Fanidan O‘quv metodik majmua


Yong‘inlar sabablari (yondirish manbalari)



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Yong‘inlar sabablari (yondirish manbalari)
: uchqun, ochiq olov, chekish, elektr jihozining nosozligini, 
asboblardan va elektr isitish qurilmalaridan foydalanish qoidalarini, amaldagi yo‘riqnomalarni va texnologik 
reglament me’yorlarini va h.k. buzish.
Yong’inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va 
shunga mos holda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yong’inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan 
joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong’in xavfsizligi bo’yicha texnologik jarayonlarini 


88 
buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so’ndirilmagan 
ohak yoki xlorli ohakga suv aralashsa, harorat 800

C
gacha yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga
qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan 
foydalanmaslik (yashin vaqtida 2
V
dan 8 mln V kuchlanish, 200000 
A
tok kuchi miqdorida elektr
zaryadlari hosil bo’lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya 
qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto’g’ri o’rnatish yoki ularni zo’riqtirish; isitish sistemalaridan 
noto’g’ri foydalanish; bug’ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki 
ularning noto’g’ri o’rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug’ va changlarni 
me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.
 
Elektr qurilmalaridan yong‘in
larning kelib chiqishiga asosiy sabablar bo‘lib asosan quyidagilar 
hisoblanadi:
- Elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida uchqun chiqishi (bunga asosan, elektr simlari va 
kabellarining izolyatsiya qismining eskirishi, mexanik jarohatlanishi, atrof muhitning ta’siri va h.z. sababdir); 
- Elektr qurilmalarini ortiqcha yuklanishi oqibatida ustki qismlarining qizishi (bunga asosan, sim 
tolalari kesim yuzalarini iste’molchi quvvatiga qarab to‘g‘ri tanlanmaganligi, bir tarmoqqa mo‘ljallangandan 
ziyod iste’molchilarni ulash va h.z. sababdir);
- Elektr qurilmalarining ulash (kontakt) joylarida qarshilikning ortishi oqibatida uchqun chiqishi va 
qizishi (ulash, kontakt) joylarining mustahkam bajarilmaganligi, izolyatsiya qilinmaganligi, kontakt joyi 
materiallarining to‘g‘ri tanlanmaganligi va h.z.
Bundan tashqari nosoz yoki qo‘lbola elektr qurilmalaridan foydalanish (isitish, qaynatish) elektr 
moslamalarini nazoratsiz qoldirish, vaqtinchalik tortilgan elektr simlaridan foydalanish, insonlarni bilar-
bilmas elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishi (ta’mirlash, o‘rnatish va ishlatish), himoya apparatlari o‘rnida 
(saqlagichlarda) har xil yasama yoki vaqtinchalik simchalarni "juchok" qo‘llash, profilaktika va sinov ishlarini 
vaqtida o‘tkazmaslik oqibatida ko‘plab yong‘inlar elektr moslamalaridan kelib chiqmoqda. Ushbu 
holatlarning, ya’ni elektr qurilmalaridan yong‘in chiqishini va undan kelib chiqadigan xavfli oqibatlarni oldini 
olish uchun bir qancha profilaktik ishlarni olib borish zarur, 
jumladan:
Elektr qurilmalarida avariya, ya’ni 
qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun:
- elektr qurilmalarini me’yoriy hujjatlarga asosan mavjud xonalarga va hududlarga mos qilib to‘g‘ri 
tanlash va ularni o‘rnatish; 
- elektr qurilmalarini ularning pasportidagi yoki ustki qismida yozilgan zavod ko‘rsatkichlariga qarab 
ishlatish; 
- bir tarmoqqa mo‘ljallangandan ko‘p katta quvvatli iste’molchilarni ulamaslik; 
- nosoz yoki qo‘lbola elektr qurilmalaridan, elektr isitkichlardan, vaqtinchalik elektr simlaridan 
foydalanmaslik; 
- bilar-bilmas elektr qurilmalarini ta’mirlab ishlatish; 
- elektr qurilmalarini uzoq muddatga nazoratsiz qoldirmaslik; 
- elektr qurilmalarini doimiy ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazish; 
- doimiy profilaktika ishlarini olib borish; 
- himoya apparatlarini, ya’ni saqlagichlar va avtomatlarni doimo ishchi holatda ushlab turish va h.k.

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish