Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va o‘tkazish shakllari1
Xulosa qilib, ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha talqin
qilishimiz mumkin: ekskursiya xizmati– bu insonlar guruhiga maxsus shakllarda
beriladigan bilimlar majmui bo‘lib, bilimlarni uzatishda maxsus harakatlar tizimi
tanlanadi.
1
Емельянов Б.В. «Экскурсоведение» Уч.пос. М. 2006.
18
№
|
Maqsadi
|
Vazifasi
|
O‘tkazish shakli
|
1
|
Dam olish
|
Dorivor o‘simliklar, mevalar,
qo‘ziqorinlarni izlash
|
Sayr
|
2
|
O‘quv
|
O‘quv fanini o‘quvchilar
tomonidan o‘rganishi
(botanika, geografiya, tarix)
|
Sinfdan tashqari dars
|
3
|
Ilmiy
|
O‘lkashunoslik muzeyi
uchun namunalar izlash
|
Ekspeditsiya
|
4
|
Umumta’limiy
|
Umumiy, madaniy
dunyoqarashni kengaytirish
|
Turistik poxodlarda suhbat,
transportli sayohatda yo‘l-
yo‘lakay ekskursiya
axborotini berish
|
5
|
Madaniy-
ta’limiy
|
Tarix, me’morchilik,
adabiyot va boshqa
sohalardan bilimlarni
oshirish
|
Ko‘rgazmali, ko‘p rejali
ekskursiya
|
6
|
Madaniy-
tarbiyaviy
|
Tarbiya bilan uyg‘unlikda
bilimlarni olish
|
Mavzuli ekskursiya xizmati
|
1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida
Insonlarning kundalik faoliyatida ikki xil muloqot shaklini uchratish
mumkin: bevosita muloqot va bilvosita muloqot. Bevosita muloqot shakliga -
suhbat, ma’ruza, dars, diskussiya, miting, telefon, ekskursiya xizmati va shu kabilar
kiradi. Bunday muloqot jarayonida insonlarda hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlarning
umumiyligi shakllanadi, bir-birini tushunishga erishiladi, axborot o‘rganiladi,
o‘zaro aloqa mustahkamlanadi.
Bilvosita muloqot shakli- gazeta, jurnal, kitob o‘qish, radio, televizor eshitish
orqali yuzaga keladi. Bunday muloqot jarayonida bevosita muloqot jarayoni kabi
olingan axborotga sub’ekt reaksiyasini ko‘rsatadigan teskari aloqa mavjud
bo‘lmaydi.
Ekskursiya jarayoni bevosita muloqot shakli sifatida gid va ekskursantning
hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ularning o‘zaro fikr almashuvi va harakatlarini
nazarda tutadi. Insonlarga katta hajmdagi axborotlarni olish imkoniyatini beradi,
fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Ekskursiya xizmatidagi muloqot jarayonida
guruhdagi individning harakatidagi birdamlikka, hissiy bir-birini tushunishiga,
kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shakllanishiga erishiladi.
Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot muloqot turi,
sub’ektlar
va
ob’ektlar
o‘rtasidagi
ikki
xil
munosabatlar
shaklining
uyg‘unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiqdir.
Gidga psixologiya va pedagogika sohalaridan bilimlarning mavjudligi
ekskursiya xizmatini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Gid va ekskursantlar
o‘rtasida to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muloqoti ekskursiya kabi pedagogik
jarayonning negizidir. Kommunikativ komponent gid kasbiy mahoratining asosiy
qismidir. Ekskursiya xizmatining samaradorligi nafaqat gidning mavzu bo‘yicha
bilimi, uni auditoriyaga yetkazish uslubiga balki, ekskursantlar, boshqa
mutaxassislar, haydovchi bilan o‘zaro muloqotiga ham bog‘liqdir.
19
Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘rnata olish kabi xususiyatlar
ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari ekskursiya xizmatida gidning
roliga katta e’tibor berib, uning yutuqlari bilan birga kamchiliklarini ham tahlil
qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlarning faolligini oshirish maqsadida gid
turli variantlarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Agarda u hikoyani kengroq yoritsa,
ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko‘rgan va eshitganlarni his qilishda gidning
rolini susaytiradi. Gid ma’lumotlarga urg‘u berayotganida, ekskursant diqqatini
aniq yo‘naltirib, uni fikrlashga, taqqoslashga, baholashga, xulosa qilishga
undasagina jarayon samarali bo‘ladi.
Amaliyotda ekskursiya xizmatini turli nuqtai nazarda(aspekt) ko‘rib chiqish
mumkin:
sifatida;
ta’lim va tarbiyaning mustaqil shakli sifatida;
ommaviy auditoriya bilan ishlashning shakli sifatida;
madaniy hordiqni, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shakli sifatida;
epizodik tadbir, mavzuli siklning bir qismi, bilishning bir pog‘onasi
ilmiy bilimlarni tarqatish shakli, g‘oyaviy tarbiya sifatida;
tarbiyaviy yo‘nalishning bir turi sifatida (vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
estetik) shuningdek, har tomonlama mukammal shaxsni shakllantirish jarayonining
bir qismi sifatida;
madaniy-tarbiyaviy ishlarning mutloq shakli va tashkillashtirilgan
turizmning ajralmas qismi sifatida.
Ekskursiya xizmati bir tomondan bilim bersa, ikkinchi tomondan
ekskursantlarga san’at asarlari, tabiat hodisalari, turli soha vakillari hayoti bilan
tanishish, ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish mahoratini rivojlantiradi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |