Mavzuviy ma’ruzada ta’lim berish texnologiyasining variantlari
(Talabalarga oldindan ma’ruza matnlari berilgan)
I bosqich. Ma’ruza mavzusini e’lon qiladi, (talabalarga tarqatilgan matnda mavjud) asosiy savol, ahamiyatli tushuncha va so‘zlarni eslatadi. Ma’ruza mashg‘ulotining kutilayotgan o‘quv natijalari va uni olib borish rejasi bilan tanishtiradi.
II bosqich.
2.1. Tanlagan variantga (oltitadan bittasi) muvofiq harakat qiladi. (Variantni tanlash maqsadni belgilash, vaqt, o‘quv axborot mazmuni hajmiga bog‘liq):
Jalb savol va topshiriqlar beradi:
bilimlarni dolzarblashtirish va qayta takrorlashga (masalan, “Mavzu bo‘yicha qanday bilimlarga egasiz?” ... aytib bering, ... bayon eting);
diqqatni faollashtirishga (“Siz nima deb o‘ylaysiz, ... sizning kelgusi kasbiy ish faoliyatingizda zarur bo‘ladimi?”);
talabalarni bilganlari bilan va ushbu bosqichda ular o‘zlashtirishlari kerak bo‘lganlar o‘rtasidagi aloqani aniqlash.
ularni echishni mustaqil izlashlari maqsadi bilan talabalarni qarama-qarshilikka olib keluvchi bir qator savollar;
muammoni turli tomondan ko‘rib chiqiladigan, savollar;
“Ochiq” savollar beradi (yozuv taxtasida testni yozish/ekranga chiqarish) va “O‘ylab ko‘rishni/juftliklarga bo‘linishni/fikrlar bilan almashishni” taklif etadi.
Qisqa, bir ma’noga ega javoblar (“Ha” va “Yo‘q”, “To‘g‘ri” va “Noto‘g‘ri”) berishni talab etuvchi, mavzuning muhim jihatlarini yorituvchi bir qator savollarni beradi.
“Kutish yo‘ldoshi” texnikasini qo‘llaydi.
“Aqliy hujum” usulini qo‘llaydi.
Grafikli tashkilotchilar: “B/BX/B” jadvali, Insert jadvali, klasterlar, toifali jadvalni qo‘llaydi.
2.2. O‘zining xohishiga ko‘ra, uni olib borishning xohlagan shaklini tanlab ma’ruza o‘qiydi. Bunda u quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
Quyidagi grafikli tashkilotchilarni: muammolar sababini aniqlovchi diagramma; xronologik jadval; klaster; toifali jadval; tuzilmaviy-mantiqiy chizma; T-chizma va boshqalar.
ta’limni tashkillashtirishning shunday shakllarini, ya’ni ommaviy, jamoaviy yoki guruhlarda juftliklardagi ishlash.
III bosqich.
3.1. Xulosa qiladi, talabalar diqqatini asosiyga qaratadi.
3.2. Agar II bosqichda “Kutish yo‘ldoshi” texnikasi qo‘llanilgan bo‘lsa, unda talabalarga asosiy tushuncha va atamalarni taklif etilgan ma’lumot va uni bayon etish tuzilmasining qo‘llanish tartibi bilan ularning bashoratlarini taqqoslashni taklif etadi. Natijalarni sharhlaydi.
3.3. Kelgusidagi kasbiy ish faoliyatlari uchun bajarilgan ishlarning muhimligini ko‘rsatib o‘tadi.
3.4. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi va sharhlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |