Boldir va tovon suyaklarining shikastlanishlari
. Xususiyatiga ko‘ra ular qiyshiq vintsimon, ko‘p
parchalangan, ko‘ndalang (siljish bilan va siljishsiz) ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday sinishlarda ichki yoki tashqi
qon ketishlar yuz berib, ba’zan yo‘qotilgan qon miqdori ancha katta bo‘ladi. Ko‘proq chang‘ichilarda va
piyodalarda vintsimon sinishlar kuzatiladi. Sinishning belgilari – kuchli og‘riq, oyoq funksiyasining buzilishi,
deformatsiya va oyoq uzunligining qisqarishi, ochiq sinishlarda teri butunligining buzilishi va suyak
siniqlarining chiqib qolishi, qon oqishi va boshqalar Suyak siniqlarini voqea sodir bo‘lgan joyda to‘g‘rilashga
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bu narsa juda qo‘pol xato hisoblanadi. Boldir suyagi singanda 2 ta qo‘shni
bo‘g‘imlar – tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlari mahkam fiksatsiyalanadi. Boldir-tovon bo‘g‘imi 90
0
C
burchakda, tizza 180
0
C gacha yoyilib shinalanadi.
Birinchi yordam yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlardan tarkib topib, bunda quyidagi qoidani
so‘zsiz bajarish talab qilinadi – tizza bo‘g‘imi 180
0
ga yoyilishi, boldir-tovon bo‘g‘imi 90
0
burchak ostida
shinalanishi lozim, ammo o‘zboshimchalik bilan siniq va chiqishlarni to‘g‘rilash mumkin emas.
Tizza-tovon bo‘g‘imi va tovonning yopiq shikastlanishlarida birinchi yordam unga transport shinalarini
qo‘yish va bemorni maxsus davolash muassasalariga olib borishdan iborat bo‘ladi.
Yopiq lat yeyish
.Bunday lat yeyish asosan o‘tmas va to‘mtoq narsalar (musht va tovon) zarbalaridan
keyin kelib chiqadi. Asosiy belgilari: og‘riq, shish, qontalash va qorayish (gematoma) bilan chegaralanadi.
Zarba kuchli bo‘lgan hollarda qorin devori mushaklarining yorilishi ham kuzatiladi, unda yuqoridagi klinik
ko‘rinishlar nisbatan og‘ir kechishi, gematomaning keskin o‘sib borishi, yuza sohada «fluktuatsiya» belgilari
paydo bo‘lishi mumkin. Agarda yopiq lat yeyishning og‘ir holatlari kuzatilsa, parenximatoz a’zolar (jigar,
taloq) yorilsa, unda qorin bo‘shlig‘iga qon ketishining belgilari namoyon bo‘ladi (bexosdan bemor rangining
oqarib ketishi, umumiy quvvatsizlik, uyquchanlik, og‘iz qurishi, tomir urishining tezlashganligi va qon
bosimining keskin tushib borishi va h. k.).
Birinchi tez yordam ko‘rsatish vaqtida bemorni yotqizib, unga to‘liq tinchlik berish kerak. Qorniga
muzli pufak, agarda ichki qon ketishining belgilari bo‘lsa, shokka qarshi shoshilinch muolajalar – qon va qon
o‘rnini bosuvchi suyuqliklar quyish lozim. Bunday holatlarda shuni unutmaslik kerakki, bemorlarga og‘riqni
qoldiruvchi morfin va boshqa analgetiklarni yuborish taqiqlanadi, ya’ni og‘riqni qoldiruvchi bunday dori-
123
darmonlar ta’siri kasallik belgilarini aniqlashda ba’zi bir chalkashliklarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |