Fanidan O‘quv metodik majmua


VII. Binolar shikastlanadi



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

 VII. Binolar shikastlanadi
. Ko‘pchilik insonlarda qattiq qo‘rquv paydo bo‘ladi. Avtomobil 
boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog‘ oldi zonalarida ko‘chki, o‘pirilish bo‘ladi. Suv yuzida 
to‘lqinlar paydo bo‘lib loyqalanadi. Quduq suvlari sathi, mikdori o‘zgarishi kuzatiladi. Yer osti suvlari sizib 
chiqish hollari bo‘ladi. 
VIII. Binolarning kuchli shikastlanishi
. Insonlarni qo‘rquv va sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, 
tuprokda bir necha santimetrli darzliklar paydo bo‘ladi. Yangi suv havzalari paydo bo‘ladi. Quvurlar 
payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Yer osti suvi harakati 
keskin o‘zgaradi. Yangi buloqlar paydo bo‘ladi. 
IX. Binolarning batamom shikastlanishi
. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz 
chiqarib, betartib harakat kiladi. Yer osti quvurlari uziladi, temir yo‘llar qiyshayadi, suv inshootlari 
shikastlanadi. Tuproqda 10 sm. gacha darzliklar paydo bo‘ladi. Qoyalar qulaydi, ko‘chkilar yuzaga keladi. 
Haykallar, ustunlar yiqiladi. 
X. Inshootlarning batamom buzilishi
. Suv omborlari, to‘g‘onlar, ko‘priklarda buzilish bo‘ladi. Yer 
yuzasi yoriladi, to‘lqinsimon past-balandliklar paydo bo‘ladi. Yer osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh 
ko‘chishi yuzaga keladi. Kanal, ko‘l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari paydo 
bo‘ladi. 
XI. Talafot
. Puxta qurilgan inshootlar: ko‘priklar, uylar, to‘g‘onlar, temir yo‘llar jiddiy shikastlanadi. 
Yer yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog‘ oldi zonalarida kuchli 
ko‘chkilar yuzaga keladi. 
XII. Yer relyefinnng o‘zgarishi
. Barcha yer usti va osti inshootlari to‘liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo 
bo‘lib, relyef butkul o‘zgaradi. Daryo o‘zanlari o‘zgaradi. Yirik tog‘ ko‘chkilari bo‘ladi. Yangi ko‘llar paydo 
bo‘ladi. 
Zilzilаlarga tayyorgarlikdagi barcha xatti-harakatlarimiz quyidagi 3 yo’nalishda olib borilishi lozim: 
tavаkkal darajasini kamaytirish (zilzilаga qadar tayyorgarlik tadbirlarini o’tkazish); zilzilа vaqtida xatti-
harakatlar qoidalari vа tartibini o’rganib chiqish vа ishlab chiqish; zilzilа oqibatlarini engillashtirish vа 
tugatish. 


80 
Xavfsizlikni bu tariqa oshirish jadvаli boshqa tаbiiy ofat turlariga ham xos. Zilzilаni avvаldan bilsangiz 
nima qilish zarur? Eng avvаlo turli sharoitlarda-uyda, ishda, ko’chada, jamoatchilik joylarida (do’konda, 
teatrda) xatti-harakat tartibini bittama-bitta o’ylab chiqish kerak. Avvаldan xonadonda, ishda silkinishi 
mumkin bo'lgаn o’tа xavfsiz joylarni aniqlash zarur. Bu-kapital devorlar uymalar, burchaklar, kolonnalar 
oldidagi joylar vа bino karkasi balkalari ostidadir. Ulаrni hamma bilishi lozim. 
Shkaflar, etajerkalar, tokchalar, stellajlar, mebelni mustahkamlab, shunday ko’yish zarurki, ayniqsa, 
chiqish joyini to’smasligi, eshikni yopib quymaslik kerak. Tokchalardan ogir jismlarni, idishlar tushib, shikаst 
yetkazishi mumkin bo'lgаn barcha buyumlarni olib ko’yish kerak. Kandillar vа boshqa yoritish asboblarini 
ishonchli qilib mustahkamlash zarur. Yengil alanga oluvchi yoki zaharli suyuqliklari bor idishlarni yaxshisi 
kvаrtiradan olib chiqish zarur. 
Yotoqxona joylarni katta oynalar, shisha tushishidan o'zoqroq joylashtirish ma'qul. Krovаtlar vа divаnlar 
tepasida tokchalar, og’ir jismlar bo'lishi mumkun emas. 
Dastlabki 3-5 kunga mo’ljallangan konservа mahsulotlari vа toza ichimliklar, suv zapasini hosil qilish 
kerak. Ichida bog’lama vа dori-darmonlar to’plami bo'lgаn birinchi tibbiy yordam aptechkasini avvаldan 
hozirlab quyilgan xujjatlar, pullar, elektr fonarik (yoritgich), gugurt, qum solingan chelak, yong’in uchiruvchi 
(avtomobilniki bo'lishi ham mumkin) kabi buyumlar bilan bir qatorda qo’l ostida saqlash zarur. Birinchi 
tibbiy yordam ko’rsatishda (bog’lab ko’yish, qon ketishini to’xtatish, sinishlardagi harakatlar) yordam 
ko’rsatishni foydadan holi emas. 
Doimo elektr nuri, quvvаti, suv ta'minoti, kvаrtirada, podezda, xonadonda gaz qanday uchirilishini 
yodda tutish zarur. Radiotranslyatsiya reproduktori doimo yoqilgan bo'lishi kerak, zero, u orqali kelayotgan 
ofat to'g'risida, uning oqibatlarini tugatish choralari xususida axborot beriladi. Zilzilа paytida inson o’zini 
qanday tutmogi lozim? Agar zilzilа bo'layotganida siz bino ichkarisida bo'lsangiz, yaxshisi, dastlabki 15-20 
lahza mobaynida ochiq joyga yugurib chiqish afzal. Mutloqa qurilishlar, tosh devorlar, baland devorlar 
yaqinida turmasligi lozim. 
Eshiklarda gavjumlik hosil qilmaslik kerak. Liftdan foydalanish ta'qiqlanadi, chunki o’rtada to’xtab turib 
qolishi mumkin. 
Aytaylik, ko’chaga chiqa olmadingiz. Avvаldan tanlangan, nisbatan xavfsiz joyga berkining, eshikni 
zinapoya tarafga keng ochib, to’sik (proyom) tagiga turib oling. Stol tagiga, kiyim-kechak shkafiga yashirinish 
mumkin, suvok, shisha, idish, yoritgichlar parchalari tegib ketishi oqibatida jarohatlanib qolmasligi uchun 
qo’llar bilan yuzingizni to’sib olishingiz lozim. Hamma holatlarda ham deraza, oynavаnd to’siqlardan nariroq 
yurgan afzal. Eng xavfsiz joy - kapital devorlar oldi. 
Hokimiyat, FM shtabi tavsiyalarini tinglash uchun radiotransliyatsiyani albatta yoqing. Elektrquvurda 
buzilish, ziyonlar bor-yo’qligini tekshirib ko’ring, kamko’stni bartaraf eting yoki xonadoningizda elektr 
quvvаtini o’chiring, suv vа gaz ta'minotining to'g'riligini tekshiring, ochiq olovdan foydalanmang! 
Yodda tuting, birinchidan so’ng takroriy silkinishlar bo'lishi mumkin. Shunga tayyor turing. Ulаr bir 
necha soatdan so'ng, ayrim hollarda bir necha kecha-kunduzdan so'ng bo'lishi mumkin. Ko'pinchа takroriy 
silkinishlar birinchisidan susroq bo'ladi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish