Sopol buyumlar ishlanishi
Qadimgi davrda sopol buyumlari ishlash texnikasi takomillashgan. Gretsiyada o’ziga xos idishlar ishlangan. Amfora (ko’za) eng ko’p ishlatadigan idish bo’lgan. Amforaning og’zi tor, tagidan yuqoriga tomon kengaytirilib ishlangan, ikkita dastasi bo’lgan. Uning ichiga g’ar xil narsalar solib tashiganlar. Ko’proq don, vino, yog’, suv, baliqlar solingan. Kemalarning katta kichikligi ularga sig’gan amforalar soni bilan belgilangan. Don, vino va suv saqlashda yana – pifos degan idishdan xam foydalanganlar. Bu katta sopol xum bo’lib, unga bemalol odam ham sig’gan. Katta pifoslar yer ko’mib, undan ombor sifatida foydalanganlar.
Greklar sopol idishlarni kulolchilik charxida ishlaganlar. Ro’zg’orda ishlatadigan idishlar yaxshi pishirilgan, ularning ranggi sariq va pushti rang bo’lgan. Sopol idishlarga turli badiiy bezaklar berilgan. Badiiy sopol buyumlar naqsh solishdan oldin va naqsh solingandan keyin xam ikki marta pishirilgan.
Mil.avv.YI asrda greklarda sopollarga qora lak bilan ishlov berish keng tarqalgan. Idishlarda mifologiyaga doir yoki hayotdan olingan turli xil manzaralar tasvirlari ishlangan. Mil.avv.Y–IY asrlarda qizil suratli vazalar keng tarqalgan. Bunda idish butunlay qora lak bilan bo’yalib, suratlar va atrofdagi naqshlar sopolning tabiiy rangida qoldirilgan. Mifologik va realistik mavzular nihoyatda aniq va nafis chiziqlar bilan ishlangan. Mil.avv.IY asrdan sopol buyumlarni bezashda oq, qizil, yashil va ko’k bo’yoqlar bilan ham ishlov berganlar. Badiiy sopol buyumlar ayniqsa, olimpiada g’oliblariga taqdim etilgan. U oddiy amforaga o’xshatib ishlangan, lekin qaysi sport turi g’olibiga mo’ljallagan bo’lsa, shu sport turining tasviri tushirilgan. Jumladan, mushtlashish, yugurish, nayza otish o’yinlari va xk. SHuningdek ularda ma’buda Afina tasviri xam tushirilgan.
Rim imperiyasi davri sopol buyumlariga bezak berishda o’zgarishlar kuzatiladi. Ular idishlarni qizil lok bilan qoplashgan. Naqsh va suratlar esa bo’rtma tarzda aniq ishlangan. Ko’rpincha meva, gul va barglar tasviri berilgan.
SHisha buyumlari ishlab chiqarish ham qadimgi davrda rivojlangan. SHisha bronza davrida Misrda ixtiro qilingan. Misrning shisha munchoqlari bu davrda ham xaridorgir bo’lib, u suv yo’li orqali Yevropa, Rossiya, O’rta Osiyo xudularigacha tarqalgan.
Greklar va rimliklarda kitoblar ko’pincha o’ram shaklida bo’lgan. Ular ikki xil materialga: papirus va pergamentga yozganlar. Papirus Misrdan keltirilgan. Papirus nil o’simligi bo’lib, uning poyasi qat–qat bo’lib, qatlarga ajralgan. Uning qatlamlari dumalatib silliqlangan. Natijada qog’ozga o’xshagan sarg’ishroq pishiq narsa hosil bo’lgan. Yozish uchun ishlatadigan materiallarning ikkinchi xili uy hayvonlari terisidan ishlangan. Bu qog’oz turi Kichik Osiyodagi Pergam shahrida kashf qilingan va uning nomidan pergament so’zi kelib chiqqan. Keyinchalik Rimda o’ram shaklidagi kitoblar bilan birgalikda, hozirgi kitoblarga o’xshash kitoblar ham paydo bo’la boshlagan.
Qadimgi davrda murakkab geometrik bezaklarni ishlashda tsirkul ishlatilgan. U dastlab ikki daryo oralig’ida kashf etilib, Gretsiya va Rimda keng ishlatilib, takomillashtirilgan. Italiyada esa, mashstablarini ko’paytirish va kamaytirish uchun ishlatiladigan proportsional tsirkullar xam topilgan. Bu tsirkullarning hammasi hozirgi zamon tsirkullariga o’xshab ketadi.
Rim imperiyasi davrida xam baliqchilik, dehqonchilik, vinochilik, sohalari rivojlangan. Vino ishlab chiqarishda presslardan foydalanilgan. Rim avtorlaridan Vitruviy burama va richagli presslar haqida yozib qoldirgan. Ular bulardan tashqari o’roq mashina va suv tegirmoni ham ixtiro qilganlar, lekin ularning qiymati qul mehnatidan qimmat tushganligini sababli, Rimdan tashqarida keng yoyilmagan. Milodiy I asrda Italiyada deraza oynasi ixtiro qilinadi. U tezlik bilan ob–havosi yomon xududlarga tezlik bilan yoyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |