O`qituvchi 15 minut
5
|
O`quv mashg`ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O`qituvchi o`z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli O`zgartirishlar kiritadi.
|
O`qituvchi 10 minut
|
I.Reja:
1.Ta'lim texnologiyalarini o`quv jarayoniga joriy etishning asosiy shartlari
2.Ta'lim jarayonining tuzilmasi
3.Ta'lim modellari
4.An'anaviy ta'lim modeli va noan'anaviy ta'lim modeli
II.Asosiy tushuncha va iboralar:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, zamonaviy ta'lim texnologiyalari, ta'lim-tarbiya, fan-texnika taraqqiyoti, YUNESKO, metod, noan'anaviy metodlar, o`qituvchi
III. Mavzuni va alohida savollarini o‘rganish uchun foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Butz M., Falьtus R.,ssoxen E. Rabota v gruppax: Sb. Varshava: Fond obrazovaniya dlya demokratii, 1994.
2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash namunalari. - T.: RTM, 2000.
IV. O‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
1.Ta'lim texnologiyalarini o`quv jarayoniga joriy etishni ayting
2.Ta'lim jarayonining tuzilmasi tushuntiring
3.Ta'lim modellari izohlang
4.An'anaviy ta'lim modeli va noan'anaviy ta'lim modelitahlil qiling
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan holida O`zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta'lim texnologiyalarini va ta'lim tarbiya amaliyotida qo`llashga intilmoqdalar.
Ta'lim texnologiyalarini o`quv jarayoniga joriy etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
-“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadi va vazifalarini ro`yobga chiqarish uchun ta'limni jadallashtirish zarurligi;
-ta'lim-tarbiya jarayonida o`qituvchi va o`quvchi rolini o`zgartirish zarurrligi;
-fan-texnika taraqqiyotining o`ta rivojlanganligi natijasida axborotlarni keskin ko`payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
- kishilik jamiyati o`z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo`lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o`tib borayotganligi;
-barkamol avlodni tayyorlash talabi ularga eng ilg`or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir;
Ta'lim jarayoni yuqorida sanab o`tilgan beshta asosiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbirdir.
Ushbu tushunchalarni o`quv jarayoniga ko`chiradigan bo`lsak, o`qituvchi pedagognik o`qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko`rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo`lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatli intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa deb ta'riflash mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo`yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa bo`ladi. Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda tez tarqaladi, YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va hozirgi kunda ko`pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o`zlashtirilmoqda va qo`llanilmoqda.
BMT nufuzli idoralarida biri bo`lgan YUNESKOning ta'rificha,
Ta'lim texnologiyasi-ta'lim modellarining optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o`zaro ta'sirini hisobga olgan holda, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini yaratish, qo`llash va aniqlash tizimidir.
Yuqorida ta'kidlanganidek, ta'lim texnologiyasi tushunchasi o`qitish va o`rganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur.
Tizim-tartiblangan, o`zaro uzviy bog`langan va birgalikda umumiy funkstiyani bajaruvchi elementlar to`plamidir.
Misol uchun, avtomobil dvigateli bir nachta tizimlardan iborat bo`lib, har bir tizim bir nechta elementlardan tashkil topgan. Moylash tizimini ko`rib chiqadigan bo`lsak, uni tashkil etuvchi elementlardan birortasi ishlamay qolsa, yoki yomon ishlasa dvigutelning ishqalanuvchi qismlariga moy etib bormaydi va natijada dvigatel ishdan chiqadi. Ko`rinib turibdiki, tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementiga va o`z navbatida har bir element bir-biriga chambarchas bog`liq.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: ta'lim jarayonini bir tizim deb qaraydigan bo`lsak, uni tashkil etuvchilari, ya'ni elementlariga quyidagilar kiradi:
-o`quv maqsadi;
-kutilayotgan natijalar;
-o`qituvchi;
-o`quvchi;
-ta'lim mazmuni;
-ta'lim metodi;
-ta'lim shakli;
-ta'lim vositalari;
-nazorat va baholash;
-Quyida tavsiya etilayotgan sxemada ta'lim jarayonining tuzilmasi keltirilgan.
Ta'lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab o`tilgan elementlardan birortasi e'tibordan chetda qolsa yoki noto`g`ri tanlangan bo`lsa tizim ishlamaydi, demakki, ta'lim jarayoni oldiga qo`yilgan maqsadga erishilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |