Fanidan O‘quv metodik majmua


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha 
me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish 
masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega. 
“O’zgeosanoatkontexnazorat”
agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan 
idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral 
quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi. 
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati
havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, 
Shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, 
yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi. 
Davlat yong’in xavfsizligi nazorati
yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o`chirish vositalarining holatini, 
yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati
korxonalardagi 
energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat 
qiladi. 
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda Hayot faoliyati xavfsizligi qonunlari 
bajarilishining oliy nazorati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklatilgan. 
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek, mehnat qilish qonunlarining bajarilishini 
ta'minlovchi umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud. 
Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining aniq bajarilishini 
O'zbekiston Respublika prokuraturasi ko’zatadi. Prokuratura mahkamalari qonunlarning bo’zilmasligini 
mehnatkashlarning arzlari asosida yoki koncona va ayrim shaxslarning signallari asosida, mehnatni muhofaza 
qilish talablarini bajarilayotganligini tekshirish yo'li bilan amalga oshiradilar. 
Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini 
xabardor qiladi va bo’zilgan mehnat qilish qoidalari buzilishini tezda bartaraf qilishni talab qiladi, rahbar 
xodimlarga ma'muriy chora ko'rilishini talab qilib yuqori rahbar xodimlaiga murojaat etadi. Agar jinoyat sodir 
bo'lganligi aniqlansa (xavfsizlik texnikasi qoidasi jinoiy ravishda bo’zilgan bo'lsa), rahbar xodimlarni jinoiy 
javobgarlikka tortadi. O'lim sodir bo'lgan, og'ir va bir guruh, (bir necha kishi) bilan baxtsiz hodisaga uchragan 
holatlarda prokuratura mustaqil tekshirish o'tkazadi. 
Mehnat qonuniyatlari bo’zilmasligining umumiy nazoratini mehnatkashlar deputatlari kengashi va 
ularning ijroiya qo'mitalari ham amalga oshiradi. 
Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha maxsus davlat nazorati tashkilotlariga quyidagilar kiradi: 
1. Kasaba uyushmasining texnik nazorati. 
2. O'zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va kon nazorati. 
3. Sanitar nazorati. 
4. Eneigetika nazorati. 
5. Yong'inga qarshi kurash nazorati. 
6. Jamoat nazorati. 
O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish (texnik reglament)larning umumiy texnik 
reglamentlar, maxsus texnik reglamentlar kabi turlari qo‘llaniladi. 
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar quyidagilar 
bo‘yicha belgilanishi mumkin: 
biologik xavfsizlik; 
mexanik xavfsizlik; 
kimyoviy xavfsizlik; 
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik; 


18 
yong‘in xavfsizligi; 
elektr xavfsizligi; 
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi; 
elektromagnit mosligi; 
qurilish ishlari xavfsizligi; 
binolar, inshootlardan va ularga tutash hududdan foydalanish xavfsizligi; 
ekologik xavfsizlik; 
veterinariya xavfsizligi; 
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi; 
portlash xavfsizligi; 
axborot xavfsizligi; 
o‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash. 
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa talablar ham 
belgilab qo‘yilishi mumkin. 
Ba'zi bir rahbar shaxslarning o'z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni 
muhofaza qilish tartib qoidalari bo’zilib, baxtsiz hodisa yo’z bersa, bu baxtsiz hodisaning og'ir-yengilligi va 
oqibatini hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish