84
tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir talablar mansab
yo‘riqnomalarida va boshqa yo‘riqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak.
Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning
zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi. Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turar joylari va boshqa
binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa,
mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi. Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda
imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya
qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chog‘ida yong‘in xavfsizligini ta’minlash tegishincha
shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va
qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasida Yong‘in xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari quyidagilardan
iborat
:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qoununi 2009 yil 30-sentabr
O‘RQ-226.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3 fevraldagi “Yong‘inlarni va ularning
oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi
haqidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida” 13-sonli Qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 oktabrdagi “Davlat yong‘in nazorati
to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqidagi” 272-sonli Qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2013 yil 21 noyabrdagi “Tadbirkorlik subektlariga tegishli bo‘lgan
ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 136-sonli buyrug‘i.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in
xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli
Qarori.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda har bir korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari yong‘in
xavfsizligi qoidalarini mukammal darajada bilishlari bilan birga uni ta’minlashlari maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi
bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli Qarorida davlat
va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob’yekt va hududlarda yong‘in
xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan mansabdor
shaxslar har chorakda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazilishi, ular
doirasida o‘ziga qarashli ob’yekt va hududlarning yong‘inga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib borishi
shartligi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan yong‘in xavfsizligi tizimida ilk bor haftaning har chorshanba
kuni “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” deb belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: