
reaksiya keskin ku-chayadi, o'z-oczidan alangalanish jarayoniga olib keluvchi bu reaksiya tarmoqlangan zanjir
reaksiyasi deb yuritiladi. Buni xlor bilan vodorod molekulalarining o'zaro birikishi misolida tushuntirish
mumkin. Xlor molekulalari yorug'lik ta'sirida Cl
2
2Cl Atom holidagi xlor vodorod bilan yengil birikadi
H
2
+2Cl=2HCl+H Atom holidagi vodorod Cl
2
, ni yana parchalaydi H+Cl
2
=HCl+Cl. Bularni o'zaro qo’shsak
CI+H
2
+CI
2
=CI+2HC1 hosil bo'ladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, zanjirsimon reaksiya markazlari tugamaydi va davom etaveradi. Zanjirsimon
reaksiyaning o'z-o'zidan alangalanishga olib keluvchi xususiyati harorat ko'tarilganda tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |