Fanidan O’quv – uslubiy majmua



Download 6,43 Mb.
bet14/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

Mazmuniga ko‘ra ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘p rejali

ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday

ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy

yodgorliklar, bino va inshootlar, tabiat ob’ektlari, mashhur voqea joylari,

shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu k.).

Ko‘p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va shahar, o‘lka, viloyat,


respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday ekskursiyada

xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi

rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi.

Ko‘p rejali ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, mavzuli


ekskursiyadan farqli ravishda uning mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash

va o‘tkazish joyidan qat’iy nazar ular tarkibiy jihatdan bir-biriga deyarli

o‘xshashdir. Ularning har birida bir necha mavzuostilar mavjud (shahar tarixi,
32

ishlab chiqarishning qisqacha tarixi, fan, madaniyat, xalq ta’limi haqida).

Ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, o‘lka o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab
hikoya qilinadi. Masalan, harbiy-tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda urushlar,

qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan Buxoro xonligidagi o‘zaro nizolar kabi shaharlar


kiritiladi. Adabiy mavzudagi ekskursiyalarda esa yozuvchi, shoirlar hayoti va

faoliyati bilan bog‘liq shahar, qishloq, ko‘chalar kiritiladi.



Mavzuli ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ishlanadi. Agar bu

tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bir yoki

bir necha voqealar yotadi. Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa,

unda shahar, ko‘cha va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o‘tgan

asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin.

Mavzuli
ekskursiyalar


tarixiy,
ishlab
chiqarish,
tabiiy
(ekologik),

san’atshunoslik, adabiy, me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga bo‘linadi.

O‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari quyidagi

guruhostilarga bo‘linadi:

- tarixiy – o‘lkashunoslik (masalan, «Samarqand shahrining ming yillik

tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va sh.k.);
- arxeologik (masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qadimiy
shahri; Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy

qazilmalarni ko‘rsatish);


- etnografik, turli millat va elatlarning urf odatlari haqidagi ekskursiya;
- tarixiy muzeylarda ekskursiya.
Ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga

bo‘linadi:


- tarixiy- ishlab chiqarish;
- iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati);
- texnik- ishlab chiqarish;

- ekskursantlarni kasbga yo‘naltiruvchi.

33



San’atshunoslik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga

bo‘linadi:

- teatral – tarixiy (masalan, «Samarqand shahri teatri hayoti», «A.P.Chexov

nomli rus drama teatri tarixi» va sh.k.);

- musiqiy – tarixiy (masalan, «Hamid Olimjon teatriga bir kunlik sayohat»
va sh.k.);

- xalq amaliy san’ati (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, zardo‘zlar va


boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tanishish);
- madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar;

- kartinalar galereyasi, ko‘rgazma zallari, muzeylar, rassomlar va


haykaltaroshlar ustaxonalarida va sh.k.
Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari odatda quyidagi guruhostilarga

bo‘linadi:


- adabiy biografik. Bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar

yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masalan, «Sadriddin Ayniy muzey uyi»,

«Andijon - Bobur yurti» va sh.k.).

- adabiy – tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini

ochib beradi (masalan, «XX – asrda Buxoro adabiyoti», «Adabiy Toshkent» va
sh.k.).

Me’moriy – shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi

guruhostilarga bo‘linadi:

- mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya;


- ma’lum
tarixiy
davrning

me’moriy
yodgorliklarini

ko‘rsatuvchi


ekskursiya;

- bitta me’mor ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya;

- zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya.

Shuni ta’kidlash joizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya xizmati bir – biridan

kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriy-
shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatida ham foydalanish mumkin.
34

Tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlarini qariyib barcha ekskursiyalarda

uchratish mumkin bo‘lib, ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning

resurslariga bog‘liqdir.



Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiyalar quyidagilarga bo‘linadi:
- kattalar va bolalar uchun;
- mahalliy aholi va turistlar uchun;
- shaharliklar va qishloq aholisi uchun;

- guruhli va individual bo‘lishi mumkin.

Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya ma’lumotlari,

uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar kiritiladi.



O‘tkazish joyiga ko‘ra: shaharda, shahar tashqarisida, ishlab chiqarish

korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‘lishi mumkin.



Harakatlanish vositasiga ko‘ra: piyoda yoki turli harakatlanish vositasida

bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlarining afzallik tomoni shundaki, unda

harakatlanishning zaruriy tezligini ta’minlab, ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya
qilishda qulay sharoit yaratish mumkin.
Transportli ekskursiya xizmati (asosan avtobusli) ikki qismdan iborat

bo‘ladi: to‘xtash joyida ekskursiya ob’ektlarining tahlili(asosiy ob’ektlar) va

ob’ektlar oralig‘ida tarixiy joylar va yodgorliklar tavsifi bilan bog‘liq hikoyalardan

iborat. Ba’zida ekskursiya xizmati amaliyotida suv va havo transportidan ham


foydalanishadi. Ekskursiya xizmati davomiyligi bir akademik soatdan(45 daqiqa)

bir sutkagacha bo‘ladi. Qisqa muddatli turlarni(1 kundan 3-4 kungacha) dam olish


kunlari marshruti ham deyishadi va uning tarkibida bir necha ekskursiya xizmatlari
nazarda tutilishi mumkin.

O‘tkazilish shakliga ko‘ra ekskursiya xizmatlari quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
- ommaviy ekskursiya. Bunday ekskursiya xizmatlari qatnashuvchilari

odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alohida gid) bitta marshrut bo‘ylab

35

bir vaqtda harakatlanadilar. Bunday ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan

tomoshalar, folklor bayramlarni o‘z ichiga olishi mumkin;

- ekskursiya- sayr. Bunday ekskursiya xizmati odatda o‘rmonda, daryo va

dengiz bo‘ylab o‘tkaziladi, o‘rganish va dam olish elementlarini o‘zida
mujassamlaydi;
- ekskursiya-konsert. Bunday ekskursiya xizmati musiqali mavzuga

bag‘ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham eshitiladi;


- ekskursiya-spektakl. Bunday ekskursiya xizmati adabiy-badiiy ekskursiya

xizmatini o‘tkazishning shakli bo‘lib, badiiy adabiyotning aniq bir asari bo‘yicha


tayyorlanadi va sh.k.

To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursantlar bilan ishlashini

yengillashtiradi, uslubiy to‘garaklar faoliyati uchun asos hisoblanadi.


Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish