15
tasdiqlangan “Korxona, tashkilot va muassasalarda Hayot faoliyati xavfsizligi fondi tashkil qilinishi va uni
mablag‘larini ishlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”.
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan
tasdiqlangan”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatlig‘ining boshqa xil zararlanishini
tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”.
• Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori ”Xodimlarga ularning mehnat
vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlani shi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning
boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”.
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida Namunaviy nizom” (ro‘yxat
raqami 273,1996 yil 14 avgust).
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi
Namunaviy nizom” (ro‘yxat raqami 272, 1996 yil 14 avgust).
• “Mehnatni muhofaza qilish vakili to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 196, 1995 yil 18 dekabr).
• “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat
raqami 870, 2000 yil 7 yanvar).
• «Положение об установлении пределно допустимих норм при подеме и перемешении тяжестей
литсами моложе восемнадсати лет» (рег. № 1954 от 12 мая 2009г.).
• “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar
ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000 yil 5 yanvar).
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va
davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 10 iyul 2012 yil 200 -son buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust).
• Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami
1582, 2006 yil 13 iyun).
• Balanlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari” (2009 yil 24 yanvar, ro‘yxat raqami
1890).
Mehnatni muhofaza qilish huquqlari - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish
qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena,
davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimidir.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga xavfli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish ishlarini
ko‘rib chiqadi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - zararli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish yoki kamaytirish
ishlarini ko‘rib chiqadi.
Yong‘in xavfsizligi – yong‘inlarni kelib chiqish sabablari, yonish va portlash tabiatini, yong‘in va
portlash xavfsizligini ta’minlash usullari, yong‘inlarni o‘chirish va yong‘in muhofazasini tashkil qilishni
ko‘rib chiqadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlari - Ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini
yaratish, zararli va xavfli omillar oldini olish, mehnat to‘g‘risidagi qonun asosida ishlash kabilar alohida qabul
qilingan Respublikamizning asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlari tizimi
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan mehnat qonunlari, standartlar belgilanadi. Korxonalar tomonidan o‘zining nizomlari,
korxonaga doir qoidalar va me’yoriy hujjatlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: