Maqbara ko’rinishi. Ko‘p qabirg‘ali, bahaybat gumbazli silindr shaklidagi
aylanalarini ko‘tarib turgan sakkizyoqli prizma bino me’moriy kompozitsiyaning
asosini tashkil etadi. Maqbara devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar
qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xat bitib, ustalik bilan
ishlangan. Me’mor bir-biriga o‘xshagan shakllardan foydalanib, binolarning katta
sathlarini mohirlik bilan bezagan. Maqbaraning tashqi tomonini bunyod qilganda
gumbazga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi 15 metr,
balandligi 12,5 metr bo‘lsada, og‘irligi sezilmaydi. Buning sababi shundaki, 64
qabirg‘adan iborat gumbazning vazni ajoyib ishlangan sharafa orqali mustahkam
asos-aylanaga tushadi. Gumbazning rang-barang qilib ishlanishi katta ahamiyatga
ega. Gumbazda havo rang ko‘proq ishlatilgani uchun bu rang gumbazning egri
chiziqli qobirg‘alarida tovlanib turadi, quyoshda charaqlab, go‘yo osmonga qadalib
turadi. Gumbazning usti sirli koshinlar bilan qoplangan. Sharafalarida ham
shunday qoshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli jimjimalar bor.
Maqbaraning tashqi gumbazi yodgorlikning tashqi qiyofasi yanada salobatli
bo‘lishi uchun ichki gumbaz ustiga o‘rnatilgan. Gumbazda jez, lojuvard, tillo
suvlari ishlatilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, buyuk Amir Temur doimo o‘zi kelib
bevosita suyukli nevarasi Muhammad Sulton sharafiga qurilayotgan maqbaraning
147
qurilish ishlarini nazorat qiladi va gumbazning qurilishi bo‘yicha o‘z takliflarini
beradi.
Amir Temur maqbara majmuasi Amir Temurning suyukli nevarasi, taxt vorisi
sifatida e’lon qilingan Muhammad Sulton tomonidan XIV asrning oxirida o‘z
nomidan madrasa va xonaqoh qurdiradi. Tanlangan joy O‘rta asrda Samarqandning
janubiy-sharqiy qismida qurilib, o‘zaro katta bir majmuani tashkil etgan. Maqbara
qurilishi esa 1404-yilda Amir Temurning vorisi Muhammad Sultonning vafot
etishi munosabati bilan boshlanib, Amir Temurning vafotidan so‘ng, Temuriylar
xilxonasiga aylantiriladi hamda Mirzo Ulug‘bek davrida tugallanadi.
Dastlab maqbaraga mana bu janubiy eshikdan kirilgan. Ammo Amir
Temurning piri Mir Sayyid Barakaning bosh qismidan kirishni Mirzo Ulug‘bek
hurmatsizlik deb hisoblaganligi bois, uning farmoniga binoan sharqiy eshik 1425-
yilda ochilgan. Ulug‘bek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni
va tepalari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: «Bu shavkatli Amir Temurning
qabri...» deb yozilgan koshinli lavha bo‘lgan (bu plita hozir Sankt-Peterburgdagi
Davlat Ermitajida saqlanadi). Shuningdek, 1868-yilda maqbara devoridagi
darvozasi o‘g‘irlangan. Vereshagin Temur saroyi darvozalarini aks ettirgan. Bu
darvozalarning biri Londonda, biri Ermitajda saqlanmoqda. Marhamat endi esa
Mirzo Ulug‘bek tomonidan ochilgan sharqiy eshik orqali ichkariga kirsak!
Do'stlaringiz bilan baham: |